×

Yosh ijodkorlar kengashidan “101 oʻzbek ayoli” fotosuratlar tanlovi; mukofot jamgʻarmasi 10 million soʻm!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2984 marta

CHOP ETILGAN

25.02.2022

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar uchun

Ishlarni topshirish muhlati: 2022-yil 3-mart, 23:59

Asosiy maʼlumot

Oʻzbekiston Respublikasi Yosh ijodkorlar kengashi “Qizlar ovozi” forumi doirasida “101 oʻzbek ayoli” fotosuratlar tanlovini eʼlon qildi. Mazkur Tanlov 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘zbek ayollari siymosini gavdalantirish va bu orqali yosh fotograflarni qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Mukofotlar

Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

  • “101 o‘zbek ayoli” ko’rgazmasiga eng ko’p ishi kiritilgan ijodkor 5 000 000 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
  • “101 o‘zbek ayoli” ko’rgazmasiga kiritilgan eng yaxshi fotosurat muallifi 5 000 000 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
  • Saralash bosqichidan o’tib, 101 ta eng yaxshi ishlar qatoridan joy olib, ko’rgazmada namoyishga qo’yilgan barcha ishlar mualliflari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Ishtirok etish talablari

O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qatʼi nazar 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar Tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

Ishlarni topshirish tartibi

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi  yoshlar o‘z ijodiy ishlarini ismi sharifi, pasport nusxasi va telefon raqamini, shuningdek, ijodiy ishlarining nomini ilova qilgan holda 2022-yil 3-mart, soat 23:59 ga qadar telegramdagi @yuzbirayol_bot manziliga yuborishlari kerak.

Tanlovning oʻtkazilish tartibi

Tanlov quyidagi shaklda oʻtkaziladi:

  1. Yuqorida ko’rsatilgan bot orqali ijodiy ishlar qabul qilinadi.
  2. Qabul qilingan ijodiy ishlar ekspertlar tomonidan saralanadi.
  3. Eng yaxshi deb topilgan 101 dona fotosurat “Qizlar forumi” doirasida o‘tkaziladigan “101 O‘zbek ayoli” foto ko’rgazmasiga kiritiladi.
  4. Ko‘rgazmaga kiritilgan ishlar orasidan nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlov nizomi bilan BU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin.

Maʼlumot olish va savollar yuzasidan quyidagi telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin: +998331993809

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!