×

12-17 yoshlilar uchun Oʻzbekiston Xavfsiz internet Milliy markazining shiori boʻyicha tanlov!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2508 marta

CHOP ETILGAN

17.04.2023

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Kiberxavfsizlik markazi va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekistonning barcha hududlaridan 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar #SaferInternetDay doirasida eng yaxshi shior tanlovini eʼlon qildi. Ular Xavfsiz internet Milliy markazining shiori bo‘ladilar.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad kibermakonda bolalar xavfsizligi va himoyasini o’zida mujassam etuvchi shiorni ishlab chiqishdan iborat. Bu, shuningdek, bolalar va o’smirlar tomonidan raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanishni targ’ib qilish bo’yicha tadbirlarda qo’llaniladi.

Tanlovni o’tkazish muddatlari: 2022-yil 20-apreldan 11-maygacha (soat 24:00 gacha).

Natijalar e’lon qilinishi: Natijalar 2022-yil 31-may, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida.

Mukofotlar

Tanlov g‘oliblari sertifikat va quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:

  • 1-o‘rin – Planshet (Samsung Galaxy Tab S7 11″ 128Gb 4G)
  • 2-o‘rin – Electron kitob o‘quvchi (Amazon Kindle Paperwhite (10th Generation)
  • 3-o‘rin – Fitness bilaguzuk (Xiaomi MI smart band 6)

G‘oliblarning umumiy soni – 3 ta.

Shartlar va talablar

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovda O‘zbekistonning istalgan hududida istiqomat qiluvchi, raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanish masalalariga qiziqadigan hamda Internetdan foydalanishda barchaning xavfsizligi va himoyasini ta’minlash bo‘yicha o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashmoqchi bo‘lgan 12 yoshdan 17 yoshgacha bolalar qatnashishi mumkin.
  • Har bir ishtirokchi tanlovga faqat bitta shior taqdim etishi mumkin.

Shiorga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  •  Shior qogʻozga qo’l bilan tushunarli yozilishi yoki oʻzbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida bosma shaklda taqdim etilishi mumkin.
  • Shior ma’lumotli, ixcham va esda qoladigan bo’lishi kerak.
  • Mualliflik huquqini buzuvchi mavjud shiorlardan nusxa qilingan, shuningdek kamsitish va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, boshqa shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini erga uruvchi, behayo so‘z va tasvirlarni o‘z ichiga shiorlar tanlovga qo‘yilmaydi.

Ariza topshirish jarayoni

1. Shior shakli.  O‘zbekistonda bolalar kibermakondan xavfsiz foydalanishi bilan bog‘liq shiorni quyidagi shaklda yozing:

  • Shior;
  • Ifodalar;
  • Iboralar;
  • Ikki qator she’r;
  • Gap.

2.Ariza. Quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani yozing (A4 formatida pochta orqali yuboriladigan xatga yoki Word hujjat formatida elektron pochtaga ilova qiling):

  • Ishtirokchining to’liq ISMI SHARIFI
  •  Ishtirokchining yoshi;
  • Yashash manzili;
  • Ta’lim maskani va sinfi;
  • Aloqa uchun telefon raqamlari;
  • E-mail manzili;
  • Tanlovga yuborilgan ishni ko’rsatish: shior.

3. Yuborish. Arizani ikki usulda yuborish mumkin:

  • Email orqali – bunda Word shaklida toʻldirilgan ariza tashkent@unicef.org email manziliga yuborilishi lozim, elektron xat mavzusiga “TANLOV #SaferInternetDay” deb yozish kerak.
  • Pochta orqali – bunda konvert ustiga “TANLOV #SaferInternetDay” deb yozilishi va xat quyidagi manzilga yuborilishi kera: O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, 100029, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, YUNUS RAJABI ko‘chasi, “1″.

Tanlov natijalarini UNICEF O’zbekistonijtimoiy tarmoqlarida kuzatib borishingiz mumkin:

Nominatsiya bo’yicha g’oliblarni aniqlash tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga Ichki ishlar Vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, UNICEF, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha Vakili idorasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va bolalar va o’smirlar gazetasi bosh muharriri kiradi.

Tanlov komissiyasi a’zolari tanlovga yuborilgan ishlar orasidan baholashning belgilangan mezonlariga muvofiq “eng yaxshi shior”ni aniqlaydi.

* Komissiya oldindan aniqlangan mezonlarga muvofiq 3 ta eng yaxshi shiorni tanlaydi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!