×

Adliya vazirligidan vorislik huquqi boʻyicha tanlov; mukofotlar – noutbuk, televizor va planshet!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4798 marta

CHOP ETILGAN

17.02.2023

Tanlov haqida

Ushbu tanlov Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Notarial palatasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Vorislik huquqi” aksiyasi doirasida tanlov tashkil etilmoqda.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining 15 yoshga to‘lgan fuqarolari, shu jumladan, ta’lim muassasalari o‘quvchilari, davlat tashkilotlari xodimlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, xorijda yashovchi fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov quyidagi 2 bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich – test sinovi.

Mazkur bosqich 24-fevral kuni soat 09:00 dan 15:00 ga qadar onlayn tarzda 8-dekabr.adliya.uz saytida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 17–23-fevral kunlari mazkur saytdan ro‘yxatdan o‘tiladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun BU YERGA bosing.

Ro‘yxatdan o‘tish shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda telefon raqam ma’lumotlarini saytga kiritish orqali amalga oshirilib, ishtirokchining telefon raqamiga sms xabarnoma yuboriladi. Ushbu sms xabar orqali har bir ishtirokchiga login va parol beriladi.

Test o‘tkaziladigan til: o‘zbek tili.

Test sinovi 20 ta test savoli (har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball) va 1 ta ijodiy savoldan iborat. Har bir ishtirokchiga 20 ta test savolini bajarish uchun 10 daqiqa, ijodiy savolga javob yozish uchun esa 15 daqiqa vaqt ajratiladi.

Ijodiy savolga javob hajmi 150-200 so‘zdan iborat bo‘lishi lozim.

Test savollariga eng qisqa muddatda to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 30 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga javoblari ko‘rib chiqiladi.

Baholash natijasiga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar ishtirokchi navbatdagi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ikkinchi bosqich (suhbat) 28-fevral kuni tashkil etiladi. Har bir ishtirokchiga 3 tadan savol beriladi hamda har bir to‘g‘ri javob 10 ballgacha baholanadi.

Suhbat jarayonlari onlayn translyatsiya qilinadi.

Suhbat yakuniga ko‘ra, eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

G‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin: Noutbuk;
  • 2-o‘rin: Televizor;
  • 3-o‘rin: Planshet.

Tanlovda faqat bitta akkauntdan qatnashishga ruxsat etiladi. Ishtirokchi keyingi bosqichga o‘tish vaqtida turli akkauntlardan qatnashgan holatlar aniqlangan taqdirda, natijasidan qat’i nazar, tanlovdan chetlashtiriladi.

Shuningdek, tanlovda quyidagilarning ishtirok etishi taqiqlanadi:

  • Adliya organlari va muassasalari xodimlari;
  • Davlat notarial idoralari notariuslari;
  • Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar;
  • Notarius yordamchisi hamda stajorlari.

Eslatma:
Tanlov yakunlariga ko‘ra, hay’at a’zolarining umumiy xulosasiga asosan ishtirokchilar tomonidan savollarga yetarlicha javob berilmagan taqdirda g‘olib aniqlanmasligi ham mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!