×

Abituriyentlarga universitetni tanlashda yordam beradigan sayt ishga tushdi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1085 marta

CHOP ETILGAN

10.07.2016

“Admissions.uz” sayti tajribaviy loyiha sifatida foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Loyihaning asosiy maqsadi abituriyentlarga o‘zlarining bo‘lg‘usi o‘quv maskanlari hamda yo‘nalishlarini tanlashda yordam berishdan iborat. Bu haqda Uzinfocom kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Sayt foydalanuvchilar uchun ikki xil xizmatni taklif etadi.

1_kir

Birinchi xizmat yordamida abituriyentlar o‘zlarining taxminiy ballari, test topshirish fanlari, ta’lim tili va boshqa mezonlarni ko‘rsatib, ushbu qidiruv mezonlariga mos keluvchi oliy ta’lim muassasalari va ularning tegishli o‘quv yo‘nalishlarini bilib olishlari mumkin.

2..

Ikkinchi xizmat yordamida abituriyent o‘zi tanlagan o‘quv yurti hamda yo‘nalishi va o‘zining taxminiy ballini ko‘rsatib shu yo‘nalishga qanchalik kirish imkoniyatiga ega ekanligini bilib olishi mumkin.

Natijalar qidiruv mezonlari hamda abituriyentning taxminiy balliga asosan, shu yo‘nalish haqidagi statistik ma’lumotlar va o‘tgan yillardagi kirish ballariga asoslangan holda, ba’zi matematik modellar yordamida hisoblanadi va kirish ehtimoli sifatida taqdim etiladi.

Мanba

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!