×

OʻzMU qoshidagi oʻquv kurs uchun to’liq grant dasturi e’lon qilindi; joylar 100ta!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

4144 marta

CHOP ETILGAN

17.09.2018

Rossiya Federatsiyasining “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ga kirish sinovida maqsadli ishtirok etishga tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Milliy Universitetida davlat granti asosidagi oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Oʻquv kurslariga fizika va matematika fanlaridan yuqori bilimga ega boʻlgan 100 nafar yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov rus tilida oʻtkaziladi.

Tanlovda abituriyentlar, maktab va litsey-kolledj bitiruvchilari qatnashishi mumkin. Undan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilar yotoqxona bilan taʼminlanishi mumkin.

Oʻquv kurslari shu yilning 2 oktabridan boshlanib 10 oy davom etadi hamda fizika, matematika va rus tili fanlaridan olib boriladi.

Hujjatlar shu yilning 25 sentabrigacha qabul qilinadi. Nomzodlar Oʻzbkiston milliy universitetida tashkil etilgan qabul komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin boʻladi. Murojaat uchun: +99871-246-02-20

Maʼlumot uchun, 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filiali ish boshlaydi.

Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!