×

Buyuk Britaniya: MBA kurslari uchun to’liq va qisman grantlar!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3941 marta

CHOP ETILGAN

03.01.2019

Qayerda: Buyuk Britaniya

Kim uchun: MBA kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2019-yil 28-iyungacha

Umumiy ma’lumot: Buyuk Britaniyada joylashgan Henley biznes maktabi (Henley Business School) ushbu oliy ta’lim muassasasining MBA kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun har yili turli grant dasturlarini taqdim etadi. 2018-yil kuzda o’qishni boshlashni xohlovchilar quyidagi grant dasturlariga ariza topshirishi mumkin. Henley Business School quyidagi grantlarni taklif etadi:

1-dastur – To’liq stavkali MBA kurslari uchun grant va chegirmalar dasturi grantlar 2019-yil sentabrda boshlanadigan MBA kurslariga qabul qilingan va o’zlarida yaqqol iqtidor va potensial namoyon qiladigan talabalarga taqdim etiladi.

Ajratilgan grantlar soni: 2 ta to’liq grant va bir nechta qisman grant.

Grantning manfaatli jihatlari:

Saralash natijalariga qarab nomzodga to’liq (2 ta) yoki qisman grantlar kursning butun muddati – 12 oy muddat uchun taqdim etiladi. To’liq grantlar 2019-yilgi o’qish kontraktining 100% miqdorini qoplab beradi, chegirma dasturi doirasida esa 2019-yilgi o’quv kontraktining 15% dan 50% qismigacha to’lab beriladi. Mukofot pul mablag’lari talabaning o’qish kontraktini qoplash uchun avtomatik tarzda yo’naltiriladi.

Nomzodga talablar:

Grant uchun nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod 2019-yil sentabrda boshlanadigan to’liq stavkali MBA kurslaridan biriga shartsiz qabul qilingan bo’lishi/qabul qilinishi kerak (Unconditional offer);
  2. Nomzodlar a’lochi, tirishqoq va qobiliyatli bo’lishlari kerak;
  3. Universitet ta’lim jarayoni samaradorligiga o’zining ijobiy hissasini qo’sha oladigan nomzodlarga grantlar taqdim etiladi.

Dasturga qabul jarayoni

Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas. Henley Business School’ning to’liq stavkali 2019-yil sentabr MBA kurslariga ariza topshirgan va o’z arizasida grant uchun da’vogarlik qilishini ko’rsatib o’tgan barcha nomzodlar grant uchun to’g’ridan-to’g’ri nomzod ko’rib chiqiladi. Arizalar uzluksiz ravishda ko’rib chiqiladi, shuning uchun grant yutib olishni xohlagan nomzodlarga ushbu OTM’ning MBA kurslariga imkon qadar erta va eng kechi bilan 2019-yil 28-iyun ga qadar hujjat topshirishlari lozim.

Eslatmalar

  • Arizalar nomzodning MBA arizasiga, turli savollarga javob berilgan insholarga va suhbat natijalariga asoslangan holda saralanadi.
  • Natijalar e’lon qilingach, ular qat’iy hisoblanadi va qayta ko’rib chiqilmaydi.
  • O’qishdan voz kechgan talabaga grant mablag’i berilmaydi, ya’ni grant bekor qilinadi.

2-dastur – Hanley biznes maktabi Executive MBA kurslari uchun grant dasturi

Umumiy ma’lumot: Ushbu dastur doirasida iqtidorli, umidli va moddiy yordamga muhtoj talabalarga o’qish kontrakti to’lovi uchun chegirmalar taqdim etiladi. Turli etnik guruh va kategoriyadagi talabalar uchun alohida o’rinlar ajratilgan.

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantga loyiq topilgan talabaning o’qish kontraktiga 21 oy davomida 10% dan 50% gacha chegirmalar qilinadi. Mukofot pul mablag’lari talabaning o’qish kontraktini qoplash uchun avtomatik tarzda yo’naltiriladi.

