×

Aprel oyida boshlash mumkin boʻlgan sertifikat taqdim etiladigan bepul xalqaro onlayn kurslar va bunday kurslarning ahamiyati haqida


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

11566 marta

CHOP ETILGAN

11.04.2022

Bu post 2022-yil 11-apreldagi maʼlumotlar asosida yangilangan.

Post tarkibi:

  • Bepul onlayn kurslar ahamiyati
  • Oʻqish bepul, lekin sertifikatini olish pullik boʻlgan onlayn kurslar (umumiy roʻyxat)
  • Oʻqish bepul, lekin sertifikatini olish pullik boʻlgan onlayn kurslar toʻplamlari (muassalar boʻyicha roʻyxat)
  • Oʻoqish ham, sertifikatini olish ham bepul boʻlhan onlayn kurslar

Bepul onlayn kurslar ahamiyati

Turli grantlar, stipendiyalarni yutish, bakalavriat, magistratura va doktoranturaga qabul qilinish uchun sohaga oid kurslarni yakunlaganlik ham (sertifikat yoki boshqa usulda tasdiqlansa) maʼlum darajada rol oʻynaydi.

Bunday kurslarni oʻqiganlikning ahamiyati quyidagicha:

  • Kurs topshirayotgan dasturingizga oid boʻlganda sizning aynan shu sohaga qiziqishingiz kuchli ekani, faqat taʼlim muassasasida beriladigan taʼlim bilan cheklanmay, mustaqil shu sohani oʻrganganingizni koʻrsatadi.
  • Kurs oʻzingiz hozirda oʻqiyotgan sohangizga oid boʻlsa, shu sohani chuqurroq oʻrganishga intilishingiz va maʼlum darajada qoʻshimcha ravishda oʻrganganingizni anglatadi.
  • Kurs oʻzingiz hozirda oʻqiyotgan/avval oʻqigan sohaga aloqador boʻlmasa, lekin siz topshirmoqchi boʻlgan bakalavriat, magistratura yoki PhD kursi yoʻnalishiga aloqador boʻlsa, garchi taʼlim muassasasida bu sohada oʻqimagan  boʻlsangiz ham shu sohaga qiziqishingiz kuchli ekani va maʼlum darajada bilimga ega ekaningizni koʻrsatadi.
  • Amaliyot, ish, tadqiqot dasturlarida ularning sohasiga aloqador kursni tamomlaganligingiz kerakli bilim va koʻnikmalarga ega ekaningizni tasdiqlaydi.
  • Sizni intiluvchan, oʻz ustida mustaqil ishlaydigan shaxs ekaningizni tasdiqlaydi.
  • Eng muhimi, oʻqish, ish, ruhiy, manaviy va jismoniy salomatlik va shu kabi jabhalarda sizga kerakli koʻnikmalar, maslahatlar, usullar, bilim va texnikalar bilan taʼminlaydi.

Lekin aksariyat hollarda onlayn kurslarni oʻqish bepul boʻlsa ham, kursni tamomlaganlik sertifikatini olish pullik boʻladi. Sertifikat narxni kursga qarab bir necha oʻn dollardan bir necha yuz dollargacha boʻlishi mumkin.

Bugun oʻqish bepul va 2022-yil mart oyidan boshlash mumkin boʻlgan onlayn kurslar roʻyxatini keltirib oʻtamiz. Taʼkidlash joizki, bugun roʻyxati keltiriladigan kurslar Stenford universiteti, Garvard universiteti, Yell universiteti, Google tashkiloti va shu kabi dunyoning eng nufuzli muassasalari tomonidan taqdim etiladi va ularning deyarli barchasi boshlangʻich (Beginner) daraja uchun moʻljallangan.

Quyida keltiriladigan kurslarning aksariyati ingliz tilida. Lekin baʼzilarida rus, oʻzbek tilidagi subtitrlar ham mavjud.

Oʻqish bepul, lekin sertifikati pullik boʻlgan onlayn kurslar roʻyxati:

  1. Google IT Automation with Python Professional Certificate
  2. English for Career Development
  3. Managing Emotions in Times Uncertainty and Stress
  4. The Science of Well-Being
  5. IBM Data Science Professional Certificate
  6. Machine learning
  7. Python for everybody specialization
  8. Introduction to Psychology
  9. Writing in the Sciences
  10. Financial Markets
  11. Successful Negotiation: Essential Strategies and Skills
  12. Introduction to Statistics
  13. Brand Management: Aligning Business, Brand and Behaviour
  14. First Step Korean
  15. Game Theory
  16. Learning How to Learn: Powerful mental tools to help you master tough subjects
  17. The Strategy of Content Marketing
  18. Islam Through Its Scriptures
  19. Global Diplomacy – Diplomacy in the Modern World
  20. Understanding Research Methods

Shuningdek, quyidagi havolalar orqali oʻqish bepul, lekin sertifikati pullik boʻlgan onlayn kurslarni toʻplamlarini topasiz:

Oʻqish ham, sertifikatini olish ham bepul boʻlgan onlayn kurslar:

  • SoloLearn platformasi kurslari. Bu platforma deyarli barcha dasturlar tillari boʻyicha onlayn kurslarni taklif qiladi. Kurs davomida oʻrganish bilan birga, kursdagi mashqalarni ham bajarishingiz kerak boʻladi. Biror kursni yakunlaganigizda tugatganlik sertifikatini bepul yuklab olishingiz mumkin.
  • Fundamentals of digital marketing. Bu kurs Google tomonidan taqdim etiladi va kursni muvaffaqiyatli tamomlagandan keyin sertifikatni bepul olishingiz mumkin (2022-yil mart oyi holatiga koʻra). Kurs orqali raqamli marketing boʻyicha fundamental bilim va koʻnikmalarga ega boʻlasiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!