×

Bexato va tez yozib, yangi o’quv yilida yangi MacBook Air hamda boshqa sovg‘alarga ega bo’ling!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4659 marta

CHOP ETILGAN

30.08.2020

Qayerda: O’zbekiston

Kim uchun: maktab o’quvchilaridan tortib talaba va abituriyentlar uchun

Musobaqa muddati: 2020-yil 21-oktabr, final o’yini

Umumiy ma’lumot: TezYoz.uz platformasi o’zbek tilidan foydalanishni yoshlar orasida ommalashtirish va targ’ib etish maqsadida ochilgan. Ushbu platforma orqali o’zbek tilida qanchalik tez va bexato yozish mumkinligi onlayn sinab ko’riladi. Saytning «Musobaqa» bo’limida ayni vaqtda TezYoz Ligasi o’tkazilmoqda.

Musobaqa shartlari va turlar:

  • Tezyoz.uz saytida ro’yxatdan o’tib, saytning «Musobaqa» bo’limida joylangan TezYoz Ligasi turlarida 21-oktabrgacha ishtirok etish;
  • TezYoz Ligasiga har hafta yangi tur qo’shib boriladi va avvalgi tur natijasi qayd etiladi (natijalar peshqadam uchlik uchun qayd etiladi – bir turda 1-o’rinni qo’lga kiritgan ishtirokchiga 3, 2 va 3-o’rin sohiblariga (uchlikdan tashqari 3-o’rin bilan teng natija ko’rsatgan ishtirokchiga ham) 1 ball beriladi);
  • bellashuv saralash bosqichida faqat barmoqlar yordamida yozish – tez yozishga avtomatik ko’maklashuvchi yordamchi ilovalardan foydalanmaslik;
  • TezYoz Ligasi turlari 21-oktabrgacha davom etadi va eng ko’p ball to’plagan o’n nafar (10) ishtirokchi final bosqichida qatnashish huquqini qo’lga kiritadi;
  • 21-oktabr kuni Toshkent shahrida final bosqichi va sovrinlarni topshirish marosimi bo’lib o’tadi;
  • Final bosqichi xolislar ishtirokida o’tkaziladi (finalgacha kelish va ketish transport xarajatlari ishtirokchi tomonidan qoplanadi);

Mukofotlar:

Final o’yinidagi natijaga ko’ra:
1-o’rin sohibiga – Apple MacBook Air
2-o‘rin sohibiga – Apple iPad
3-o’rin sohibiga – Apple Air Pods sovrinlari topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumotlarni TezYoz Telegram kanali orqali yoki t.me/tezyoz akkaunti orqali bilib olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!