×

Bootcamp-2021: Maxsus dasturlash kurslarini bitirib, yuqori daromadli ishlarda ishlang!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1951 marta

CHOP ETILGAN

27.02.2021

Akademiyamizning asosiy missiyasi bu dasturlashni o’rganishga qiziqishi bor, iqtidorli talabalarga yuqori sifatli ta’lim ekosistemasini yaratib berish. 2020-yil davomida PDP IT-Akademiyasi 1000ga yaqin talabalarga dasturlash texnologiyalari bo’yicha saboq berdi. Bulardan 500ga yaqini PDP ONLINE platformasi asosida, o’zlariga qulay muhitdan dasturlashni o’rganish imkoniga ega bo’ldilar.

Bootcamp-2021 nima uchun ochildi?

2020-yil oxirida universitet talabalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida talabalar uchun maxsus Bootcamp loyihasini yo’lga qo’ygan edik. Talabalarning dars jadvallarini inobatga olib, maxsus Bootcamp kurslarimiz haftada 5 marta 3 soatdan tashkillashtirish yo’lga qo’yildi. Kursimiz yo’lga qo’yilgach, nafaqat talabalardan, balki kunduzi ishlaydigan/ o’qiydigan obunachilarimizdan ham maxsus kursimizga talab kelib tusha boshladi. Bootcamp 2021 loyihasi aynan PDP IT-Akademiyasi obunachilar xohish va istaklariga binoan maxsus Bootcamp kursimizni offline va online ko’rinishlarda barcha uchun ochiq bo’lishidir.

Bootcamp-2021 qanday ko’rinishda bo’ladi?

2021-yildan start beriladigan Bootcamp kurslarimizni 2 xil Offline va Online ko’rinishlarda tashkillashtirish rejalashtirilmoqda.

Online haftada 5 marta 3 soatdan mentor bilan live (zoom) darslar , haftasiga 6 kun 8 soatdan akademik support qo’llab-quvvatlashi, PDP Online platformasidagi o’z kursi bo’yicha barcha darslardan foydalanish imkoni va bir umr qoluvchi videodarslar yordamida tashkillashtiriladi.

Offline haftada 5 marta 3 soatdan PDP ITAkademiyasi binosida offline darslar, haftasiga 6 kun 8 soatdan akademik support yordami va mustaqil o’rganishga yordam sifatida PDP Online platformasida tegishli kursga kirish imkoni ochib beriladi

Bootcamp-2021 yo’nalishlari

  1. Full Stack Web Development – Frontend va Backend qismlaridan tashkil topgan.
  2. Android PRO – 10 oy davomida Native Android Applar yaratish texnologiyalaridan tashkil topgan.
  3. Mobile Application Development – Flutter frameworki asosida Android , iOS, Web va Desktop applicationlar yaratish texnologiyalari o’rgatiladi. (!Ushbu kursimiz hozircha faqat online formatda mavjud.)

Bootcamp-2021da o’qish talablari qanday?

Bootcamp-2021 dasturimizda o’qish uchun ariza topshirish maxsus ro’yxatdan o’tish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek Bootcamp kurslari uchun kandidatlar sinov oyligi asosida Bootcampga qabul qilinadi.

Bootcamp kurslarimiz uchun talablar: Ingliz tilida texnik hujjatlarni o’qib tushuna oladigan (kamida pre-intermediate) darajada bilish, matematika asoslaridan xabardor bo’lish va dasturlashga bo’lgan kuchli ishtiyoq. Kurslarimiz intensiv tarzda olib borilgani sababli, talabalardan sabrli va mehnatkash bo’lishi ham talab etiladi.

