×

AQSh universitetidan bepul ijtimoiy psixologiya kursi


Blog

BO'LIM

Kurslar

O'QILGAN

4960 marta

CHOP ETILGAN

17.06.2020

Umumiy ma’lumot

Psixologiyaga qiziquvchilar uchun AQShning Wesleyan universiteti tomonidan yaratilgan, shu universitet professori Scott Plous tomonidan o’tiladigan Social Psychology (ijtimoiy psixologiya) onlayn kursiga ro’yxatdan o’tish davom etmoqda. Hozirda bu kursga 248693 nafar o’quvchi ro’yxatdan o’tgan. Ushbu onlayn kursda bepul taqdim etilayotgan materiallarning qiymati taxminan 1000 AQSh dollariga teng. Ijtimoiy Psixologiya kursida dunyodagi eng nufuzli oliygohlarda foydalaniladigan darsliklardan bepul parchalar taqdim etilgan, kurs videolarini o’tib beruvchi professor-o’qituvchi Scott Plous esa Stenford universiteti doktorantura kursini tamomlab, o’z sohasi bo’yicha dunyodagi eng kuchli psixologlardan biri sanaladi. Ushbu kursda hozirda o’qiyotgan o’zbek talabalari kurs ingliz tilini yaxshilashga katta yordam berishi va unga juda ko’p foydali manbalar kiritilganini ta’kidlamoqda.

Kursda nimalarni o’rganasiz?

Ijtimoiy psixologiya kursi materiallari 7 haftaga bo’lingan:

1- hafta: Social Perceptions and Misperceptions (5 soat)

2-hafta: The Psychology of Self-Presentation and Persuasion (7 soat)

3-hafta: Obedience, Conformity, and Deindividuation (8 soat)

4-hafta: Group Behavior: The Good, Bad, and Ugly (5 soat)

5-hafta: Tanaffus

6-hafta: Helping, Hurting, and Peacemaking (7 soat)

7-hafta: A Happy End to the Course (5 soat)

Ushbu kursda ijtimoiy psixologiya bilan ilgari tanish bo’lmagan va u haqida boshlang’ich bilimlarni o’zlashtirish niyatida bo’lganlar uchun barcha kerakli ma’lumotlar jamlangan. Kursda ijtimoiy psixologiya asoslari, undagi markaziy tushunchalar, tadqiqot olib borish haqida umumiy tushuncha va yuqorida ko’rsatilgan mavzularda ma’ruzalar va o’quv materiallari berib boriladi. Kurs materiallari bilan tanishish, unda o’qish mutlaqo bepul. Kursni tugatganlikni tasdiqlovchi, Wesleyan universiteti tomonidan taqdim etiladigan sertifikatga ega bo’lish imkoni ham mavjud, buning uchun 49 AQSh dollari to’lovni amalga oshirish kerak bo’ladi.

Kursga yozilish uchun nimalar kerak?

Bu kursda ishtirok etish uchun hech qanday talab yo’q. Ammo ingliz tilini yaxshi bilish hamda video ma’ruzalarni tomosha qilish uchun kerakli qurilma va internet aloqasi zarur bo’ladi.

Kursda o’qish qanday bo’ladi?

Kursga ro’yxatdan o’tgach, kerakli ketma-ketlikda joylangan ma’ruza va matnlarni, o’z tartibi bo’yicha o’zlashtirish kerak bo’ladi. Kursni tamomlash uchun turli imtihonlar ham bo’ladi, bu imtihonlardan past ball olsangiz, imtihonni yana topshirib, balandroq ball olishga harakat qilsangiz bo’ladi. Kurs materiallarini o’zingizga qulay vaqtda o’qishingiz mumkin. Coursera saytida ma’lum haftada o’tiladigan darslarni ma’lum sanagacha o’zlashtirish tavsiya sifatida ko’rsatiladi, ammo ma’ruza va matnlarni o’zingiz istagan vaqtda va o’zingiz xohlagan tartibda yuklab olishingiz mumkin. Kurs tarkibida qo’shimcha manbalar va boshqa o’rganuvchilar bilan fikr almashish uchun forum ham bor.

Kursga qanday ro’yxatdan o’tiladi?

Ro’yxatdan o’tish uchun avval Coursera saytida shaxsiy akkaunt yaratishingiz kerak. Bu mutlaqo bepul. Saytda ro’yxatdan o’tgach, bu yerga kirib, ijtimoiy psixologiya kursiga yozilishingiz mumkin. Buning uchun “Enroll” tugmasini bosish kifoya.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!