×

“Alibaba GET Global Challenge 2020” xalqaro tanlovi: bosh sovrin – 15 ming AQSH dollari va Alibaba bosh ofisiga barcha xarajatlari qoplanadigan sayohat!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2996 marta

CHOP ETILGAN

15.05.2020

“Alibaba GET Global Challenge 2020”  – dunyo boʻylab yoshlar uchun pandemiya oqibatlarini yumshatish va odamlarga kundalik hayotning barcha sohalarida yordam berish uchun Alibabadan xalqaro tanlov.

Alibaba GET (global e-Commerce Talent) Oʻzbekistonda.

Global e-Commerce Talent – Alibaba Groupning dunyo boʻylab tadbirkorlar va yoshlar orasida elektron tijorat boʻyicha taʼlim loyihalarini ishlab chiquvchi va ilgari suruvchi boʻlimidir.

Alibaba Group xalqaro elektron tijorat sohasida katta tajribaga ega va bu sohada yetakchi hisoblanadi.

Tajribalari bilan oʻrtoqlashishni istagan Alibaba, China Campus Network, IT Park, Oʻzbekiston Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi, BMTTDning Startap-tashabbuslari va Akselerator Lab tashkilotlari bilan birgalikda “Alibaba GET Global Challenge 2020” Oʻzbekistondagi IT sohasi bilan bogʻliq startap loyihalarini ishtirok etishga taklif qiladi.

Tanlovning maqsadi yangi biznes paradigmasining ijobiy taʼsirini ulashish, har tomonlama rivojlanishni ragʻbatlantirish, yoshlar va tadbirkorlarni ruhlantirish, shuningdek, tashkilotlar, sohalar va jamiyatlarni raqamli transformatsiyasiga yordam berish.

“Alibaba GET Global Challenge 2020” tanlovi bir necha bosqichlarni oʻz ichiga oladi va onlayn rejimda oʻtkaziladi.

Tanlov maqsadlariga mos keladigan IT-loyihalar taklif etiladi. 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan har bir kishi ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar 3-5 kishidan iborat jamoalarga birlashadi. Bundan tashqari, jamoada kamida bitta ingliz tilida soʻzlashadigan aʼzo boʻlishi kerak, chunki musobaqa ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Xalqaro tanlovning bosh mukofoti – 15 000$ va Alibaba kompaniyasining bosh ofisiga toʻliq toʻlanadigan tashrif. Bundan tashqari, tanlovning barcha ishtirokchilari uchun biznesni rivojlantirish boʻyicha treninglar va seminarlar oʻtkaziladi. Finalchilarga Alibaba kompaniyasining tajribali mutaxassislari shaxsan taqdim etiladi.

Muhim:

Oʻzbekistonning tanlangan 36 jamoasi uchun birinchi onlayn trening 2020-yil 23-mayda boʻlib oʻtadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2020-yil 21-maygacha qabul qilinadi.

Alibaba GET tarmogʻining Bosh kotibi – janob Zhou Yong tomonidan “Pandemiya davrida raqamli yechimlar butun dunyoda” mavzusida oʻtkazilgan ochiq seminarga havola: https://clck.ru/NSTyZ

Tanlovga roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://clck.ru/NSU2w
Tanlovning rasmiy veb-sayti: https://alibabaget.uz/gc

Manba

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!