×

Mukofot jamg’armasi 50 million so’mdan ziyod Blogerlar chempionati boshlanmoqda


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2023 marta

CHOP ETILGAN

04.04.2018

Qayerda: O’zbekiston

Kim uchun: O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun

2018-yilning 10-aprelidan O’zbekistonda 3-bor Respublika Blogerlar chempionatiga start beriladi. Ushbu Chempionatda internet tarmog‘ida o‘zining sahifasi (blog, veb-sayt), shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda “Telegram”dagi shaxsiy kanali orqali davlat (o‘zbek) tilida blog yurituvchi, millati, jinsi, yoshi va yashash joyidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin.

Tanlovda matn, audio, foto va video shaklidagi postlar qabul qilinadi. Postlar qaysi shaklda ekanidan qat’i nazar teng qabul qilinadi va baholanadi.

Mukofot: G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanishadi:

1-o‘rin (1 ta): 15 million so‘m.
2-o‘rin (2 ta): har biriga 8 million so‘mdan.
3-o‘rin (3 ta): har biriga 5 million so‘mdan.
(Jami: 46 million)

Shuningdek, o‘ndan ziyod nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlov bosqichlari: Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich. Ushbu bosqich uchun ishlar 10-apreldan 30-aprelgacha qabul qilinadi. Bunda har bir blogerlar 3 tagacha ish topshirishi mumkin. Ushbu bosqichda eng yaxshi 50 nafar blogerlar keying bosqichga yo’l oladi.

2-bosqich. Ikkinchi bosqich 5-20-may kunlari bo’lib o’tadi. Bunda bloger faqat bitta material taqdim eta oladi. Eng yaxshi 20 nafar bloger 3-bosqich – finalga yo’l oladi.

3-bosqich. Bu bosqichga ishlar 24-maydan 5-iyungacha topshirilishi mumkin. Ishlarga ovoz berish 10-iyungacha davom etadi. G’oliblar xabar.uz saytida e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlariga mukofotlar 2018 yilning 14 iyun – Xalqaro blogerlar kunida tantanali topshiriladi.

Eslatma: Tanlovda qatnashmoqchi bo’lganlar Chempionat Nizomi bilan batafsil tanishib chiqishi lozim (Nizm quyida berilgan)! 

O‘zbekiston blogerlari chempionatining nizomi

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!