×

Birlashgan Millatlar Tashkiloti fototanlovi: eng yaxshi fotosuratlar BMT ko’rgazmasi, veb sayti va kalendariga qo’yiladi


Grant

MUHLAT

15.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1985 marta

COVID-19 pandemiyasi insoniyat tarixidagi og’ir davr bo’lmoqda. Koronavirus dunyo bo’ylab ko’plab insonlar hayotiga zomin bo’ldi va iqtisodiyot va jamiyatga juda salbiy ta’sir ko’rsatishda davom etmoqda. To’satdan paydo bo’lgan bu vaziyat sababli millionlab insonlar uydan chiqmay o’tirishga majbur bo’layotgani ham sir emas. Uzoq davom etgan bu izolyatsiya vaqtida yer ekotizimida ijobiy o’zgarishlar bo’layotgani – vaziyatning nisbatan ijobiy tomonlaridan biridir. Hozirda turli daryo va ko’l suvlarining tiniqlashgani, havoning tozalangani hamda turli jonivor va o’simliklarning ilgari kuzatilmagan tarzda ko’payayotganini kuzatish mumkin. Bo’m-bo’sh ko’chalarda qushlar va turli jonivorlar sayr qilib yurishi, shaharlar hududidagi ko’llarga qushlar qaytgani, mashina va piyodalar oqimi to’xtagan yo’llar yoriqlaridan o’simlik unib chiqayotgani – bizni tabiat haqida chuqurroq o’ylashga majbur qilishi tabiiy. Tabiatdagi aynan shunday ijobiy o’zgarishlar aks etgan fotosuratlar orqali tabiat muhofazasini targ’ib qilish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan e’lon qilingan Humans Locked Down, Nature Unlocked nomli fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda g’olib chiqqan eng yaxshi 13 ta fotosurat UNECE 2021-yilgi kalendariga hamda Jenevadagi UNECE ko’rgazmasiga qo’yiladi. Undan tashqari, tanlov talablariga mos keladigan boshqa sara fotosuratlar ham UNECE veb sayti va uning turli ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  • Tanlovga COVID-19 karantini vaziyatida, insonlar uyda vaqtida tabiat jonlanishini o’zida aks ettirgan fotosuratlar taqdim etilishi kerak. Suratlarda tabiat, o’simliklar, hayvonlar ko’rsatilgan bo’lishi mumkin.
  • Har bir ishtirokchi 3 tagacha fotosurat topshirishi mumkin.
  • Fotosuratlar foto kamera yoki mobil telefonda tushirilgan bo’lishi mumkin. Ular muallif tomonidan tushirilgan bo’lishi shart.
  • Taqdim etilgan fotosurat yuqori sifatli , yuqori o’lchamda olingan, hajmi 20 MBdan oshmagan JPEG formatida bo’lishi kerak.
  • ZIP fayllarga joylab yuklangan fotosuratlar tanlovda ko’rib chiqilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Fotosuratlaringizni tanlov uchun 2020-yil 15-sentyabrga qadar bu yerda topshirishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!