×

Abituriyentlar diqqatiga! Qo‘shimcha kontrakt narxlari tasdiqlandi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1299 marta

CHOP ETILGAN

22.06.2017

2017-yil 20-iyun kuni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o’qishini kochirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi togrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qarori qabul qilindi deya xabar bermoqda Xushnudbek.uz.

Qarorda bakalavriat va magistratura bosqichiga talabalarni qabul qilishning yangi tartiblari belgilangan.

Shuningdek, qarorda abiturientlarni tolov-kontrakt boyicha belgilangan kvotadan tashqari qoshimcha ravishda oqishga qabul qilinishining tartibiga oydinlik kiritildi va unga kora kopchilik abiturientlarni qiziqtirib kelayotgan savollarga javob olish mumkin.

Quyida Sizlarga mazkur tartibning eng asosiy jihatlari haqida ma’lumot beriladi:

Qoshimcha kontrakt natijalari qachon aniq bo’ladi?

Qoshimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta’lim muassasalari tomonidan boysunuvi boyicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktyabrga kadar Davlat komissiyasiga kiritiladi;

Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati, tanlov va toplangan ballar miqdoridai kelib chiqib, oshirilgan tolov-kontrakt sharti bilan abituriyentlarni ko’shimcha kabul qilish korsatkichlari yuzasidan 20 oktabrga qadar qaror qabul qiladi.

Qoshimcha kontrakda o’qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

Yetarli ball toplay olmagan abiturientlar qo’shimcha kontraktda o’qish uchun test natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak. Ballar ketma ketligi boyicha royxatdagi oldingi abituriyent qoshimcha tolov-kontrakt asosida oqishni arizasi bilan rad etgan holda yoki test sinovi natijalari e’lon qilingan kunidan boshlab bir oy muddatda ariza bermaganda royxatdagi keyingi abiturient qo’shimcha to’lov-kontrakt asosida oqishga tavsiya etiladi.

Kirish baliga necha ball etmagan abiturientlar qoshimcha kontraktda oqiy oladi?

Qoshimcha qabulga abituriyentlar 2 xil kategoriya boyicha qabul qilinadi:

  1. Toplagan balli qabul chegaralariga 4 ballgacha etmagan abituriyentlar;
  2. 68 balldan ko’p to’plagan barcha abituriyentlar.

Bular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

Eng avvalo ular tolaydigan oshirilgan kontrakt narxida keskin farq boladi. Bundan tashqari toplagan balli qabul chegarasiga 4 ballgacha etmay qolgan abiturientlarda kvotaga tushish imkoniyati koproq bo’ladi.

Oshirilgan kontraktning narxi qancha?

Oshirilgan tolov-kontrakt miqdori amalda o’rnatilgan to’lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1-toifa
Toplagan ballari tasdiqlangan tolov-kontrakt bo’yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha etmagan abituriyentlar uchun – 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgacha etmaganlar uchun – 2,0 barobar;
2.1 balldan 3 ballgacha etmaganlar uchun – 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgacha etmaganlar uchun – 3,0 barobar.

2-toifa
Kirish sinovlarida toplagan natijalari eng yuqori ballning 30% (68,0 ball)dan kam bolmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qoshimcha orinlarga (4 ballik hudud) qabul qilinmay qolgan va oqish istagini bildirgan abituriyentlar amalda ornatilgan tolov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oshirilgan tolov-kontrakt miqdorida tolov to’lash sharti bilan oqishga qabul qilinadi.

Bu erda e’tibor bersak, 10 barobar miqdorida deyilmagan, aksincha 10 barobardan ortiq miqdorda deyilgan. Bu degani ayrim OTMlarda 10, ayrimlarida 15, ayrimlarida 20 barobar bolishi mumkin.

Bunda, qaysi OTMda oshirilgan tolov-kontrakt miqdori qancha bo’lishini ta’lim yonalishi xususiyatidan kelib chiqib, Davlat komissiyasi belgilaydi.

Oshirilgan kontrakt har yili tolanadimi yoki bir marta?

Bir marta tolanadi. Qoshimcha qabul qilingan talabalar birinchi oquv yilini tugatgandan song keyingi oquv yilidan boshlab amalda ornatilgan bazaviy tolov-kontrakt miqdori asosida oqishini davom ettiradilar.

Manba: Xushnudbek.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!