×

AQSHda oʻqishni xohlovchilar uchun 9 zaruriy maʼlumot


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

9673 marta

CHOP ETILGAN

29.03.2019

AQSH oliygohida oʻqishni istasangiz, ushbu yoʻriqnoma sizga tahsil olish haqida bilish kerak boʻlgan tushunchalarni soddagina qilib tushuntiradi.

Demak, siz AQSHda oʻqishga ketayapsiz. Tabriklaymiz! AQSH – qiziqarli va favqulodda xilma-xil davlat. U oʻzining taʼlim boʻyicha boy tarixiga ega. Amerikada talaba boʻlish esa, shubhasiz, esdan chiqmaydigan va juda foydali tajriba.

Hammamiz AQSH universitetlari haqidagi filmlarni koʻrganmiz va borganda bizni nima kutayotgani haqida yaxshigina tasavvurga egamiz. Ammo aytish mumkinki, Gollivud aytarli darajada yaxshi targʻibotchi emas. Bu kinolarning ayrimlari juda dahshatli olingan, lekin aslida AQSHda oʻqish kinolardagichalik yomonmas. Shunga qaramasdan, bemalol aytish mumkinki, oʻqish vaqtida siz quvnoq va ilhomlantiradigan maʼruzalarda qatnashish hamda buyuk xalq bilan uchrashish imkoniga ega boʻlasiz.

Quyida AQSHda oʻqiydigan har bir talaba bilishi kerak boʻlgan 9 ta tushuncha va ularga izohlar berilgan. Maʼnosida adashib ketmaslik uchun ularni yaxshilab oʻrganib olishingiz kerak:

  1. AQSH da universitet “kollej” deb ataladi.

Koʻpchilik davlatlarda “kollej” – 16 yoshdan oshgan, oʻrta umumtaʼlim maktabni tugatgan oʻquvchilar taʼlim oladigan, kasb-hunar oʻrgatadigan kurslar sifatida taniladi. Oʻzbekistonda ham shunday. Bizdagi kollej – umumiy oʻrta maxsus taʼlim muassasasi. Amerikada esa kollej – universitetning sinonimi. Birinchi marta duch kelganda bilmagan odam bundan hayron boʻlishi tabiiy.

  1. Qaysi mutaxassislikni tanlashni darrov aniqlash shart emas.

AQSHda talabalar har semestrda beshtadan fanni oʻrganadilar. Keyin esa, asosiy fanni tanlaydilar. Koʻpincha, bu fanlar yakuniy tanlovdan ozgina yoki butunlay farq qilishi mumkin. Masalan, robotexnikani oʻrganayotgan talaba semestr davomida nemis tili, ingliz adabiyoti va matematika kabi “ikkinchi darajali” fanlar oʻqitilsa, ajablanmaydi. Taʼlim jarayonini yanada qiziqarli olib borish bir-biriga bogʻliq boʻlmagan maʼlumotlarni berish bilan amalga oshirilishini shundan koʻrish mumkin.

  1. Birinchi hafta yo “jannat” yo “doʻzax” boʻladi.

AQSH oliygohlarida birinchi hafta talabalar uchun bir-birlarini yaxshiroq oʻrganish, klub, uyushma va tashkilotlarga aʼzo boʻlish, kollejga yordam berish kabi tadbirlarda ishtirok etish bilan oʻtadi. Bu vaqtda siz odamlarning ismini eslab qolish, quvvatingizni saqlab turish va kampusda adashib qolish kabilar bilan esankirab qolishingiz aniq. Buni yaxshi yoki yomon koʻrish sizning voqealarga munosabatingizga bogʻliq.

  1. Maʼruza matnlari juda qimmat.

AQSHda oʻquv materiallari va maʼruza matnlarini ishlab chiqaradiganlar bankka borguncha talabalarning ustidan kulsa kerak. Chunki, bu materiallar juda qimmatga sotiladi. Yaxshiyamki, ijtimoiy media guruhlari avval foydalanilgan oʻquv qurollari va kitoblarni arzonroq narxga sotadi, almashtiradi yoki tarqatadi. Xullas, bu masalani bir amallab hal qilish mumkin.

  1. AQSH kollejida darslarda qatnashish majburiy emas. Baholash esa juda qattiq.

Oliygohlarda oʻqish, yaʼni maʼruzalarda qatnashish erkin. Buni talabalar bir-birlari bilan fikrlashib, gaplashib, kelib-kelmay oʻtkazishlari mumkin. Ammo baholashda buning gʻirt aksi: esse yoki testda bittagina xato qilsangiz tamom – qayta topshirishga toʻgʻri keladi. Shuning uchun yozma ishlarni tekshirib va yana bir bor qayta tekshirib, keyin topshiring.

  1. Ivy Leaguedan Amerikadagi kollejlar ichida eng mosini tanlashga imkon beradi.

The Ivy League colleges of America butun dunyodagi eng sifatli va nufuzli uyushma hisoblanadi. Haqiqatdan ham, ular Amerikadagi eng buyuk universitetlarni oʻz ichiga oladi. Siz tanlagan kursga qarab 4 000 dan ortiq universitet ichidan mos keladiganini tanlashingiz mumkin. Bunda imkoniyatlar va pulni tejash imkoni bor.

  1. Amerikada oʻqish siz kutgandan koʻra qulay.

AQSH oliygohlari sizning fikringizga koʻra tanlagan kurs, mutaxassislik va hatto kollejgacha oʻzgartirib bera oladi. Bunda qancha istasangiz shuncha marta mutaxassislikni almashtirish imkoniyatingiz bor. Toʻplagan kreditlaringizga qarab boshqa oliygohga oʻqishingizni koʻchira olasiz. Va buning uchun ortiqcha bir tiyin ham sarflamaysiz.

  1. Kontrakt siz oʻylaganchalik qimmat emas.

Amerika oliygohlari dunyoga oʻqish pulining qimmatligi bilan tanilgan, lekin har doim ham bunday emas. Kontrakt puli koʻpincha tibbiy sugʻurta, yashash va ovqatlanish xarajatlarini ham qamrab oladi. Shuningdek, tanlagan universitetingizda juda koʻp grant dasturlari mavjud. Ular sizga kontrakt pulini toʻlashda yordam berishi mumkin.

  1. Universitet sport jamoalari.

Agar siz Amerikadan boshqa davlatlardagi universitetda oʻqigan boʻlsangiz, oliygoh sport jamoalariga unchalik katta eʼtibor bermasligingiz mumkin. Koʻpchilik oliygoh jamoalari shunchaki oʻrtoqlar bilan shugʻullanish, qoʻshni universitetlar bilan musobaqalar oʻtkazish bilan cheklanadi. Ammo AQSH oliygohi sport jamoasi – buyuk tashkilot. Butun universitet musobaqa boʻladigan kuni jamoani qoʻllab-quvvatlash uchun yigʻiladi, oʻyin natijasini hamma sabrsizlik bilan kutadi. Buni kuzatish va jarayonda ishtirok etish esa siz uchun juda qiziq tajriba boʻladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!