Sinov oyligi

Bootcamp-2021 kurslari davomida iqtidorli, oldiga qat’iy maqsad qo’ygan yoshlarga dasturlash saboqlarini berish ko’zda tutilgan. Shu sababli Bootcamp kursimizda o’qish istagida bo’lgan talabalar bilan 1 oy davomida sinov oyligi asosida haftada 3 marta 3 soatdan sinov darslari olib boriladi. Sinov oyligidan maqsad barcha talabalar kurs uchun to’liq to’lov qilmay turib, intensiv tarzdagi darslar qanday bo’lishi va o’z qobiliyatlari dasturlash uchun mos kelish yoki kelmasliklarini aniqlash imkoniga ega bo’lishdir. Agar talaba har qanday sababga ko’ra sinov oyligining birinchi haftasida o’z fikridan qaytsa, sinov oyligi uchun qilingan to’lov 100% to’liq holda qaytarib beriladi. Agar sinov oyliging ikkinchi haftasi yakunigacha talaba fikrini o’zgartirsa, sinov oyligi uchun qilingan to’lovning 50%i talabaga qaytariladi.

Sinov oyiga bir guruhga 40 nafar talaba qabul qilinadi va sinov oyidan so’ng,

Bootcamp-2021 kurslarimiz 24 nafar talabardan tashkil etiladi.

Sinov oyligi uchun to’lov – 800 000 so’m (barcha yo’nalishlar uchun)

Bootcampning amaliy qismi bormi?

Bootcamp darslari 10 oy davom etadi va bundan 6 oyi kichik loyihalar asosida texnologiyalarni o’rganishdan iborat. Qolgan 4 oyida esa ECMA dasturiy ta’minot kompaniyasida amaliy malaka oshirish ishlari, ya’ni PDP Incubator asosida bo’ladi. Bunda siz 6 oy davomida o’rgangan bilimlaringizni real hayotda, turli xil loyihalarda qo’llab, dasturlash borasidagi bilimlaringizni yanada mustahkamlaysiz. 4 oy davomida bo’ladigan amaliyot sizning xohishingizga ko’ra, online yoki offline shakllarda bo’ladi. Ya’ni, sizda ECMA kompaniyasi ofisiga kelib shug’ullanish imkoniyati ham bo’ladi. To’liq Bootcamp-2021 kursi davomida siz 1 ta katta, 1 ta shaxsiy va ko’plab kichik loyihalarni amalga oshirasiz.

Bootcampni tugatib, qayerda ishlay olaman?

Bootcamp kurslari faqatgina iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, kurs yakuniga kelib bitiruvchilarning ish topish imkoniyati juda yuqori. Agar siz 10 oylik kurslar davomida dasturlashni muvaffaqiyatli o’rgansangiz, vazirliklar, banklar, soliq idoralari va turli IT kompaniyalariga bemalol ishga kira olasiz.

Shuningdek, PDP IT-Akademiyasi ECMA ,Uzcard, My Taxi, Datasite Technologies, Smartup, Global Solutions, Fido Biznes, ITMED kabi IT kompaniyalar bilan hamkorlik qilib keladi va ish masalasida doim yordam berishga tayyor.

Narxlar

Bootcamp-2021 narxlari Offline va Online formatlar uchun bir xil qilib belgilanadi. Yangi ko’rinishdagi Bootcamp narxlari avvalgi Bootcamplarimiz bilan solishtirganda sezilarli darajada arzonroq. Narxlar haqida bot orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Istisno! Universitet talabalari uchun Bootcamp-2021 kurslari uchun qo’shimcha 2mln qiymatga ega chegirma doimiy ravishda amal qiladi.

To’liq narxlar va to’lov usullari haqida ma’lumot olish – Administratorga yozish

Kursga yozilish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Bizga qo’ng’iroq qilish: ☎️ (+998) 78 777 47 47

Bootcampga ro’yxatdan o’tish: https://www.t.me/PDPSupportBot

Manzil: Shayhontahur tumani, Zarqaynar ko’chasi 3B-uy (Mo’ljal: Sirk binosi)

Telegram: @PDPUz

Website: https://www.pdp.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!