×

Adliya vazirligi tanlovida qatnashib, planshet, bukrider yoki aqlli soat yutib oling!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2840 marta

CHOP ETILGAN

18.12.2020

Adliya vazirligi “Huquqiy targʻibotni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash” tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovga jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga yordam beradigan innovatsion loyiha, mobil ilova, dastur, ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi guruh va kanallar, prezentatsiyalar, aksiyalar qabul qilinadi.

Talabgorning tanlovda qatnashish toʻgʻrisidagi arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:

  • pasport nusxasi;
  • rezyume;
  • nomzodning soʻnggi bir yil davomida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlari va alohida yutuqlari (innovatsion loyiha, mobil ilova va dasturlar prezentatsiyasi, ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi guruh va kanallar, prezentatsiyalar, aksiyalar haqidagi maʼlumotlar, foto va videomateriallar hamda huquqiy targʻibot olib borilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar).

Tanlovda Oʻzbekiston fuqarolari yakka holda yoxud jamoa boʻlib ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda qatnashish uchun hujjatlar @adliyaga_bot telegram boti orqali joriy yilning 25-dekabrigacha qabul qilinadi.

Tanlov gʻoliblari Yangi yil bayrami arafasida (29-dekabr) aniqlanadi va Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.

Gʻoliblar sertifikat hamda tegishli ravishda quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin: planshet;
2-oʻrin: elektron kitoblar uchun qurilma;
3-oʻrin: aqlli soat.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!