×

Tekin onlayn kursda o’qib, Android dasturlashni o’rganing!


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

11284 marta

CHOP ETILGAN

19.08.2018

Mobil dasturlash hozirgi kunning eng jadal rivojlanayotgan va ertangi kunning eng kerakli sohalaridan biridir. Dasturlashni o’rganish juda aqlli qaror, chunki ko’pincha yaxshi dasturchi bo’lish uchun YouTube videolari va intensiv onlayn kurslar yetarli, dasturchi sifatida faoliyat yuritib boyib ketish uchun esa yillar davomida OTMlarda o’qish shart bo’lmasligi ham mumkin. Albatta OTM ta’limi karyera qilishga jiddiy kirishgan har qanday o’quvchi uchun yo’lning ajralmas qismi, lekin dasturlash shunday sohaki unga qadam qo’yish uchun mustaqil holda o’qish ham katta natijalarga olib kelishi mumkin. Ajoyib dasturchi bo’lishga yordam beradigan talaygina onlayn kurslar mavjudligi uchun ular orqali dasturlashni yaxshi o’rganib, daromadli biznes ochish unchalik qiyin emas, qiziqish va ozgina xafsala bo’lsa bas. Eng muhimi, uyingizdan turib o’qish mumkin bo’lgan ajoyib onlayn kurslar mutlaqo tekin bo’lishi mumkin.

Guatemalada joylashgan Galileo Universiteti (Universidad Galileo) tomonidan tashkil etilgan  Java Fundamentals for Android Development (android dasturlash uchun Java asoslari) onlayn kursi android dasturlashni o’rganmoqchi bo’layotgan boshlovchilar uchun ajoyib imkoniyatdir. Bu kursda ishtirok etish mutlaqo tekin. Kurs so’nggida bu kursni muvaffaqqiyatli tamomlaganingiz haqida sertifikatga ega bo’lishingiz ham mumkin, lekin bu sertifikat universitet tomonidan maxsus tayyorlab beriladi va buning uchun 99 AQSh dollari to’lashingiz kerak bo’ladi.

Kurs qanday shaklda bo’ladi?

Kurs onlayn shaklda bo’lib, unda siz o’zingizga qulay vaqt va tezlikda darslarni o’zlashtirishingiz mumkin bo’ladi. 6 hafta davom etadigan mashg’ulotlar haftasiga tahminan 8-10 soat mehnatga mo’ljallangan qilib taqsimlangan. Kurs davomida sizga malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan videodarslar beriladi. Darslar ingiz tilida boladi, lekin videolarning matnlari ham ko’rsatiladi. Ingiz tilini tushunsangiz, internetga ulana olsangiz, telefoningiz (yoki kompyuteringiz) va albatta o’rganishga qiziqishingiz bo’lsa, bu kursdan muvaffaqqiyatli o’tib, dasturlash bo’yicha keyingi bosqichlarga yo’l olishingiz muammo bo’lmaydi. Java Fundamentals for Android Development onlayn kursi 2018-yil 10-sentabrda boshlanadi. Kurs uchun istalgan vaqtda ro’yxatdan o’tish mumkin. Ro’yxatdan o’tish uchun bu yerga kiring.

Kursda aynan nima o’rganaman?

Bu kurs darslarida qatnashish natijasida JAVA dasturlash nazariyasining asosiy elementlarini, algoritmlar, interfeyslar, dasturlash va shu kabilardan fundamental bilimlarga ega bo’lasiz. Dasturning ikkinchi qismida Android dasturlash bo’yicha darslar bo’ladi. Kurs davomida sizga o’z ishining ustalari hisoblangan mutaxassislar saboq berishadi:

Kursning mashg’ulotlar jadvali:

Birinchi dars – Java Overview, Java is, Installing the tools (JDK, JRE, IntelliJ), Java Basics, Operators, Control flow, Classes, objects and methods.

Ikkinchi dars – Java Garbage collection, Memory Areas, Java Garbage collections Types, Package, Access, Control, Interfaces, Inheritance, Polymorphism.

Uchinchi dars – Data structures, Arrays, Lists, HashMaps, Collections, Generics, SOLID principles, Files and I/O.

To’rtinchi dars – Inmutable objects, Annotations, Lambda expressions, Functional Interfaces, Concurrency and Threads, Exception handling.

Beshinchi dars – Communication and exchange information, Communication & Sockets, EchoClient, EchoServer, Working with URLS, URL Connection Example, Data Serialization, Serialization XML & JSON, The SAX Parser, SAX Parser Code Example, Document Object Model (DOM), DOM Parser Example, Java API for Json Processing, Json Processing Example, Meet Android Studio, Installing Android Studio, Android Studio Tour, Android Emulator, Creating my First App, Java 8 on Android, Java 8 Features and the Jack Compiler, Demo Java 8 on Android.

Bu kurs Galileo Universitetining Professional android developer deb nomlangan maxsus kurslar to’plamidagi birinchi kursi hisoblanadi. To’plam tarkibida yana 4 ta kurs bo’lib, bular:

  1. Android App development for Beginners
  2. Professional Android App Development.
  3. Monetize your Android Applications.
  4. Android Developer Capstone Project: Building a Successful Android App. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!