×

BMT O‘zbekiston: FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Butunjahon oziq-ovqat kuniga fotosuratlar tanlovini e’lon qiladi


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

1757 marta

CHOP ETILGAN

10.09.2019

Qayerda: Toshkent, O‘zbekiston

Kim uchun: Fotosuratchilar uchun

Ariza topshirish muddati: 2019 yilning 10-oktabrgacha

Asosiy ma’lumot: FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Butunjahon oziq-ovqat kuniga (16 oktyabr) bag‘ishlangan fototanlov e’lon qiladi. Sizda noutbuk, planshet yoki mobil telefon yutib olish imkoniyati bor!

Bugungi kunda noto‘g‘ri ovqatlanish inson soq’liq’i uchun xavfli omillardan biriga aylanib ulgurdi. Ayni damda dunyoda 800 milliondaт oshiq odam to‘yib ovqatlanmaydi, bu sayyoramizning har to‘qqizinchi aholisidir. Butunjahon oziq-ovqat kuni asosiy e’tiborni to‘yib ovqatlanmaslik, to‘gri ovqatlanish va oziq-ovqat xavsizligi muammolarini hal etishga qaratadi.

Tanlov uchta tematik yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • Sog‘lom ovqatlanish;
  • Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari;
  • Qishloq xo‘jaligi manzaralari.

Fotosuratlar o‘rmonlar, cho‘l, suv resurslari, yaylovlar, asalarichilik, baliqchilik, meva, sabzavot, va boshqa ekinlarni yetishtirish, Barqaror rivojlanish maqsadlari va boshqa mavzularga bag‘ishlanishi mumkin.

Fotosurat hakamlar tomonidan tanlangan holatda, muallifdan yuqori aniqlikdagi fotosuratni yuborish so‘raladi.

Manfaatli jihatlari: 

Hakamlar hay’ati har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi uchta ishni tanlab oladi. Birinchi o‘rin uchun mukofot – noutbuk, ikkinchi o‘rin – planshet va uchinchi o‘rin – smartfon. Taqdirlash marosimi Butunjahon oziq-ovqat kunida o‘tkaziladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • Tanlovda suratga olishda har qanday tajribaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.
  • Rasmlar oxirgi 12 oy ichida – 2018 yil sentyabrdan 2019 yil sentyabrgacha olingan bo‘lishi kerak.
  • Har bir ishtirokchi uchtagacha fotosurat yuborishi mumkin. Har bir fotosuratga qisqacha tavsif va suratga olish joyi ko‘rsatilishi kerak.
  • Har bir fayl hajmi 5 MBdan oshmasligi kerak. Har bir fotosuratni alohida-alohida yuborish mumkin.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar: 

Tanlovga rasmlar 2019 yilning 10 oktyabriga qadar qabul qilinadi.

Fotosuratlar JPG formatida FAO-UZ@fao.org  elektron pochtasi orqali qabul qilinadi (Mavzu: WFD 2019 photo contest).

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: FAO-UZ@fao.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!