×

“Assalom, Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” tanlovida qatnashib, 30 million soʻmgacha mukofot yutib oling!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2443 marta

CHOP ETILGAN

16.03.2022

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun

Ishlarni topshirish muhlati: 2022-yil 25-martgacha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi “Assalom, Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida tanlov oʻtkazilishini eʼlon qildi.

Tanlov quyidagi 3 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi:

  • “Eng yaxshi ijtimoiy rolik”;
  • “Eng yaxshi sheʼr ijrosi” (video material shaklida);
  • “Eng yaxshi fotosuratlar”.

Tanlovga taqdim etilgan har bir material hayʼat aʼzolari tomonidan besh ballik tizim boʻyicha mavzuning dolzarbligi, Navroʻz umumxalq bayramining ijtimoiy ahamiyati, mamlakatimizda “Assalom, Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!”, degan bosh gʻoya asosida millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlash, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xalqimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar ochib berilganiga qarab baholanadi.

Tanlov shartlari

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishlari mumkin. Ijtimoiy rolik va sheʼr ijrolari 3-5 daqiqadan oshmasligi, FullHD (1920×1080) formatida boʻlishi, fotosuratlar 5 tadan kam boʻlmasligi, 4Mp (2272×1704)dan katta boʻlishi kerak.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar tashkilotchilarning @Navruz2022_tanlov_bot telegram-botiga 2022-yil 25-martgacha yuborilishi kerak.

Ijodiy ishlar “Navroʻz-2022” tanloviga deb koʻrsatilgan holda yuborilishi lozim.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga muallifning faoliyati toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot, tugʻilganlik guvohnomasi yoki pasport nusxasi, yashash manzili va bogʻlanish telefon raqami ilova qilinadi.

Belgilangan talablariga mos boʻlmagan materiallar tanlovda ishtirok etmaydi.

Gʻoliblarni mukofotlash

Nominatsiyalar boʻyicha gʻolib va sovrindorlarga quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi:

“Eng yaxshi ijtimoiy rolik” nominatsiyasi boʻyicha:

  • 1 ta 1-oʻrin uchun — 30 mln. soʻm;
  • 2 ta 2-oʻrin uchun — 20 mln. soʻmdan;
  • 3 ta 3-oʻrin uchun — 10 mln. soʻmdan.

“Eng yaxshi sheʼr ijrosi” va “Eng yaxshi fotosuratlar” nominatsiyalari boʻyicha:

  • 1 ta 1-oʻrin uchun — 20 mln. soʻm;
  • 2 ta 2-oʻrin uchun — 10 mln. soʻmdan;
  • 3 ta 3-oʻrin uchun — 5 mln. soʻmdan.

Gʻoliblarga mukofotlar 2022-yil 1-aprel kuni tantanali ravishda topshiriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!