×

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan ayol-qizlar uchun o’zini himoya qilish boʻyicha bepul kurs


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2111 marta

CHOP ETILGAN

11.08.2023

AQSh elchixonasi ayollar va qizlar uchun o’z-o’zini himoya qilish mashg’ulotlarining Toshkentdagi yangi bosqichini eʼlon qildi.

Ushbu dastur qizlar va ayollar o’zlarini himoya qilishlari uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar va o’z-o’ziga bo’lgan ishonchni rivojlantirishga qaratilgan.

Ishtirokchilar o’zlarini jismoniy zo’ravonlikdan himoya qilish, yaxshi jismoniy holat va osoyishtalikni saqlash uchun bir qator texnika va mashqlarni o’rganadilar. Jismoniy tayyorgarlik dasturi professional psixolog – shuningdek AQShning xalqaro almashinuv dasturining bitiruvchisi -boshchiligidagi ruhiy salomatlik bo’yicha treninglar bilan to’ldiriladi.

Ishtirokchilar o’z-o’zini himoya qilish ko’nikmalaridan tashqari, nizolarni hal qilish, ochiq muloqot va stressni boshqarish usullarini o’rganadilar.

Mashg’ulotlar jismoniy tayyorgarlik darajasidan yoki oldingi mashg’ulot tajribasidan qat’i nazar, 13 yoshdan oshgan qizlar va ayollar uchun mo’ljallangan.

Mashgʻulotlar Sambo bo’yicha O’zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi, jiu-jitsu va dzyudo bo’yicha professional instruktorlar, Amerika psixologlar assotsiatsiyasi a’zosi bo’lgan professional psixolog – AQSh xalqaro almashinuvi dasturlarining bitiruvchilari – bilan hamkorlikda olib boriladi.

Mashg’ulotlar 2023-yil sentabr oyidan boshlab BeFit Box zamonaviy sport zalida uch oy davomida o’tkaziladi. Mashg’ulotlarning aniq boshlanish sanasi bo’yicha ma’lumot tanlab olingan barcha ishtirokchilarga qo’shimcha ravishda yetkaziladi. Ikkita yosh boʻyicha tuzulgan guruh tayinlanadi, har bir guruh ishtirokchilari soni 30 kishidan oshmaydi. Mashgʻulotlarda ishtirok etish bepul.

  • A guruhi: 13 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan qizlar – seshanba, payshanba va shanba soat 15:00 dan 16:00 gacha.
    A guruhiga ariza topshirish uchun ushbu havolaga o’ting: https://forms.gle/s1aULHGVm6BtCUa68
  • B guruhi: 18 yoshdan oshgan ayollar – seshanba, payshanba va shanba soat 20:00 dan 21:00 gacha.
    B guruhiga ariza topshirish uchun ushbu havolaga o’ting: https://forms.gle/QXgAXrzYZs4nNrdA8

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2023-yil 15-avgust, dushanba.*

*Har bir guruhga faqatgina 300 ta ariza ro’yxatga olinadi. Arizalar belgilangan muddat yoki 300 ta ariza kelib tushgunga qadar qabul qilinadi va ko’rib chiqiladi.

Ushbu ma’lumotni o’z hududingizdagi qizlar va ayollar orasida tarqating.

MUHIM QAYDLAR:

  • Ushbu loyiha faqat qizlar va ayollar uchun mo’ljallangan.
  • Mashg’ulotlar bepul.
  • Ishtirokchilar qatnashish uchun taqdim etilgan arizalar asosida tanlanadi.
  • Darslar Toshkentdagi BeFit Box fitness-klubida o’tkaziladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!