×

Adliya vazirligidan “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1273 marta

CHOP ETILGAN

11.03.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovini eʼlon qildi. Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari, xususan, jurnalist va blogerlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga taqdim etiladigan materiallar 2022-yil 1-yanvardan 2022-yil 20-martga qadar bosma yoki elektron OAVda, teleradiokanallarda yoki shaxsiy bloglarda eʼlon qilingan boʻlishi lozim.

Bunda xotin-qizlar huquqlari masalalari, yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, shuningdek mavjud muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflar yoritilishi zarur.

Tanlovga ishlar 3 nominatsiya boʻyicha qabul qilinadi:

  • “Eng yaxshi jurnalistik material uchun”;
  • “Eng yaxshi blogpost uchun”;
  • “Adliya eʼtirofi”.

Ilmiy ishlar, seminar, trening, konferensiya, davra suhbatlari uchun tayyorlangan maʼruzalar, slaydlar, yirik janrdagi badiiy asarlar (qissa, roman, doston) qabul qilinmaydi.

Har bir ishtirokchidan koʻpi bilan 3 tagacha material qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjat va materiallarni 2022-yil 11-martdan 25-martga (oʻsha kuni ham) qadar @tanlovadliyabot telegram botiga yuborish talab etiladi:

  1. Ishtirokchi haqida maʼlumot.
  2. Ishtirokchining fotosurati.
  3. Tanlovda ishtirok etuvchi material (Word dasturida yozilgan matn yoki audio/video/fotofayl, faylning oʻzi yoki u joylangan sayt/fayl manbasiga havola).

Barcha materiallar eʼlon qilinganligi toʻgʻrisida skrinshot, pdf-nusxa, havola bilan tasdiqlanishi kerak.

Tanlovga yuborilgan materiallar mavzuga toʻgʻri va xolis yondashilganligi, mazmuni va taʼsirchanligi, dolzarbligi bilan bir qatorda sodda va tushunarli ekanligi, mavzuga doir faktlardan oʻrinli va unumli foydalanilganligi kabi mezonlar asosida hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi.

Har bir nominatsiya boʻyicha 1 nafar ishtirokchi gʻolib deb topilib, “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” loyihasini yakunlash arafasida eʼlon qilinadi hamda diplom va quyidagi esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi:

  • Eng yaxshi jurnalistik material uchun — televizor;
  • Eng yaxshi blogpost uchun — blender toʻplami;
  • Adliya eʼtirofi — multivarka.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!