×

400 minglik va 460 minglik stipendiya berilishi, budjetda oʻqib «3» ga yopganlar stipendiyadan qachon mahrum boʻlishi rasman tasdiqlandi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

16913 marta

CHOP ETILGAN

15.09.2019

2019-2020-o’quv yili boshlanganligi va 2019-yil sentabr oyi uchun stipendiyalar tayinlash va to’lash muddatlarini kechikishini oldini olish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi sentabrdan boshlab toʻlanadigan stipendiya miqdorlarini maʼlum qildi.

Unga koʻra:

  • 1-kursga qabul qilingan talabalarga 2019-2020-oʻquv yilining 1-semestridagi fanlar yakuni boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi (baholari) maʼlum boʻlguniga qadar, oyiga 400 ming soʻm stupendiya toʻlanadi;
  • 2-kursdan bitiruvchi kursgacha  uchun 2-semestr yakuni natijalariga koʻra «aʼlo» baho (reyting koʻrsatkichi 86 va undan yuqori) koʻrsatkichiga ega talabalarga oylik stipendiya miqdori 15% oshirilgan holda, yaʼni 460 ming soʻm toʻlanadi.
  • bitiruvchi kursda tahsil olayotgan talabalarga stipendiya tayinlash va toʻlashing amadagi tartibi saqlab qolinadi, yaʼni «3» bahoga oʻqiydigan talabalarga 316 156 soʻm, «4» bahoga oʻqiydiganlarga 564 234 soʻm, «5» bahoga oʻqiydiganlarga 752 312 soʻm miqdorda oylik stipendiya beriladi.

Shuningdek, davlat granti asosida oʻqiydigan talabalarga semestr yakuni boʻyicha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlar (baholar)ning 30% dan ortigʻi qoniqarli («3» baho) boʻlgan talabalarga navbatdagi semestrga stipendiya tayinlamaslik tartibi 2019-2020-oʻquv yilining 2-semestridan joriy etiladi. Yaʼni 1-semestrda ular ham oyiga 400 ming soʻm stipendiya oladi.

Takidlash joizki,  2019/2020-ioʻquv yili 1-semestrida kontrakt asosida oʻqiydiganlarga 400 ming soʻmlik stipendiya ular stipendiyali kontrakt summasini toʻlagandagina beriladi, stipendiyani kontrakt summasidan ayirib, kamaytirilgan kontrakt toʻlovchilar uchun stipendiya berilmaydi.

Kontrakt asosida tahsil olayotgan va bundan oldingi semestrda fanlarni «aʼlo» bahoga (86 va undan yuqori) yopgan stipendiyasiz kontrakt toʻlovchilarga (stipendiyani kontraktdan ayirib, kamaytirilgan stipendiya toʻlovchilarga) har 2019/2020-oʻquv yili 1-semestrida hr oy 60 ming soʻm ragʻbatlantirish mablagʻi toʻlanadi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi, nomli davlat stipendiyalari miqdori saqlab qolinadi va davlat budjeti hisobidan toʻlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi stipendiyaga oid tartibni qayta koʻrib chiqish jarayonida va yuqorida belgilanganlarga 2019/2020-oʻquv yilining 2-sesmetridan (1-semestr oʻrtalaridan boʻlishi ham mumkin) oʻzgarishi mumkin. Shuningdek, oʻzgarmasdan shu holicha qolishi ham mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!