×

Chet elda o’qish uchun grant yutishning 11 siri


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

82344 marta

CHOP ETILGAN

27.04.2018

Kelajakda yetuk mutaxassis bo’lishni istagan yoshlar orasida chet elda o’qishni istamagan kishi topilmasa kerak. Aksariyat yoshlar hech qachon chet elda bo’lmagani, bizning mamlakatimizda grant deganda faqat davlat tomonidan ajratiladigan grantni tushunganimiz boisidan bilimi kuchlilarda ham chet elda grant asosida o’qish tartiboti haqida tugal tushuncha bo’lmaydi. Chet elda grant asosida o’qish uchun aslida qanday yo’l tutilsa to’g’ri bo’ladi, buning sirlari nimada? Mana shu savollarga ushbu postda javob berishga harakat qilamiz

Aksariyat grantlar juda raqobatli, yutish deyarli imkonsiz ko’rinsa-da, aslida bulardan boshqa yana ko’plab imkoniyatlar ham mavjud.  Sizning chet elda o’qish uchun grant yutish, volontyor sifatida qatnashish yoki chet elda amaliyot dasturida qatnashish imkoniyatingiz siz o’ylagandan yuqoriroq bo’lishi mumkin: Siz faqat imkoniyatlarni aniqlab olishingiz, yaxshi mazmundagi inshoni yozishingiz va “Apply” tugmasini bosishingiz kerak.

Chet elda o’qish uchun moliyaviy rejani tuzishda eng katta xatolardan biri grantlar va stipendiya dasturlariga ariza berib ko’rmaslikdir. Ishoning, hayotingizda grant uchun ariza berish sizga faqat foyda keltiradi, hech bo’lmaganda grant dasturlarida ishtirok etish ko’nikmasini shakllantiradi.

Grant dasturlariga ariza berishda quyidagi 11 ta maslahatga rioya qilingki, ular chet elda o’qish haqidagi orzularingizni haqiqatga aylantirsa ajab emas.

  1. Chet elda o’qish uchun ko’p mehnat qiling, grant dasturiga jiddiy qarang

Chet elda tahsil olish yoki chet elda o’qish uchun grant yutishga intilish oson ish emas. Ehtimol, g’alaba qozonish uchun umid qilish mumkin bo’lgan o’nlab dasturlarga murojaat qilishingizga to’g’ri kelar. Bularning barchasi uchun yetarlicha vaqt ajratish kerak. Shuning uchun albatta grant va stipendiya dasturlariga hujjat topshirish uchun vaqtni to’g’ri taqsimlang. Masalan, har Dushanba, Chorshanba va Yakshanba kunlari 3 soatdan vaqt ajratishni o’zingiz uchun belgilab olishingiz mumkin.

Agar sizga motivatsiya kerak bo’lsa, cho’natigingizdagi pulga yoki bank hisobraqamiga, so’ngra Tokio yoki Braziliya fotosuratlariga qarang. Chet elda o’qish uchun grant yutish yagona yo’l bo’lishi mumkin. Har holda men uchun shunday. Biror mamlakatga qanday grant yutib ketsam bo’ladi deb ko’p savol berishadi. Blogni o’qing, deb javob bersam, “O’qishga vaqt yo’q, osonroq yo’li yo’qmi yoki o’zingiz aytaqoling” deyishadi. Yo’q albatta, oson kelgan, oson ketadi. Agar shunchalik oson bo’lganida dunyoda hamma oily ma’lumotli bo’lar edi.

  1. Siz topshirishingiz mumkin bo’lgan har bir grant ro’yxatini tuzing

Avvalo siz o’qishga kirmoqchi bo’lgan univeristet grant dasturlaridan boshlang, keyin tashqaridan moliyalashtiriladigan grantlarni qo’shing. Shu grantni yutganlar bilan suhbatlashing yoki internetdan fikrlarini toping. Hujjat topshirish muddati, talablar, talab qilinadigan hujjatlar – barcha ma’lumotlarni ipidan ignasigacha bilishga harakat qiling. Buning uchun oddiy excel dasturida javdal tuzib olish adashib ketmaslikka yordam berishi mumkin. Qidiruv tizimlaridan o’zingizga mos grantlarni erinmasdan izlang. Bunda saytimiz – grantlar.uz ham yordam berishi mumkin. Qidiruv sahifamiz kerakli grantni saralash uchun ko’p imkoniyatlarga ega.

  1. Grantni e’lon qilgan tashkilotning maqsadlari va qadriyatlarini tushuning

Ariza berishdan avval grantni e’lon qilgan tashkilot nima faoliyat bilan shug’ullanadi, maqsad va vazifalari nimalardan iboratligini tushunishingiz lozim. Tashkilotning qadriyatlarini, ular nimani muhim deb bilishlarini, o’zlarining kelajagini qanday ko’rishini, garntni ajratishdan nima maqsad ko’zlaganini o’rganing. So’ngra ushbu kalitso’zlar va qadriyatlardan ariza yoki insho yozayotganingizda samarali foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, tashkilotning asl maqsad va vazifasini bilish kelajakda sizni noqulay vaziyatga tushib qolishingizdan ham saqlaydi.

