×

Oʻzbekiston: 18 yoshgacha boʻlganlar uchun: ingliz tilidan olimpiadada qatnashib, Macbook yutib oling!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

9964 marta

CHOP ETILGAN

18.07.2021

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: 18 yoshgacha boʻlganlar uchun

Roʻyxatdan oʻtish sanasi: 2021-yilning 8-avgustigacha

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va yoshlarning xorijiy tillar boʻyicha savodxonlik darajasini oshirish maqsadida “Aqlliavlod.uz” taʼlim platformasi jamoasi tomonidan Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti Respublika miqyosida 4-bosqichli “Aqlli avlod” onlayn olimpiadasi tashkil etilmoqda. Mazkur olimpiada ingliz tilidan boʻlib oʻtadi. Olimpiadada ingliz tili darajasi B1 darajada boʻlgan, 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar qatnashishi mumkin.

Olimpiadada ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar mustaqil ravishda @aqlliavlodbot tizimida roʻyxatdan oʻtadilar va olimpiada sinov-shartlari bilan oldindan tanishadilar. Birinchi bosqichdan uchinchi bosqichgacha boʻlgan ishtirokchilar @aqlliavlodbot rasmiy bot yuborgan havola orqali saralanadi.

Olimpiada ishtirokchilari roʻyxatdan oʻtish vaqtida shaxsiy maʼlumotlarining toʻgʻri va aniq toʻldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim. Olimpiadada 3 saralashdan oʻtgan har bir nomzodning telefon raqamiga maxsus ID kod yuboriladi. Ushbu kod orqali ishtirokchining (shaxsiy kabineti) faollashtiriladi.

Olimpiada 5 bosqichda oʻtkaziladi:

1-bosqich (20-sentyabrdan 20-oktyabrgacha): Saralash (onlayn shaklda). Olimpiadada ishtirok etuvchi nomzodlar @aqlliavlodbot orqali yuborilgan maxsus havoladagi 30 ta test savollari boʻyicha oʻz bilimlarini sinaydi. Ishtirokchi nomzodlarning natijalari 50 balldan yuqori boʻlganda keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Tuzilgan savollar hamkor oʻquv markazlari va loyiha tashkilotchilari tomonidan tayyorlanadi.

2-bosqich (10-15-noyabr): Saralash (onlayn shaklda) jarayonidan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar @aqlliavlodbot orqali yuborilgan maxsus havoladagi 40 ta test savollari boʻyicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazadilar, shuningdek, qoʻshimcha tarzda yozish koʻnikmalarini (writing skills) sinovdan oʻtkazish maqsadida maʼlum mavzuda 300 soʻzdan iborat insho matnini yuboradilar. Ishtirokchi nomzodlarning natijalari 70 balldan yuqori boʻlganda keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Tuzilgan hamkor oʻquv markazlari va loyiha tashkilotchilari tomonidan tayyorlanadi.

3-bosqich (10-15-yanvar): Saralash (onlayn shaklda) jarayonidan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar @aqlliavlodbot orqali yuborilgan maxsus havoladagi 25 ta test savollari boʻyicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazadilar, shuningdek, qoʻshimcha tarzda oʻqish koʻnikmalarini (reading skills) sinovdan oʻtkazish maqsadida oldindan belgilab qoʻyilgan mavzuda matn bilan tanishib, matndagi 5 ta savolga aniq va kreativ javoblar matnini yuboradilar. Ishtirokchi nomzodlarning natijalari 80 balldan yuqori boʻlganda keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritishadi. Tuzilgan savollar hamkor oʻquv markazlari va loyiha tashkilotchilari tomonidan tayyorlanadi.

4-bosqich: Yakuniy bosqich (oflayn shaklda) saralash jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan belgilangan viloyatda 3 kunlik xorijiy tillarga ixtisoslashgan oromgohda ishtirok etadilar, ishtirokchilar oromgohda “AqlliAvlod” onlayn olimpiadasining yakuniy bosqichi uchun oʻz bilimlarini Reading, Writing, Speaking va Grammar koʻnikmalari boʻyicha sinovdan oʻtkazadilar. Oliy sovrinni qoʻlga kiritish (5-bosqich) uchun ishtirokchilar belgilangan maʼlum mavzuda motivatsion 300 soʻzli insho yozadilar. Tuzilgan savollar hamkor oʻquv markazlari va loyiha tashkilotchilari tomonidan tayyorlanadi.

Olimpiada gʻoliblarini ragʻbatlantirish

Olimpiadada qatnashib sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan yoshlarga I, II, II darajali QR kodli diplom hamda quyidagi sovgʻalar taqdim etiladi.

1-oʻrin: Macbook hamda maxsus medal.

2-10-oʻringacha egallagan barcha ishtirokchilarga Cefr imtihonlari uchun toʻlov miqdori toʻlab beriladi, shuningdek, maxsus medallar taqdim etiladi.

Olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etgan har bir ishtirokchiga maxsus QR-kodli sertifikatlar, olimpiadaning logolari aks etgan maxsus soat, xorijiy tillardagi sara adabiyotlar toʻplami, polo-futbolka va sumkalar taqdim etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!