×

O’zbekiston universitetlarida qo’shimcha 420ta kvota ochildi – hujjat topshirish 25-sentabrgacha!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

7642 marta

CHOP ETILGAN

22.09.2018

Respublikadagi 9 ta OTMga xorijiy OTMlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash uchun qoʻshimcha kvotalar berildi, deb xabar bermoqda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentyabrdagi 9-sonli bayoni bilan 9 ta oliy taʼlim muassasasiga 2018/2019 oʻquv yili uchun qabuli uchun xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul kvotalari tasdiqlandi. Bular:

  1. Toshkent davlat texnika universiteti – 75 ta (bakalavriat);
  2. Toshkent davlat stomatologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);
  3. Toshkent kimyo-texnologiya instituti – 20 ta (magistratura);
  4. Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 10 ta (magistratura);
  5. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti – 25 ta (bakalavriat);
  6. Milliy rassomlik va dizayn instituti – 20 ta (bakalavriat);
  7. Namangan muhandislik-texnologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);
  8. Namangan muhandislik-qurilish instituti – 60 ta (bakalavriat);
  9. Andijon mashinasozlik instituti – 90 ta (bakalavriat – 80 ta, magistratura – 10 ta).

Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar 2018 yil 25 sentabrgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari oliy taʼlim muassasalari tomonidan 2018 yil 28-30 sentabr kunlari oʻtkaziladi.

Oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun oʻqish istisno tariqasida 2018 yilning 2 oktabridan boshlanadi.

Kirish sinovlari natijasi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga toʻlov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 2018 yil 31 oktabr etib belgilandi.

Manba: Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!