×

12-17 yoshlilar uchun kiberxavfsizlik boʻyicha ramz va shior tanlovi!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

4872 marta

CHOP ETILGAN

17.02.2022

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: 12 yoshdan 17 yoshgacha boʻlganlar uchun

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil, 8-mart, soat 24:00 gacha

Asosiy maʼlumot

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Kiberxavfsizlik markazi va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekistonning barcha hududlaridan 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar #SaferInternetDay doirasida eng yaxshi milliy ramziy xarakter timsoli (ramzi) va eng yaxshi shior uchun tanlovda ishtirok etishga taklif qilmoda. Ular Xavfsiz internet Milliy markazining ramzi va shiori bo‘ladilar.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad kibermakonda bolalar xavfsizligi va himoyasini o’zida mujassam etuvchi “milliy ramziy xarakter timsoli (ramzi) va shiorni ishlab chiqishdan iborat. Bular, shuningdek, bolalar va o’smirlar tomonidan raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanishni targ’ib qilish bo’yicha tadbirlarda qo’llaniladi.

Nominatsiyalar

Timsol (ramz) nominatsiyasi

«Milliy ramziy xarakter” timsoli qo’lda tasvirlangan surat yoki grafik shaklda taqdim etilishi kerak: Photoshop, Power Point dasturlarida yoki har qanday qulay onlayn dasturlarda yaratilishi mumkin.

  1. Surat ruchka, qalam, flomaster yoki bo’yoqlar yordamida A3, A4 yoki A5 formatidagi qog’oz yoki kartonda bajarilishi mumkin.

O‘zbekistonda bolalar kibermakondan xavfsiz foydalanishini ifodalovchi “Milliy ramziy timsol” tanlovi mavzusida qo‘lda yoki kompyuterda tasvirni quyidagi shakllardan birida chizish kerak:

  • Flora yoki fauna (hayvonlar yoki o’simliklar) turining obrazi;
  • Robot va elektron qurilmalar obrazi;
  • Geometrik shakl;
  • Fantaziya (xayoliy uydirma) qahramoni obrazi;
  • Tarixiy qahramon obrazi;
  • Boshqa obraz.

Shior nominatsiyasi

  1.  Shior qogʻozga qo’l bilan tushunarli yozilishi yoki oʻzbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida bosma shaklda taqdim etilishi mumkin.
  2. Mualliflik huquqini buzuvchi mavjud ramz va shiorlardan nusxa qilingan, shuningdek kamsitish va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, boshqa shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini yerga uruvchi, behayo so‘z va tasvirlarni o‘z ichiga olgan ramzlar va shiorlar tanlovga qo‘yilmaydi.

O‘zbekistonda bolalar kibermakondan xavfsiz foydalanishi bilan bog‘liq shiorni quyidagi shakllardan birida yozish kerak:

  • Shior;
  • Ifodalar;
  • Iboralar;
  • Ikki qator she’r;
  • Gap.

Mukofotlar

Tanlov gʻoliblari sertifikatlar va quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin – Planshet (Samsung Galaxy Tab S7 11″ 128Gb 4G)
  • 2-o‘rin – Elektron kitob o‘quvchi (Amazon Kindle Paperwhite (10th Generation)
  • 3-o‘rin – Fitness bilaguzuk (Xiaomi MI smart band 6)

*G‘oliblarning umumiy soni 6 nafar: “Eng yaxshi milliy ramziy timsol” nominatsiyasi uchun uchta o‘rin va “Eng yaxshi shior” nominatsiyasi uchun uchta o‘rin.

Talablar

Tanlovda qatnashish talablari va shartlari quyidgicha:

  1. Tanlovda O‘zbekistonning istalgan hududida istiqomat qiluvchi, raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanish masalalariga qiziqadigan hamda Internetdan foydalanishda barchaning xavfsizligi va himoyasini ta’minlash bo‘yicha o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashmoqchi bo‘lgan 12 yoshdan 17 yoshgacha bolalar qatnashishi mumkin.
  2. Har bir ishtirokchi tanlovga faqat bitta “milliy ramziy timsol” tasviri va faqat bitta shior taqdim etishi mumkin.
  3. Ishtirokchilar bitta nominatsiyada qatnashib “milliy ramziy belgi” tasvirini yoki shiorni taqdim etishlari yoki ham milliy ramziy belgi va ham shiorni tanlovga taqdim etib ikkita nominatsiyada ishtirok etishlari mumkin.

Ariza topshirish jarayoni

Tanlovga ariza va ishlar 2022-yil 8-mart, 24:00 gacha qabul qilinadi.

Ishlarini qogʻozda pochta orqali yubormoqchi boʻlganlar arizani A4 formatidagi qogʻozga, elektron pochta orqali yubormoqchi boʻlganlar Word faylga yozadi. Arizada quyidagilar boʻlishi kerak:

  • Ishtirokchining to’liq ISMI SHARIFI;
  • Ishtirokchining yoshi;
  • Yashash manzili;
  • Ta’lim maskani va sinfi;
  • Aloqa uchun telefon raqamlari;
  • E-mail manzili;
  • Tanlovga yuborilgan ishni ko’rsating: milliy ramziy xarakter timsoli (ramzi) va/yoki shior.

Elektron arizalar quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi kerak: tashkent@unicef.org. Bunda elektron xabar mavzusiga (subject) “TANLOV #SaferInternetDay” yozish kerak.

Qogʻoz shaklidagi arizalar quyidagi manzilga yuborilishi kerak: O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, 100029, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, YUNUS RAJABI ko‘chasi, “1″.

Pochta orqali qogʻoz ariza yuborganlar konvert ustiga “TANLOV #SaferInternetDay” deb yozishi kerak.

Tanlov natijalari 2022-yil 15-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida.

Tanlov natijalarini UNICEF O’zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida kuzatib boring:

Instagram: @unicefuzbekistan

Facebook: @unicefuzb

Telegram: @unicefuzbekistan

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!