×

ACCA: kim uchun, qanday, qancha va qayerda?


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

31811 marta

CHOP ETILGAN

09.01.2019

ACCA qanday tashkilot?

ACCA – Association of Chartered Certified Accountants (Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar Assotsiatsiyasi) – 1904-yilda asos solingan boʻlib, moliya, hisob va audit sohalari mutaxassislarini birlashtiruvchi xalqaro professional tashkilot hisoblanadi. Assotsiatsiya 181 davlatda 188 000 aʼzo va 480 000 talabalarga biznes boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirish va karyerasini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashgan hamda oʻz tarkibida uyushtirgan.

Assotsiatsiya xalqaro miqyosda katta nufuzga ega, tashkilot sertifikatini qoʻlga kiritgan mutaxassis oʻz sohasi boʻyicha keng doiradagi mahalliy va xalqaro tashkilotlarda ishlash imkoniga ega boʻladi. Tashkilot malakasi Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi (IFAC)ning xalqaro oʻqitish standartlariga toʻliq mos keladi. ACCA taʼlim dasturlari biznesning istalgan sektori boʻyicha yuqori malakali mutaxassis boʻlishga intilgan talabgorlar uchun moʻljallangan.

ACCA haqida qisqacha

Til – ingliz, rus tili

Toʻlov –butun taʼlim davrida umumiy oʻqish va imtihon xarajatlari taxminan 6700-7000 funt-sterling. Batafsil: SHU YERDA

Bir yilda necha marta imtihon oʻtkaziladi –yil davomida 4 marta (mart, iyun, sentyabr va dekabr) kompyuterda (CBE) topshirish mumkin, kirish imtihonlari 2 marta.

Natijalarning eʼlon qilinishi – imtihon sanasidan taxminan 5-6 hafta keyin

Nechta davlatda – 181 davlat, 400 dan ortiq markazlarda

Rasmiy sayt – https://www.accaglobal.com 

Oʻzbekistonda qayerda oʻqish va imtihonlarni topshirish mumkin?

Oʻzbekistonda (masofadan) oʻqish va imtihon topshirish uchun ACCA tomonidan Approved Learning Partner (Taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi hamkorlar) sifatida tasdiqlangan markazlar:

  1. Gold ALP “International Business Studies” Manzil:16, Proyezd 4 Nasirova Street, Yunusabad District, Tashkent, 100084 murojaat uchun: tashkent@gmail.com tel.:  (+99871) 235 52 79; rasmiy sayt: www.ibs-tashkent.uz/
  2. Silver Learning Partner “Fast and Easy” Manzil: 62A, Amir Temur street, Tashkent, 100123  murojaat uchun: boisov7@gmail.com; tel.: (+99897) 155 39 00
  3. Silver Learning Partner “GRBS” Manzil: Taras Shevchenko street, h 21, Tashkent, 100060 murojaat uchun: exams@grbs.com, info.tashkent@grbs.com; tel.: (+99878) 129 19 19; rasmiy sayt: www.grbs.com 
  4. Silver Learning Partner “Tagus Testing Centre” Manzil: Darhan Business Centre, 88A Mustakillik Avenue, Tashkent, 100000 murojaat uchun: info@tagus.uz; (+99871) 120-1578; rasmiy sayt: http://tagus.uz/

*Koʻrsatilgan markazlarning litsenziya muddati oʻzgarishi mumkin. Kelgusida bu masalani aniqlashtirish uchun: SHU YERDAN maʼlumot topish mumkin.

Qanday imtihonlar topshiriladi?

ACCA imtihonlari 2 darajaga taqsimlangan 14 ta fanni tashkil etadi. ACCA Professional sxemasi boʻyicha Oxford Brookes Universityda Applied Accounting (Buxgalteriya hisobi) mutaxassisligi boʻyicha bakalavr darajasini (Bachelor of Science) olish mumkin.

