2018-yilning 4-iyun kuni O’zbekiston Respublikasining “2018/2019-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” qarori imzolandi. Ushbu qarorga ko’ra, 2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha umumiy kvota quyidagicha belgilandi:
- bakalavrlar uchun 69 200 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 17 654 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 51 546 nafar;
- magistrlar uchun 5 903 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 1 552 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 4 351nafar;
- maxsus sirtqi bo‘limlarda bakalavrlar uchun 11 765 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 15 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 11 750 nafar.
Shuningdek, qarorda 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari doirasida amalga oshirilishi belgilandi. Endilikda “Maktabgacha ta’lim” ta’lim yo’nalishiga bakalavr bosqichiga qabul qilingan talabalar 3 yilda o’qishni tugatib, sohasi bo’yicha diplomni qo’lga kiritadi.