×

AQSH elchixonasidan Ayol instruktorlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilish boʻyicha “Sports Visitor” dasturi; AQSHga 2 haftalik tashrif imkoniyati!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1085 marta

CHOP ETILGAN

17.03.2022

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi AQSH Davlat departamentining Sport diplomatiyasi boʻlimi tomonidan moliyalashtiriladigan “Sports Visitor” dasturida qatnashish uchun arizalar qabul qilinayotganini eʼlon qildi. Dastur Oʻzbekistonning barcha mintaqalaridan oʻz-oʻzini himoya qilish boʻyicha ayol instruktorlarga moʻljallangan.

“Sports Visitor” dasturi butun dunyodagi yosh sportchilarga qisqa muddatli madaniy almashinuv uchun Qoʻshma Shtatlarga tashrif buyurish imkoniyatini taqdim etadi. Dastur davomida ishtirokchilar amerikalik tengdoshlari va sport instruktorlari bilan oʻz tajribalarini oʻrtoqlashishlari, yetakchilik, jamoa tuzish va ixtiloflarni hal etish, shuningdek, sportda inklyuzivlik va tenglik boʻyicha seminar va sessiyalarda qatnashishlari mumkin. “Sports Visitor” dasturi yosh insonlarga sportdagi muvaffaqiyatlar sinfdagi va umuman hayotdagi yutuqlarga yoʻl ochadigan tashabbusdir. U, shuningdek, amerikaliklarga butun dunyodan kelgan odamlar bilan tanishish va yaqindan bilib olish imkonini beradi.

“Sport diplomatiyasi” tashabbusi doirasida, hamda, oʻzbekistonliklarning mamlakat viloyatlarida ayollarning oʻz-oʻzini himoya qilish kurslarini ochish borasida kelib tushgan koʻplab iltimoslariga javoban AQSHning Toshkentdagi elchixonasi Oʻzbekistonning barcha mintaqalaridan “Sports Visitor” dasturida qatnashish uchun 14 nafar ayol murabbiylarni ochiq tanlov asosida saralab olishni rejalashtirmoqda.

Saralab olingan instruktorlarga ikki haftalik “Sports Visitor” dasturi doirasida Qoʻshma Shtatlarga safar qilish, Amerikaning ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan omixtalashtirilgan oʻzini himoya qilish oʻquv dasturlarini oʻqitish tajribasini oʻrganish, professional instruktorlar oʻtkazadigan jismoniy va ruhiy salomatlik boʻyicha sessiyalarda qatnashish, shuningdek, Amerika madaniyati bilan tanishish imkoniyati taqdim etiladi.

Moliyaviy koʻmak

“Sports Visitor” dasturida ishtirok etish bepul boʻlib, saralash ochiq tanlov asosida oʻtkaziladi. Quyida sanab oʻtilgan talablarga javob beruvchi har bir kishi ariza topshirishi mumkin.

Malakaviy talablar

Dastur:

  • yoshi dasturning boshlanish pallasiga qadar (2022-yil iyuli) 21 dan oshgan;
  • Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan, ayni damda Oʻzbekiston viloyatlarida, shu jumladan Toshkentda va Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qiladigan;
  • oʻzbek, ingliz yoki rus tilini biladigan (ingliz tilini bilish majburiy talab emas);
  • yaxshi jismoniy va ruhiy holatdagi;
  • oʻzaro teng, jinsiy zoʻravonlikdan holi dunyoga amerikacha nazarni qoʻllab-quvvatlaydigan;
  • oʻzining mahalliy jamoasida professional sport tadbirlarida muntazam ishtirok etuvchi;
  • ikki yillik professional oʻzini himoya qilish/jangovar sanʼatlar, shu jumladan boks, kikboksing, karate, resling, sambo, dzyudo, txekvondo, muay-tay va boshqalarni oʻrganish tajribasiga ega;
  • oʻzini himoya qilish/harbiy sanʼatlar boʻyicha kamida 50 soat amaliy mashgʻulot oʻtagan;
  • sport klubiga, trenajyor zaliga yoki boshqa mahalliy sport tashkilotiga daxldor va/yoki uning instruktorlik tarkibiga kiradigan;
  • AQSH elchixonasining moliyaviy koʻmagi yordamida yoxud usiz oʻz mintaqasida ayollar va qizlar uchun oʻzini himoya qilish kurslari yaratishga tayyor yoki bu borada real rejaga ega;
  • 2022-yilning iyul-avgust oylarida AQSHga ikki haftaga borib kelish imkoniyatiga ega;
  • AQSHning dastur uchun zarur boʻlgan taʼlim almashinuvi vizasini (J-1) olish va saqlash huquqiga ega;
  • dastur yakunlanganidan soʻng bevosita Oʻzbekistonga qaytib kelish majburiyatini oladigan oʻzini himoya qilish boʻyicha ayol instruktorlar uchun ochiqdir.

Quyida koʻrsatilgan shaxslar “Sports Visitor” dasturida ishtirok etish huquqiga ega emas:

  • AQSH fuqarolari hamda AQSHning doimiy istiqomatchisi maqomiga ega boʻlganlar;
  • Ayni kunlarda Oʻzbekistondan tashqarida yashab turgan shaxslar;
  • “Sports Visitor” dasturi bitiruvchilari;
  • Erkaklar.

ARIZANI QANDAY TOPSHIRISH KERAK?

Siz “Sports Visitor” dasturida ishtirok etish uchun onlayn-arizani quyida koʻrsatilgan tillardan birida toʻldirishingiz mumkin. Arizani faqat bitta tilda toʻldiring.

Arizani oʻzbek tilida toʻldirish uchun quyidagi havolaga oʻting: https://forms.gle/bJVyyLe78K28SeSh9

Arizani ingliz tilida toʻldirish uchun quyidagi havolaga oʻting: https://forms.gle/M6mtGshzufE475Kc8

Arizani rus tilida toʻldirish uchun quyidagi havolaga oʻting: https://forms.gle/STi2NaLuxNazoHvSA

Ariza topshirishning oxirgi muddati: Siz onlayn-arizani 2022-yil 10-aprel soat 18:00 dan (Oʻzbekistonning mahalliy vaqti bilan) kechikmay topshirishingiz kerak.

Notoʻliq arizalar saralashdan chiqarib yuborilib, Saralash komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilmaydi. Faqatgina ariza asosida saralab olingan nomzodlar suhbatga taklif etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!