Birinchi daraja Fundamental (bazoviy) boʻlib, quydagi fanlarni oʻz ichiga oladi:

  • F1 Accountant in Business;
  • F2 Management Accounting;
  • F3 Financial Accounting;
  • F4 Corporate and Business Law;
  • F5 Performance Management;
  • F6 Taxation;
  • F7 Financial Reporting;
  • F8 Audit and Assurance;
  • F9 Financial Management.

Ikkinchi daraja Professional (P4 dan P7 gacha 4 ta fandan 2 tasi ixtiyoriy tanlanadi):

  • P1 Governance, Risk and Ethics (formerly Professional Accountant);
  • P2 Corporate Reporting;
  • P3 Business Analysis;
  • P4 Advanced Financial Management;
  • P5 Advanced Performance Management;
  • P6 Advanced Taxation;
  • P7 Advanced Audit and Assurance.

Imtihonlarni qogʻoz va onlayn shakllarda topshirish mumkin.

*Imtihonlar haqida toʻliq: SHU YERDA tanishing.

*Imtihon natijalarini ishlash (baholash) jarayoni haqida taʼlumot: SHU YERDA berilgan.

*Natijalar onlayn tarzda: SHU YERDA eʼlon qilinadi.

Xarajatlar qancha?

  • roʻyxatdan oʻtish uchun– 79 funt-sterling; roʻyxatdan oʻtish muddati boʻyicha toʻlov farq qiladi. Masalan, 2019-yil iyun oyi imtihoni uchun:
  1. a) erta roʻyxatdan oʻtish – 103 funt-sterling (2019-yil 11-fevralgacha);
  2. b) standart – 108 funt-sterling (2019-yil 29-aprelda yopiladi);
  3. s) kechki – 277 funt-sterling (2019-yil 6-may);
  • qayta roʻyxatdan oʻtish – 79 funt-sterling;
  • 2019-yil uchun obuna – 105 funt-sterling;
  • Knowledge exams:
  1. Accountant in Business (AB).
  2. Management Accounting (MA)
  3. Financial Accounting (FA) – 103 – 277 funt-sterling; imtihondan ozod etilish (har bir imtihon uchun): 76 funt-sterling;
  • Applied Skills exams:
  1. Corporate and Business Law (LW).
  2. Performance Management (PM).
  3. Taxation (TX).
  4. Financial Reporting (FR).
  5. Audit and Assurance (AA)
  6. Financial Management (FM) – 103-277 funt-sterling; imtihondan ozod etilish (har bir imtihon uchun): 103 funt-sterling;
  • barcha fanlar boʻyicha alohida toʻlov amalga oshiriladi. Agar imtihon Sizning soʻrovingiz boʻyicha rasmiy tasdiqlanmagan markazda oʻtkazilsa, qoʻshimcha pul toʻlash kerak boʻladi;
  • Ethics and Professional Skills Module – 60 funt-sterling;
  • Strategic Professional (essentials) Strategic Business Leader exam  – 108 – 307 funt-sterling (roʻyxatdan oʻtish muddatiga koʻra);
  • Strategic Professional (options):
  1. Advanced Financial Management (AFM).
  2. Advanced Performance Management (APM)
  3. Advanced Taxation (ATX)
  • Advanced Audit and Assurance (AAA) – 129 – 307 funt-sterling (roʻyxatdan oʻtish muddatiga koʻra).
  • ACCA ga aʼzo boʻlish badali – 246 funt-sterling;
  • ACCA aʼzolari uchun obuna (2019-yilga) – 246 funt-sterling;
  • kengaytirilgan obuna – 55 funt-sterling;
  • obuna boʻyicha yordam olish – 123 funt-sterling;
  • aʼzolikni tiklash – 54 funt-sterling.

*Narxlar 2019-yil 9-yanvar holatiga berilgan va muddatga koʻra oʻzgarishi mumkin. Shuningdek, imtihon topshirish filiallari, muddati va shakliga koʻra farq qilishi mumkin. Toʻlovlarga oid barcha maʼlumotlar: SHU YERDA.

Toʻlovni amalga oshirish

Toʻlovlarni onlayn tarzda: SHU YERDA amalga oshiriladi. Yoʻriqnoma: SHU YERDA. Shuningdek, imtihon qabul qiluvchi markazlar orqali ham pul toʻlash mumkin.

