×

Aqliy salohiyatni rivojlantirishga ko’maklashuvchi 33 ta foydali sayt


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

5388 marta

CHOP ETILGAN

02.12.2017

Tadbirkor Tomas Oppong Medium portalida e`lon qilgan eslatmasida o’zining aqliy salohiyatini rivojlantirmoqchi bo’lganlar uchun 33 sayt manzilini joylashtirdi. Siz ularning bir qismidan foydalansangiz ham hayotingizda o’zgarishlar bo’lishini ko’rasiz.

Ma`lumki, internet yangi bilimlar manbasi sifatida o’z o’rnini mustahkamlab bormoqda. Chunki Oksford professorining yozgan kitobini izlab yurish shart emas, chunki ayni shu mutaxassis onlayn kurslarni tashkil etgan bo’lishi mumkin.

Biroq ta`lim beruvchi saytlar soni ko’payib borayotgani ham sezilarli muammoga aylangan. Ularning har biri o’nlab va hatto yuzlab kurslarga egaligi e`tiborga olinsa, foydalilarini tanlash uchun ham vaqt talab etiladi. Quyida tadbirkor va bloger Tomas Oppong bu tashvishni yengillashtiradi. Faqatgina, bu saytlarning aksariyati ingliz tilidadir.

BBC  Future  — zamonaviy dunyo haqidagi maqolalar va videolar sayti

99U — Yetakchilik, smaradorlik va o’zini tarbiya qilishga doir YouTube-sahifasi

YouTube EDU  — Ta`lim videolarini o’z ichiga olgan YouTube qismi

WikiWand  — «Vikipediya» saytining ancha puxta ishlangan interfeysi

The long read  (The Guardian) —The Guardian nashrining o’yga toldiruvchilar lavhalar bo’limi

TED — o’z tajribasi bilan o’rtoqlashuvchi ilg’or kishilar ishtirokidagi video

iTunes U — Yetakchi universitetlarning ma`ruzalariga bag’ishlangan iTunes bo’limi

Insightful Questions —Reddit ijtimoiy tarmog’ining intellektual muhokamalar bo’limi

Cerego — kishining kuchli va zaif tomonlariga bog’liq ta`lim berish rejasini ishlab chiquvchi xizmat

University of the People — turli mutaxassisliklar bo’yicha bepul kurslarni taqdim etuvchi onlayn-universitet

Open Sesame — kurslarni sotish uchun maydon

CreativeLive — ijodiy mutaxassisliklar bo’yicha jahon ekspertlaridan bepul kurslar

Coursera — dunyoning yuzlab mashhur universitetlarining kurslariga ega sayt

University of Reddit  — Reddit ijtimoiy tarmog’ining foydalanuvchilar o’z bilimlari bilan o’rtoqlashadigan bo’limi

Quora — biznesdan komikslargacha bo’lgan turli xil savollarga javob topish mumkin bo’lgan sayt

Digital Photography School — fotosuratga olishni o’rgatishga bag’ishlangan sayt

Umano — ma`ruza va maqolalar o’qilgan yirik audioyozuvlar zaxirasi

Peer 2 Peer University — ochiq ta`lim loyihasi

MIT Open CourseWare — Massachusets texnologiya instituta bepul kurslari

Gibbon — ta`lim beruvchi pley-listlarni tashkil etuvchi xizmat

Investopedia — investitsiya kiritish, moliya bozorlaridagi o’yinlar va shaxsiy moliyani ta`lim beradi

Udacity — texnik yo’nalishdagi onlayn-kurslar

Mozilla Developer Network — veb-dasturlovchilari uchun hujjatlar

Future Learn — yetakchi univversitetlardan bepul onlayn darslar

Google Scholar — ilmiy adabiyotlar: kitoblar, maqolalar, jurnallar va boshqa manbalardan qidirish

Brain Pump — har kuni nimadir yangi narsa o’rganish mumkin bo’lgan sayt

Mental Floss — turli sohalardagi bilim darajasini aniqlash bo’yicha testlar

Learnist — ekspertlar tomonidan tanlangan mavzular bilan ta`lim berish

DataCamp — ma`lumotlar fani bo’yicha onlayn-tutoriallar va kurslar

edX — turli universitetlarning onlayn-kurslari

Highbrow — elektron pochtaga yuboriladigan uncha katta bo’lmagan kunlik kurslar

Coursmos — e`tiborini tez-tez boshqa narsalarga qaratadiganlar uchun qisqa kurslar

Platzi — dizayn, marketing va dasturlash bo’yicha onlayn-darslar

Manba: kun.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!