×

Bahrom Gurbanov vodiy yoshlarini choyxonaga taklif etadi!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1321 marta

CHOP ETILGAN

19.07.2019

Bahrom Gurbanov vodiy yoshlarini choyxonaga taklif etadi – xalqaro oliygohlar va Oʻzbekistonning xalqaro maqomga ega oliygohlariga KIRISH IMTIHONLARISIZ kafolatli qabul qilinish imkoniyati haqida suhbatda ishtirok eting!

Kecha – 18-iyul kuni butun Oʻzbekiston boʻylab oliy taʼlim olish boʻyicha eng yirik taʼlim safari nihoyasiga yetdi.

14 kun davomida 13 ta shaharda boʻlib oʻtgan bepul seminarlarda taʼlim olishga qizquvchi yoshlarga dunyodagi 500 dan ortiq oliygohlar va Oʻzbekistonning xalqaro maqomga ega universitetlariga kirish imtihonlarsiz kafolatli qabul qilinish imkonini beruvchi dasturi – International Foundation Diploma for Higher Education Studies dasturi boʻyicha maʼlumot berildi.

Shu 13 ta shahar ichida Margʻilon yoshlari alohida qiziqish bildirib, yanada koʻproq maʼlumot olish haqida soʻrashganligi sababli, GRBS asoschisi va Oʻzbekistondagi NCC Education kampusi rahbari – Bahrom Gurbanov Margʻilon yoshlarini bugun – 19-iyul kuni bir piyola choy ustida suhbatga taklif etadi.

Uchrashuvda butun vodiy (Fargʻona va Andijon ham) yoshlari qatnashishi mumkin. Uchrashuvda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishi mumkin.

Qayerda?
Uchrashuv Margilon shahar, Sharq koʻchasi 53 Uy «Chayhana SHARQ», soat 14:30 da boʻlib oʻtadi.

Uchrashuv mutlaqo bepul.

Keling, Bahrom Gurbanov mehmoni boʻling va barcha savollaringizga javob oling.

Murojaat uchun: +99890 188 56 86

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!