Nomzodga talablar

Executive MBA kurslari granti uchun da’vogarlik qilayotgan nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod 2019-yil oktabrda boshlanadigan to’liq stavkali Executive MBA kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi/qabul qilinishi kerak;
  2. Grantlar universitet ta’lim jarayoni samaradorligiga o’zining ijobiy hissasini qo’sha oladigan nomzodlarga taqdim etiladi.
  3. Nomzod PhD, magistr yoki Buyuk Britaniyaning first-class (qizil diplomga ishora) Honours Degree darajasiga ega va bu darajalarni yetakchi oliy ta’lim muassasalarida olgan bo’lishi kerak;
  4. Yaxshi ish tajribasiga egalik ham nomzodlarga qo’shimcha ustunlik beradi;
  5. Nomzodlar a’lochi, tirishqoq va qobiliyatli bo’lishlari kerak;

Dasturga qabul jarayoni

Henley Business School’ning to’liq stavkali 2019-yil oktabr MBA kurslariga ariza topshirgan va o’z arizasida grant uchun da’vogarlik qilishini ko’rsatib o’tgan barcha nomzodlar grant uchun to’g’ridan-to’g’ri ko’rib chiqiladi. Arizalar uzluksiz ravishda ko’rib chiqiladi, shuning uchun grant yutib olishni xohlagan nomzodlar ushbu OTM’ning Executive MBA kurslariga imkon qadar erta xujjat topshirishlari tavsiya qilinadi.

Eslatmalar:

  • Natijalar e’lon qilingach, ular qat’iy hisoblanadi va qayta ko’rib chiqilmaydi.
  • O’qishdan voz kechgan talabaga grant mablag’i berilmaydi, ya’ni grant bekor qilinadi.

3-dastur – Henley biznes maktabi Flexible Executive MBA dasturi grantlari (Bu dasturga qabul tugagan)

Umumiy ma’lumot: Grantlar 2018-yil sentabrda boshlanadigan Flexible Executive MBA kurslariga qabul qilingan va o’zlarida yaqqol iqtidor va potensial namoyon qiladigan talabalarga taqdim etiladi.

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida bir nechta 25% gacha bo’lgan kontrakt to’lovi chegirmalari ajratilgan bo’lib, ular 30 oy muddat uchun kontrakt to’lovidan chegirib qolinadi. Mukofot pul mablag’lari talabaning o’qish kontraktini qoplash uchun avtomatik tarzda yo’naltiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Henley Business School’ning 2018-yilgi Flexible Executive MBA kurslariga ariza topshirgan va o’z arizasida grant uchun da’vogarlik qilishini ko’rsatib o’tgan barcha nomzodlar grant uchun to’g’ridan-to’g’ri ko’rib chiqiladi. Arizalar uzluksiz ravishda ko’rib chiqiladi, shuning uchun grant yutib olishni xohlagan nomzodlar bu kursga imkon qadar erta xujjat topshirishlari tavsiya qilinadi.

Flexible Executive MBA uchun arizadan tashqari, bu grant uchun da’vogarlik qilayotgan nomzod What will you contribute to the Henley Business School MBA community? mavzusida umumiy hajmi taxminan 800 so’zli insho yozishi va uni CV bilan birga mba@henley.ac.uk, elektron manziliga jo’natishi zarur.

Eslatmalar

  • Natijalar e’lon qilingach, ular qat’iy hisoblanadi va qayta ko’rib chiqilmaydi.
  • O’qishdan voz kechgan talabaga grant mablag’i berilmaydi, ya’ni grant bekor qilinadi.
  • Ma’lumot uchun: postgraduate@henley.ac.uk, +44 (0)118 378 7593, https://www.henley.ac.uk/
  • Henley Business School’ning magistratura va PhD kurslari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
  • Universitet haqida umumiy ma’lumot olish va uning qayerda joylashganligini bilishni xohlasangiz, bu yerga

Rasmiy havola

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!