×

Chet elda magistraturaga kirish uchun bakalavrdagi baholar qanday bo‘lishi kerak?


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

35978 marta

CHOP ETILGAN

08.07.2018

Ushbu maqola Saidaziz A’zamov tomonidan tayyorlangan.

Xorijda magistratura bosqichiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lsangiz, topshiradigan hujjatlaringiz qatorida albatta avvalgi o‘qishlaringizda olgan baholaringiz so‘raladi.

Biroq baholar sizning magistraturada o‘qishga loyiqligingizni ko‘rsatuvchi yagona mezon emas. Chetda magistr bo‘lmoqchimisiz, demak, baholaringiz aks etgan diplom ilovasi yoki zachotkadan tashqari asosan quyidagi hujjatlarni ham yuzingiz yerga qaramaydigan darajada qilib taxt qilib qo‘ying:

→ Til bilishingizni tasdiqlovchi sertifikatlar — IELTS (o‘rtacha 7, minimum 6.0), TOEFL (o‘rtacha 95, minimum 80)
→ References (bakalavrdagi ustozlar, ilmiy rahbarlar yoki ba’zida ishlagan joylaridan tavsiyanomalar)
→ Statement of Purpose (nima uchun o‘qishga topshirayotganingiz haqidagi insho)
→ Mutaxassisligingizga qarab qo‘shimcha imtihonlarning natijalari — GMAT, GRE

Demak, diplom va baholarga qaytsak. Diplom “qizil” bo‘ladimi yoki boshqa rangda bo‘ladimi, bu xorijiy ta’lim muassasalarini uncha qiziqtirmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda universitetlarda “kvota” degan narsa yo‘q. Ularda qabul bo‘limlari qanday qilib nomzodni o‘qishga olish haqida bosh qotiradi, qanday qilib ba’zi nomzodlarni chiqarib tashlash haqida emas. Agar nomzod shu sohada o‘qishga astoydil qiziqsa va qabul kommissiyasidagilarni bunga ishontira olsa, baho uncha katta ahamiyatga ham ega emas aslida. Biroq minimum talablar belgilangan.

Keling, 2ta universitetni misol qilib olamiz-da, qaysi biri qanaqa baholar so‘rashini ko‘rib chiqamiz. Birinchisi Arizona Davlat Universiteti. AQShning ushbu dorilfununi baholar bo‘yicha shunday talab qo‘yibdi.

GPA Requirement
You must have maintained a “B” (3.00 on a 4.00 scale) grade point average (GPA) in the last 60 semester hours or 90 quarter hours of undergraduate course work. If you do not meet the minimum GPA requirements, your application may still be considered. Manba

Demak, bakalavrdagi oxirgi yarim yillikda olgan baholaringiz GPA bo‘yicha 4.00 shkalada 3.00 bo‘lishi zarur. Agar o‘rtacha baho bo‘yicha minimum talabga javob bera olmasangiz, sizning hujjatlaringiz baribir ham ko‘rib chiqilishi mumkin deyilibdi.

Xo‘sh, bu O‘zbekistonning bahosida qanday bo‘ladi? Biz 4 emas, 100 ballik shkalada hisoblaganimiz uchun bizdagi har bir ball 0.04 deb hisoblanishi mumkin. Shunda 75 ball 3.00 bo‘lib chiqadi. Undan tashqari, mana bunday jadval ham bor ekan.

Ikkinchisi Buyuk Britaniyadagi Kardiff Universiteti. Uning talablari quyidagicha bayon qilingan:

Suitable for graduates in the humanities and Social Sciences with appropriate disciplinary specialisations.Applicants should possess a higher education degree of at least lower second class honours (2:2), or a non-UK qualification recognised by the University as being equivalent to this. This requirement may be waived for candidates with relevant professional qualifications or experience. Manba

Ijtimoiy va gumanitar ixtisosliklar uchun magistraturaga topshirayotgan nomzod eng kamida “lower second class honours (2:2)” (Britaniya ta’lim tizimiga xos klassifikatsiya) darajasi yoki shunga muqobil darajaga ega bo‘lishi kerak. Bu talab o‘zi topshirayotgan yo‘nalishga muvofiq kasbiy ko‘nikma va tajribaga ega nomzodlar uchun yengillashtirishi mumkin.

Britaniyacha klassifikatsiya foizlarda quyidagicha bo‘ladi.

E’tibor bering, yuqorida hamma gap o‘rtacha baho haqida ketyapti. Masalan, O‘zbekistondagi mahalliy universitetlarda “a’lochi” bo‘lish uchun barcha fanlardan ballar eng kamida 86 bo‘lishi kerak. Bu yerda o‘rtacha baho balki 90, balki 92dir. Masalan, bizdagi o‘lchovlar bo‘yicha “uchchi” bo‘lib turib ham o‘rtacha 80 va undan yuqori ball to‘plash mumkin. Menda shunaqa bo‘lardi. Universitetda o‘zim eng yoqtirgan fanlardan doim 80–90 ball olardim, 2ta fandan 56–60 ball to‘plasam ham, ularning o‘rtachasi yuqori chiqaverardi.

Manba: https://medium.com/@Saydazzz/chet-elda-magistraturaga-kirish-uchun-bakalavrdagi-baholar-qanday-bo-lishi-kerak-615d2cb70c51

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!