Qayerda: Oʻzbekiston
Kimlar uchun: 13-19 yoshlilar uchun
Roʻyxatdan oʻtish muddati: 2026-yil 25-iyul 21:00 gacha
Brain Bee – bu oʻsmirlar va o’rta maktab o’quvchilari (odatda 13-19 yosh) o’rtasida o’tkaziladigan xalqaro neyrologiya (miya va asab tizimi) tanlovidir. Uning maqsadi yoshlarni miya anatomiyasi va funksiyalarini o’rganishga ilhomlantirish hamda kelajakda nevrologiya va tibbiyot sohalarida faoliyat yuritishga qiziqtirishdan iborat.
Neuronix ushbu tanlovning Oʻzbekiston milliy bosqichini tashkil etadi va gʻolib Xalqaro Brain Bee jahon chempionatiga yoʻllanma oladi.
Talablar
- Musobaqa yili davomida 13 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar ishtirok eta oladi.
- Ishtirokchilar O’zbekistondagi maktab yoki ta’lim dasturida tahsil olayotgan bo’lishi kerak.
- O’quvchi yiliga faqat bitta milliy Brain Bee musobaqasida qatnashishi mumkin.
- Xalqaro Brain Bee jahon chempionatiga yo’llanma olish uchun mahalliy chempionning yoshi 19 dan oshmagan bo’lishi lozim.
Musobaqa formati va bosqichlari
Musobaqa uch bosqichda – mahalliy, milliy (mamlakat miqyosida) va xalqaro (World Championship) darajalarda tashkil etiladi. Ishtirokchilar quyidagi bilim va ko’nikmalar bo’yicha sinovdan o’tadilar.
- Yozma imtihon: to’liq o’quv dasturi bo’yicha ko’p tanlovli (test) va qisqa javobli savollar.
- Neyroanatomiya: modellar, kesimlar va tasvirlarda miya tuzilishini aniqlash.
- Bemor tashxisi: qisqa tibbiy holatlar (keyslar); unda ishtirokchilar to’g’ri tashxis qo’yish uchun 3 tagacha diagnostik test so’rashlari mumkin.
- Jonli savol-javob bosqichi (final): eng yuqori ball to’plaganlar har bir savol uchun belgilangan vaqt beriladigan sahna ortidagi og’zaki bosqichga o’tadilar; ikkita noto’g’ri javob finalistni musobaqadan chiqarib yuboradi.
Dasturga qabul jarayoni
Tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish 2026-yil 25-iyul soat 21:00 gacha davom etadi. Nomdozlar BU YERDA roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
O’quv materiallari
- Asosiy kitob: Brain Facts: A Primer on the Brain and Nervous System (Neyroilm jamiyati / Society for Neuroscience, 2018-yilgi nashri), yuklab olish bepul.
- Ikkilamchi kitob: Neuroscience: The Science of the Brain (Britaniya neyroilm assotsiatsiyasi / British Neuroscience Association).
- Ikkala kitobning PDF versiyalari neuronix.uz/brain-bee sahifasida ham mavjud.
Har bir turning natijasi alohida hisoblanadi va ballar mustaqil hakamlar tomonidan bir-biridan mustaqil ravishda, ikki nusxada qayd etib boriladi.
Baholash jarayoni
- Har bir savol uchun ajratilgan vaqt oldindan qat’iy belgilangan bo’lib, vaqt tugagunga qadar javob berishni boshlagan ishtirokchiga o’z fikrini yakunlash imkoniyati beriladi.
- Hakamlar hay’atining qarorlari qat’iy va yakuniy hisoblanadi. Ularning ustidan shikoyat (apellyatsiya) qabul qilinmaydi.
- Birinchi o’rin uchun durang (teng ball) qayd etilishiga yo’l qo’yilmaydi: musobaqa yagona g’olib aniqlanmaguncha davom ettiriladi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy sayt va roʻyxatdan oʻtish sahifasi dagi ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan quyidagi email yoki telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin: neuronixco@gmail.com yoki Telegram kanal: https://t.me/neuronix_uz




