×

Abituriyentlar uchun: Kirish imtihoni sanasi va joyini internet orqali bilish mumkin!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

415276 marta

CHOP ETILGAN

23.07.2018

Joriy yildan boshlab O’zbekistonda kirish imtihonlari 1-avgustdan 15-avgustgacha kunlari o’tkazilishi belgilangan. Bunda abituriyentlar o’z kirish imtihonining joyi, kuni va vaqtini bilishda qiyinchilikka uchramasligi uchun Davlat test markazi kirish imtihonining kuni, vaqti va joyini internet orqali bilish imkonini yaratdi.

Bu uchun Davlat test markazi rasmiy veb-saytida testday.dtm.uz platformasi yaratildi. Abituriyent o’z kirish imtihoni kuni, vaqti va joyini bilish uchun  testday.dtm.uz platformasiga kirishi, so’ng, birinchi qatorga o’z pasport seriyasi va raqamini, ikkinchi qatorga esa tasdiqlash kodi (tasdiqlash kodi ikkinchi qator tagida berilgan bo’ladi) kiritishi kerak. Keyin tekshirish tugmasi bosilishi bilan, imtihon kuni, vaqti va joyi haqida ma’lumot chiqadi.

Eslatma: Ushbu platforma 25-iyuldan boshlab ishlay boshlaydi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!