×

Madaniyat va san’at sohalarida o’qiyotgan talabalar uchun grant dasturi e’lon qilindi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2703 marta

CHOP ETILGAN

13.09.2018

Qayerda: O’zbekiston

Kim uchun: Madaniyat va san’at sohasida bakalavr yoki magistratura bosqichida o’qiyotganlar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 25-sentabrigacha

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Madaniyat va San’atni rivojlantirish jamg’armasi tomonidan madaniyat va san’at sohasida tahsil olayotgan yoshlarni rag’batlantirish hamda shu orqali madaniyat va san’atni rivojlantirish maqsadida Grant dasturi ta’sis etildi.

Ushbu dasturda Madaniyat Vazirligi tarkibiga kiruvchi ta’lim muassasalari, ya’ni: O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi, O’zbekiston Respublikasi San’at va Madaniyat Instituti, Toshkent Davlat milliy raqs va horeografiya oliy maktabi, Davlat San’at va Madaniyat institutining Nukus filiali, Davlat San’at va Madaniyat institutining Farg’ona viloyati filiallarida tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin.

O’z bilim va malakalari bilan bo’lisha oladigan, yangi g’oyalar yaratadigan va ularni hayotga tadbiq qilishga qodir, har bir qilayotgan ishining natijasi uchun shaxsiy javobgarlikni o’z zimmasiga oladigan, atrofida jamoani birlashtirib, umumiy maqsadga erishish yo’lida jamoani ilhomlantirishga tayyor bo’lgan ijodkorlar tanlov g’olibi bo’lishi mumkin. 2018-yil sentabr oyining oxirigacha, 2018-2019-o’quv yillarga mo’ljallangan yillik shartnoma miqdori bo’yicha stipendiya to’lanadi.

Stipendiya tanlovida ishtirok etish shartlari:

  • tanlov ishtirokchilari bir vaqtning o’zida bir nechta stipendiya dasturlari g’olibi bo’la olmaydilar;
  • stipendiya to’lovi tanlov g’olibi tahsil oladigan OTM hisob raqamiga bir o’quv yili shartnomasi miqdoridagi pul mabalag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi;
  • stipendiya dasturi asosida bitirgan talabalar va imtiyozli (bakalavr/magistr) darajasiga ega bo’lganlar, uch oy muddatida fondning stipendiya qo’mitasining qaroriga asosan madaniyat va san’atning ustuvor sohalarida, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tizimidagi muassasalarda bir yil mobaynida ish bilan ta’minlanadi.

Tanlov jadvali:  

  • arizalarni qabul qilish: 2018-yil 25-sentabrgacha;
  • birinchi bosqichda qabul qilingan arizalar ekspertizasi: 2018-yil 25-sentabrdan 27-sentabrgacha;
  • birinchi bosqich natijalarini e’lon qilish: 2018-yil 28-sentabr;
  • ikkinchi bosqich ekspertizasi: 2018-yil 29-sentabrdan 30-sentabrgacha;
  • tanlov yakunini umumlashtirish: 2018-yil 1-oktabrdan 5-oktyabrgacha;
  • g’oliblarni e’lon qilish: 2018-yil 6-oktabr;

Tanlov g’oliblari uchun jadval:

  • tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida tanlov g’oliblari bilan shartnoma tuzish;
  • stipendiyalar to’lovini amalga oshirish: 2018-yil oktabr oyining oxirigacha.

Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqich –  sirtqi, yani, motivatsion xat va biron-bir mavzudagi bakalavr dissertasiyasi haqida qisqacha tezisni o’z ichiga olgan yozma ariza asosida bo’lib o’tadi.

Ikkinchi bosqich – intervyu, keysga yechim topish darajasini baholash, hamda boshqa guruh va yakka tartibdagi baxolash yo’llari bilan amalga oshiriladi.

Topshiriladigan hujjatlar ro’yxati:

  • Ariza, namunaviy shaklda;
  • oxirgi 2 o’quv yili natijalarining o’rtacha balli;
  • rezyume;
  • motivatsion xat;
  • nazarda tutilgan ilmiy faoliyat (dissertatsiya yoki diplom ishlari) yo’nalishi va uning mamlakatimiz madaniyati va san’ati rivojlanishidagi axamiyati to’g’risidagi esse;
  • o’qituvchi (ish beruvchi, agar mavjud bo’lsa) tomonidan berilgan tavsiyanoma;
  • lmiy adabiyotlar nusxasi (agar mavjud bo’lsa);
  • chet tili bilimlari haqidagi, turli talim dasturlari va treyninglarda ishtiroki xaqidagi  sertifikatlar (agar mavjud bo’lsa).

Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Hujjatlarni topshirish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.

Ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • akademik natijalar;
  • ilmiy va tadqiqot ishlari;
  • analitik qobiliyat;
  • tashkilotchilik qobiliyati;
  • rivojlanishga motivatsiya;
  • ijtimoiy faollik;
  • tanlangan sohaning ijtimoiy ahamiyatini anglash.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!