Onlayn toʻlov uchun:

Kredit kartalar:

  • Visa;
  • MasterCard;
  • American Express (AMEX);
  • China UnionPay.

Debit kartalar:

  • Visa;
  • Mastercard;
  • China UnionPay.

Toʻlov xizmatlari:

  • PayPal;
  • Alipay 

Qancha muddat?

ACCA da oʻqish muddati roʻyxatdan oʻtgan sanadan boshlab umumiy 10 yilni tashkil etadi. Asosiy taʼlim 3-4 yil.

Koʻrsatilgan vaqt ichida talaba 3 yillik majburiy ish stajiga ega boʻlishi va oʻrnatilgan tartibda dasturda koʻrsatilgan 13 ta taʼlim maqsadi (9 ta asosiy va 4 ta fakultativ)ga ega boʻlishi talab etiladi.

Tashkilot aʼzosi boʻlgunga qadar belgilangan 14 ta fan bilan birga “Etika” kursini ham oʻrganish kerak.

Imtihonlarga tayyorlanish

Imtihonlarga tayyorlanish uchun tashkilot quyidagi variantlarni taklif etadi:

  • taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi hamkorlar bilan tayyorlanish. Yurtimizda 4 ta hamkor mavjud (yuqorida berilgan). Batafsil: SHU YERDA.
  • tashkilot taqdim etgan resurslar: SHU YERDA.

*Imtihonlar boʻyicha eng koʻp tugʻiladigan savollarga javoblar: SHU YERDA.

Imtihon uchun majburiy qoidalar

ACCA imtihonlari qatʼiy belgilangan qoidalar doirasida oʻtkaziladi. Ular quyidagilar:

  1. Siz quyida keltirilgan tartib-qoidalarga soʻzsiz amal qilishingiz shart.
  2. Siz ACCA xodimlari yoki imtihon rahbari tomonidan berilgan har qanday yoʻriqnomani bajarishingiz zarur.
  3. ACCA xodimlari yoki imtihon rahbarini notoʻgʻri (yolgʻon) axborot taqdim etish orqali notoʻgʻri qaror chiqarishga undamasligingiz (aldamasligingiz) kerak.
  4. Imtihonga kitob yoki boshqa materiallar (shpargalka) olib kirish taʼqiqlanadi.
  5. Imtihonda foydalanish man etilgan material yoki uskunalarni ishlatish taʼqiqlanadi.
  6. Lugʻat yoki elektron lugʻat, mobil telefon, kalkulyator va hokazolardan foydalanish mumkin emas.
  7. 4 va 5-qoidalarni buzganda intizomiy choralar koʻrilishi mumkin.
  8. Imtihonga qurol bilan kirish taʼqiqlanadi.
  9. Imtihon vaqtida boshqa ishtirokchilarga yordam berish man etiladi.
  10. Imtihon rahbari, nazoratchilarning koʻrsatmalariga qatʼiy boʻysunish talab etiladi. Aks holda imtihondan chetlashrilish mumkin.
  11. Imtihon topshirish maqsadida turli noloyiq axloqiy faoliyat bilan shugʻullanish taʼqiqlanadi.
  12. Agar imtihonni qogʻoz variantda topshirsangiz, imtihon savollari yoki javoblar varaqasini imtihon xonasidan olib chiqish, ulardan nusxa koʻchirish mumkin emas.
  13. Agar imtihonni muvaffaqiyatli topshirish uchun adolatsiz boʻlgan usullardan foydalanishga harakat qilsangiz, imtihondan chetlashtirilasiz.
  14. Talabgorlar imtihon jarayonida boshqa ishtirokchilar bilan gaplashishlari man etiladi.
  15. Imtihon natijalarini ACCA tomonidan rasmiy eʼlon qilinishiga qadar qoʻlga kiritishga harakat qilish mumkin emas.

*Tartib-qoidalar batafsil: SHU YERDA keltirilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!