×

Amerikaning eng zo’r universiteti qaysi?


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

15417 marta

CHOP ETILGAN

01.12.2017

AQShda har yili ta’lim tadqiqotlari bilan shug’ullanuvchi bir necha kompaniya tomonidan universitetlar reytingi e’lon qilinadi. Ammo bu reytinglar orasida farqlar mavjud. Ulardan biri eng yaxshi deb topgani ikkinchi bir reytingda hatto kuchli o’nlikdan o’rin olmagan bo’lishi ham mumkin.

Buning sabablari nimada? Bu reytinglar ishonchlimi? AQShning eng kuchli universiteti qaysi?

Bu savollarga oson javob topish qiyin. U.S. News and World Report” e’lon qilgan ro’yxatda Prinston universiteti mamlakatning eng zo’r oliy o’quv yurti sifatida 1-o’ringa, Garvard universiteti esa 2-o’ringa qo’yilgan. “Times Higher Education” reytingida esa 1-o’rinni Kaliforniya Texnologiya instituti egallagan. Bu ro’yxatda Garvard 2, Prinston esa 7-o’rin bilan kifoyalangan.

Washington Monthly” nashri San Diegodagi K01aliforniya universitetiga eng yuqori o’rinni bergan. Bu ro’yxatda Garvard 10-o’rinni band etgan bo’lsa, Prinston va Kaliforniya Texnologiya instituti hatto kuchli o’nlikka ham kira olmagan. “Forbes”  jurnali Uilyams kollejiga 1-o’rinni bergan bo’lsa, ikkinchi o’ringa Stenford universiteti munosib topilgan. Bu ro’yxatda Prinston 4, Garvard esa 7-o’tinga loyiq topilgan..

(Reytinglarning kuchli o’nligi maqola so’ngida ilova qilingan.)

Nega ro’yxatlar bir-biridan farq qiladi?

Ta’lim bo’yicha maslahatchi Bes Gilfillanning yozishicha, bunday reytinglar universitet tanlamoqchi bo’lgan talabalar uchun “xavfli bo’lishi mumkin”. Chunki bo’lajak talabalar o’quv yurtini tanlashda, odatda, ana shunday reytinglarga e’tibor berishadi. Aslida, diqqat qaratish lozim bo’lgan va reytinglarda aks etmagan boshqa jihatlar ham ko’p.

Reytinglarda farqlar ko’zga tashlanishining asosiy sababi ularni tuzuvchi tashkilotlar turli tanlov va o’lchov usullarini qo’llashidir. Masalan, “U.S. News and World Report” nashri universitetga qabul qilinish shartlarining qanchalik qiyinligiga asosiy e’tiborni qaratadi. Shuning uchun uning ro’yxatidan, odatda, eng qimmat va mashhur universitetlar o’rin oladi.

“Forbes” jurnali ro’yxatida Uilyams kollejining uchrashiga sabab shuki, bu nashr universitetlarni tanlashda kichik kollejlarni ham e’tiborga oladi. Boshqa barcha reyting tuzuvchilari faqat katta universitetlarni o’rganadi.

Ayrim reytinglarda tadqiqotlar uchun ajratiladigan pullar va ularning samarasiga e’tibor qaratilsa, “Washington Monthly” nashri kam ta’minlangan talabalar uchun ajratiladigan grantlar miqdorini ham hisobga oladi. “Forbes” jurnali, shuningdek, universitet bitiruvchilarining qanchalik muvaffaqiyat qozonganiga ham e’tibor qaratadi.

(Reytinglarning kuchli o’nligi maqola so’ngida ilova qilingan)

Eng yaxshi universitetni qanday topish mumkin?

Kollejga bora olish imkoniyatlari markazi rahbari Richard Vedderning aytishicha, reytinglarning hech biri Amerikaning eng zo’r universitetini aniqlab bera olmaydi. Chunki har bir talabaning istak va talablari turlicha va shuning uchun bittasiga eng ma’qul bo’lgan oliygoh ikkinchisiga yoqmasligi mumkin, deydi u. Vedder “New York Times” gazetasiga yozgan  maqolasida bo’lajak talabalarga maslahat berib, oliy o’quv yurtini tanlash jarayonida har bir talaba o’zining qiziqishlari, kelajak rejalari, joyning ahamiyati, moliyaviy imkoniyat va qabul bo’lish ehtimoli kabi masalalarni hisobga olishi kerakligini aytadi.

Shuningdek, universitetlarning umumiy reytingi aks etuvchi ro’yxatlar bilan, xos sohalar bo’yicha e’lon qilingan universitetlar reytingi o’rtasida katta farq bo’lishi mumkin. Shuning uchun siz oliy o’quv yurti tanlashda o’z sohangiz bo’yicha e’lon qilingan reytinglarni ham ko’zdan kechirib chiqishingiz kerak.

Eng zo’r universitetlarning kuchli o’nligi:

U.S. News and World Report (SHU YERDA)

1. Princeton University;
2. Harvard University;
3. Yale University;
4. Columbia University;
4. Stanford University;
4. University of Chicago;
7. Massachusetts Institute of Technology;
8. Duke University;
8. University of Pennsylvania;
10. California Institute of Technology.

Times Higher Education World University Rankings (SHU YERDA)

1. California Institute of Technology;
2. Harvard University;
3. Stanford University;
4. Massachusetts Institute of Technology (MIT);
5. Princeton University;
6. University of California, Berkeley;
7. Yale University;
8. University of Chicago;
9. University of California, Los Angeles (UCLA);
10. Columbia University.

Washington Monthly (SHU YERDA)

1. University of California–San Diego;
2. University of California–Riverside;
3. University of California–Berkeley;
4. Texas A&M University–College Station;
5. University of California–Los Angeles;
6. Stanford University;
7. University of Washington–Seattle;
8. University of Texas–El Paso;
9. Case Western Reserve University.

Forbes Magazine/Center for College Affordability (SHU YERDA)

1. Williams College;
2. Stanford University;
3. Swarthmore College;
4. Princeton University;
5. Massachusetts Institute of Technology;
6. Yale University;
7. Harvard University;
8. Pomona College;
9. United States Military Academy;
10. Amherst College.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!