×

American Councils: Talabalar uchun Toshkentda haq toʻlanadigan amaliyot!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

1646 marta

CHOP ETILGAN

17.03.2020

American Councils Oʻzbekistonlik talabalar uchun “Young Professional Internships Program” amaliyot dasturini eʼlon qildi.

Ushbu dasturga biznes va STEM (science, technology, engineering, mathematics) yoʻnalishlarida tahsil oluvchi oʻzbekistonlik bakalavriat talabalari saralab olinadi va ular 2 oy davomida – 2020-yil, 1-iyuldan 31-avgustgacha Toshkentda amaliyot oʻtashadi.

Amaliyot dasturi ishtirokchilari safar va yashash xarajatlari uchun 250 AQSH dollari miqdorida stipendiya bilan taʼminlanadi.

Ishtirokchilar amaliyot davomida xalqaro biznes amaliyotlari haqida chuqurroq tushuncha va tajribaga ega boʻladi. Amaliyot davomida qatnashchilar kasbiy rivojlanish tadbirlarida ishtirok etadi, sanoatdagi yetakchilar bilan oʻzaro munosabatda boʻladi va oʻz tengdoshlari bilan tanishish imkoniga ega boʻladi. Shuningdek, dastur amaliyotchilarga Oʻzbekistondagi kichik biznes, konsalting, marketing, moliya, texnologiyalar va boshqa sohalardagi startaplarda ishlash orqali oʻz karyera yoʻllarini kashf qilish imkonini beradi. Dastur oxirida ishtirokchilarga dasturni tugatganlik haqida sertifikat beriladi.

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
– Hozirda Oʻzbekistondagi OTMda 3 yoki 4-bosqichda tahsil olayotgan boʻlishi lozim.
– Biznes yoki STEM sohasida karyera qilishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan boʻlishi kerak.
– Bepul ingliz tilini bilish darajasi imtihonini topshirishi lozim.

Ishtirokchilar ochiq tanlov asosida saralab olinadi. Dasturda ishtirok etish uchun arizalar onlayn 2020-yil, 10-aprel, soat 20:00 ga qadar qabul qilinadi (quyidagi suratda 15-aprel yozilgan, lekin onlayn ariza formasida 10-aprel. Ertaroq topshirib qo’yish tavsiya etiladi). Arizani SHU YERDA topshirish mumkin.

Nomzod arizada soʻralgan maʼlumotlarni kiritish bilan bir qatorda, quyidagi hujjatlarni ham yuklashi lozim:
– Tavsiyanoma.
– Baholar.
– Rezyume yoki CV.

Shuningdek, nomzod arizada ingliz tilida 400-500 soʻzli shaxsiy bayonot (Personal Statement) yozishi kerak. Shaxsiy bayonotda nimalar haqida yozilishi kerakligi ariza shaklida koʻrsatilgan.

Eslatma: Ariza topshirishdan hisob (Account) ochish kerak va unda elektron pochta ham soʻraladi. Elektron pochtangiz boʻlmasa, ochib oling.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Email: akhasanov@americancouncils.org
Telefon: (+998) 78 150 71 50
Manzil:
American Councils for International Education
12 Sh, Rustaveli Str., Yakkasaray dist.
Tashkent 100070
UZBEKISTAN

❗️Ogohlantirish! Dasturda ishtirok etish uchun ingliz tilini yetarli darajada bilish shart! Berilgan kontaktlarga savollar yuzasidan murojaat qilishdan oldin rasmiy saytda keltirilgan amaliyot haqidagi eʼlonni; shuningdek, saytda hisob ochib, berilgan barcha maʼlumotlarni diqqat bilan oʻqib chiqing!

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!