×

388 AQSH dollarlik oʻquv kurslari koronavirus tufayli bepul taklif etilmoqda!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

5311 marta

CHOP ETILGAN

22.05.2020

Oʻzbekistondagi “Global Access LLC” taʼlim agentligi hamda Singapurning City of Manchester Centre of Management markazi COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan narxi 388 AQSH dollariga teng boʻlgan turizm va biznes boshqaruvi onlayn kurslarini 100% BEPUL taqdim etmoqda.

Mazkur kurslar onlayn shaklda, ingliz tilida olib boriladi hamda 2 oy davom etadi. Nomzod oʻz qiziqishiga qarab turizm yoki biznes boshqaruvi kursini tanlashi mumkin. Kursni yakunlaganlar “Certificate in Tourism” yoki “Certificate in Business Administration” sertifikati bilan taqdirlanadi. Sertifikatni olish uchun ham hech qanday toʻlov qilinmaydi.

Shuningdek, kurslar davomida ishga qabul qilish yuzasidan suhbat (Interview) hamda bu sohalarda ishlash madaniyati (Working Culture) ham oʻrgatiladi.

Ushbu kurslarning afzalliklaridan yana biri shundaki, ularni  muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatni qoʻlga kiritgan nomzodlarning Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Singapurda ishga yollanishida sertifikat bevosita inobatga olinadi.

Sertifikatlar City of Manchester Centre of Management tomonidan beriladi.

Kurslarga roʻyxatdan oʻtish uchun “Global Access LLC” taʼlim agentligi bilan bogʻlaning:
Telefon: +998 93 392 29 22
Telegram orqali yozish: @GlobalAccess

Eslatma: Kurslarga qabul qilinuvchi nomzodlar soni chegaralangan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!