×

Birlashgan Arab Amirliklari: Mukofot fondi – 1 240 000 AQSh dollarlik tanlov; aviachipta va turar joy xarajatlari qoplanadi; joy – 140ta!


Grant

MUHLAT

10.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

5651 marta

Birlashgan Arab Amirliklarining MIT Enterprise Forum Pan Arab tashkiloti 2020-yilgi MIT Enterprise Forum Arab Startup Competition (ASC) musobaqasida qatnashishga taklif etadi. Dastur barcha talabalar va innovatsion gʻoyalar egalari uchun moʻljallangan. Ishtirokchilar arab davlatlari ekotizimlarini rivojlantirish boʻyicha innovatsion loyiha va ishlanmalar bilan bu musobaqada qatnashishlari mumkin. Musobaqada kamida ikki kishilik guruh boʻlib ishtirok etish lozim.

Tanlovda quyidagi yoʻnalishlardan biri boʻyicha qatnashish mumkin:

Dastur haqida batafsil maʼlumot bilan: shu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Talabalar va innovatsion gʻoyalar egalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Yarimfinalda qatnashadigan taxminan 70ta guruhdan jami 140tagacha ishtirokchilarining BAAga borish-kelish aviachipta/transport va turar joy xarajatlari tashkilotchi tomonidan toʻliq qoplab beriladi.
  2. Ishtirokchilar oʻquv lagerida qatnashadilar.
  3. 2 kun davom etadigan final vaqtida esa 30ta guruhdan jami 60 nafargacha ishtirokchilarning faqat mahalliy transportda harakatlanish xarajatlari qoplanadi. Har qaysi holatda tashkilotchi guruh a’zolari sonidan qat’iy nazar har bir guruhdan faqat 2 kishining xarajatlarini toʻlaydi.
  4. Soʻnggi bosqichda har bir yoʻnalish boʻyicha 3 tadan jami 9ta guruh tanlab olinadi.
  5. Tanlovning umumiy mukofot fondi 1 240 000 USD. Gʻolib boʻlgan 9ta guruhlarning har biriga 160 000 USD pul mukofoti beriladi.

Batafsil ma’lumot bilan: shu yerda va shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladilar.
  2. Nomzodning yoshi ahamiyatga ega emas.
  3. Nomzodlar kamida ikki kishilik guruh boʻlib qatnasha oladilar.
  4. Taqdim etilayotgan gʻoya va ishlanmalar ingliz/arab/fransuz tillaridan birida boʻlishi lozim.
  5. Ishtirokchilar ingliz/arab/fransuz tilini yaxshi bilishi lozim.
  6. Tanlovda faqat bitta gʻoya/ishlanma/startup bilan qatnashish mumkin.
  7. Ishtirokchilar arab davlatlari ekotizimlarini rivojlantirish boʻyicha innovatsion loyiha va ishlanmalar bilan bu musobaqada qatnashishlari mumkin.
  8. Taqdim etilayotgan barcha materiallar tanlangan yoʻnalish talablariga toʻliq mos boʻlishi kerak.

Har uchta yoʻnalishlarga taqdim etiladigan materiallara qoʻyiladigan talablar bilan: Startups track, Ideas track va Social entrepreneurship track sahifalarida toʻliq tanishib chiqish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 10-dekabrga qadar: shu yerda qabul qilinadi.

Hujjatlar tarkibi:

Ariza topshirish shu yerda quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Tashkilotchi rasmiy saytida shaxsiy account oching.
  2. Mos kelagigan tilni tanlang.
  3. Mos keladigan yoʻnalish/trekni tanlang.
  4. Ariza toʻldiring.
  5. Dedlaynga qadar arizani joʻnating.

Gʻoliblarni saralash topshirilgan gʻoya/ishlanmaning innovativligi, guruhning salohiyati, gʻoya/ishlanmaning moliyaviy barqarorligi, samaradorligi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Tanlov yakunlari 2020-yil aprel oyida BAAdagi gʻoliblarni taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!