×

Adliya vazirligi jurnalist va blogerlar uchun tanlov eʼlon qildi; mukofotlar – noutbuk, planshet, televizor


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1958 marta

CHOP ETILGAN

28.10.2020

Adliya vazirligi “Pandemiya 2020: chaqiriqlar, xulosalar, oqibatlar” nomli tanlov oʻtkazadi.

Tanlovning maqsadi: pandemiya davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini doimiy yuksaltirib borish, fuqarolarda qonunga itoatkorlik ruhini targʻib qilish, bu sohada mavjud muammolarga qarshi kurashda jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilik faollarining taʼsiridan unumli foydalanish.Tanlovda kimlar ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xususan, ommaviy axborot vositalarida faoliyat yurituvchi jurnalistlar, erkin jurnalistlar, blogerlar, jamoatchilik faollari.

Baholash mezonlari: taqdim etilgan materiallar qonuniyligi, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi, xolislik, maʼrifiylik, axborotlarning tekshirilganligi, soxtalik va yolgʻon maʼlumotlardan xoliligi, tahliliyligi, izchil bayon uslubiga egaligi, taklif va tavsiyalarga boyligi, auditoriyada faol fuqarolik pozitsiyasini uygʻotishga xizmat qilishi, keng qamrovliligi, mantiqiyligi, oʻquvchi (tinglovchi, tomoshabin) eʼtiborini jalb qila olishi kabi mezonlar nuqtayi nazaridan baholanadi.

Tanlov shartlari:

  • tanlovga taqdim etiladigan materiallar bosma yoki elektron OAVda, tele-radioefirlarda yoki shaxsiy bloglarda eʼlon qilingan boʻlishi lozim;
  • tanlovga ilmiy ishlar, seminarlar, treninglar, konferensiyalar, davra suhbatlari uchun tayyorlangan maʼruzalar, slaydlar, yirik janrdagi badiiy asarlar (qissa,roman,doston) qabul qilinmaydi;
  • tanlov tili – oʻzbek va rus.

Tanlov 3 ta nominatsiyada oʻtkaziladi:

1. Pandemiya davrida huquq mavzusi boʻyicha eng yaxshi jurnalistik material uchun.
2. Pandemiya davrida huquq mavzusiga oid yang yaxshi blogpost uchun.
3. “Adliya eʼtirofi”.

Tanlovni oʻtkazish tartibi: tanlovda ishtirok etish uchun 2020-yilning 30-noyabr kuni soat 23:59 gacha quyidagi hujjat va materiallar Tanlov@adliya.uz elektron pochtasiga yuboriladi:

1. Ishtirokchi haqida maʼlumot.
2. Ishtirokchining fotosurati.
3. Tanlovda ishtirok etuvchi material (Word dasturida yozilgan matn yoki audio/videofayl, faylning oʻzi yoki u joylangan sayt/fayl manbasiga havola). Barcha materiallar eʼlon qilinganligi toʻgʻrisida skrinshot, pdf-nusxa, havola bilan tasdiqlanishi kerak.

Tanlov gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash: tanlovga topshirilgan materiallar tegishli tartibda tasdiqlangan hayʼat aʼzolari tomonidan baholash mezonlari asosida baholanadi va natijalar yangi yil (2021-yil) bayrami arafasida tashkiliy komissiyaga topshiriladi. Tashkiliy komissiya tanlov gʻoliblarini tantanali ravishda taqdirlash choralarini koʻradi.

Sovgʻalar:

  • Har nominatsiya boʻyicha 3-oʻrin gʻoliblariga — televizor
  • Har nominatsiya boʻyicha 2-oʻrin gʻoliblariga — planshet
  • Har nominatsiya boʻyicha 1-oʻrin gʻoliblariga — noutbuk
  • “Adliya eʼtirofi” ga sazovor boʻlganlarga noutbuk beriladi.
  • Gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.

Murojaat uchun telefon: +998 71 207 04 54

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!