×

Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!


Grant

MUHLAT

31.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

11120 marta

Heer Law – Kanadaning Toronto shahrida joylashgan yuridik firma. Firma intellektual mulk huquqi, intellektual mulk huquqi bo’yicha sud ishlari, patent va savdo belgilariga oid xizmatlari orqali tadbirkorlarning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bilan shugʻullanadi.

Heer Law firmasi hozirda The Heer Law Entrepreneurship Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Tanlovda OTM talabalari (bakalavr, magistr yoki doktorant) yoki 2023-2024-yil OTMda oʻqishni boshlaydigan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Nomzodlardan hozirda mavjud yoki kelajakda yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan biznesi boʻyicha biznes reja topshirish soʻraladi. Bu firma intellektual mulk huquqi bilan ishlagani uchun biznes rejada biznes uchun intellektual mulk huquqi strategiyasi tasvirlangan alohida boʻlim ham boʻlishi talab etiladi.

Tanlovda istalgan soha/mutaxassislik boʻyicha oʻqiyotgan/oʻqiydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Biznes (tadbirjorlik) sohasida oʻqishni xohlovchilar/o'qiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga bir martalik 2000 Kanada dollari (taxminan 1500 USD) mukofot beriladi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod universitetda oʻqiyotgan talaba boʻlishi yoki 2023-2024-oʻquv yilida oʻqishni boshlash uchun OTMga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  2. Oʻqiyotgan yoki oʻqishga qabul qilingan oliygoh bilan yaxshi aloqada (qoidalarini buzmagan, oʻqishdan chetlatilmagan va h.k.) boʻlishi zarur.
  3. Elektron pochta orqali ariza berishi va ism-familiyasi, oʻqiyotgan yoki oʻqishga kirgan universiteti nomi, manzili, oʻqiyotgan mutaxassisligi (yoʻnalishi) hamda tahsilni tugatadigan yil va oyni koʻrsatishi kerak.
  4. Arizasini 2023-yilning 31-dekabriga qadar joʻnatishi kerak. Arizada intellektual mulk strategiyasi tasvirlangan boʻlimga ega biznes reja ham yuboriladi. Biznes reja hozirda mavjud biznes uchun ham, kelajakdagi biznes uchun ham ishlab chiqilishi mumkin.
  5. Ariza va biznes reja ingliz tilida yozilgan boʻlishi kerak.

Eslatma: Bu yerda ariza topshirish deganda talab etilgan maʼlumotlar va qoʻyilgan shartlarga javob beruvchi biznes rejani email orqali yuborish tushuniladi. Toʻldirib topshirish kerak boʻlgan alohida ariza shakli mavjud emas.

Nomzodlar taqdim etgan biznes gʻoyasining kuchliligi, biznes reja va intellektual mulk strategiyasining ishonchliligiga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 31-dekabrga qadar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar qabul muddati tugagunga qadar quyidagilarni scholarship@heerlaw.com elektron pochta manziliga yuborishi lozim:

  • Nomzodning ism-familiyasi, oʻqiyotgan yoki oʻqishga kirgan universiteti nomi va manzili, oʻqiyotgan mutaxassisligi (yoʻnalishi) hamda oʻqishni tugatadigan yili va oyi.
  • Hozirda mavjud yoki kelajakda faoliyat boshlaydigan biznes yuzasidan biznes reja. Bu reja biznes uchun intellektual mulk huquqi strategiyasi tasvirlangan boʻlimni ham oʻz ichiga olishi kerak.

Natijalar 2024-yilning 31-yanvarigacha eʼlon qilinadi.

Savollar yuzasidan quyidagi elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin: scholarship@heerlaw.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!