  1. Nomzodlar qanday baholanishini va qo’yilgan talablarni biling

Ular kimni qidirmoqdalar? O’tgan yilgi g’oliblarga yoki ularning veb-saytida joylashgan batafsil savollarga qarang. Nomzodlar qanday tartibda baholanishi ko’rsatilgan qismlarini qayta o’qing. Bunga har bir bandga to’xtaling va o’zingizni yoki yozgan inshoyingizni ushbu mezonlarning har biriga nisbatan mos kelishini tekshiring.

  1. Kritik tillarni o’rganish va kamroq tashrif buyurilgan mamlakatlarga borishni ko’rib chiqing

Boshqalar bilmagan tillarni bilish yoki grant topshiriladigan mamlakat tili mashhur bo’lmasada uni o’rganishga ishtiyoq katta yordam beradi. Masalan, Yaponiyadagi grant uchun harakat qilayotgan bo’lsangiz yapon tilini o’rganishga intilish yutish ehtimolligini oshiradi! Shuningdek, boshqalar e’tibor bermaydigan grantlarni ham izlanib ko’ring.

Aksariyat amerikalik talabalar Yevropaga ketmoqchi bo’lishsa ham, boshqa davlatlarga borishni istaganlar uchun ham juda ko’plab imkoniyatlar bor.

Agar ushbu hududlar yoki tillar sizni qiziqtirayotgan bo’lsa, bu imkoniyatlardan foydalaning. Agar 100 nafar talaba Ispaniyada o’qishni xohlasa, sizning shu grantni yutish ehtimolligingiz 1: 100 ni tashkil etadi; Agar 15 talaba Ganaga borishni xohlasa, sizning ehtimolligingiz 1:15 ga teng. Oddiy arifmetika.

Agar umumiy til o’rganmoqchi bo’lsangiz ham, Fransiya o’rniga Senegalni, Ispaniya o’rniga Panamani tanlang. Bu davlatlarga kamroq talabalar murojaat qilishi hisobiga sizning yutis ehtimolligingiz oshadi.

  1. Insho yozish bo’yicha maslahat: umumiy gaplardan saqlaning

O’zingiz boshqalar aytsa ishonmaydigan gap bilan boshqalarni ham ishontirishga urinishdan naf yo’q.  Shunday ekan, «men yangi madaniyatlarni kashf etmoqchiman» yoki «men har doim arab tiliga qiziqaman» kabi jumlalarni yozmang. Buning o’rniga  Misr kinolaridagi yodingizda qolgan sahnalar haqida hikoya qiling  yoki o’rta maktabda Amerikadagi “penfriend”ingizga yuborgan maktubingizni bayon qiling. Qisqacha hikoyalar va shaxsiy tajribalar orqali sizning qiziqishlaringiz hakamlar ko’z oldida oson jonlanadi.

Inshoni tugatganingizdan so’ng uni albatta qayta o’qib chiqing. Agar butun dunyoda yana kimdir bu inshoni o’ziniki deb da’vo qilishi mumkin deb o’ylasangiz, uni faqat sizgagina tegishli bo’lgan voqealar, tafsilotlar, fikrlar bilan qayta yoriting.

  1. Vataningizga qaytish bo’yicha rejangizni bayon qiling

Agar stipendiya talablarida to’g’ridan-to’g’ri so’ralmagan bo’lsa ham, oladigan tajribangizdan vatanginzga qaytgandan so’ng qanday foydalanishingiz, boshqalarga yordam berishingizni bayon qiling. Osiyodagi taniqli shaharlar haqida qisqacha videolar tayyorlaysizmi va o’quvchilar bilan suhbatlar uyushtirasizmi? Taassurotlaringiz haqida blog ochasizmi?

Buni siz kuzatib borishingiz mumkin bo’lgan narsalarga amin bo’ling, ammo o’zingizdan ko’ra o’zingizdan ko’proq foydalar uchun vaqtni chet elga sarflash uchun doimo minnatdor bo’lasiz.

Sizning boshqalar madaniyatini yoyish bo’yicha fikringiz albatta qadrlanadi.

  1. Yaxshi tavsiyanoma olish uchun albatta shunday qiling

Tavsiyanoma olish uchun o’qituvchingizga, biror professorga ancha ertaroq murojaat qiling. Shoshilib qilingan ishning mevasi ham shirin bo’lmaydi, albatta. Ularga sizga tavsiyanoma yozishlariga ko’mak bo’lishi uchun 1 varaqda siz topshirayotgan grant dastur haqida qisqa ma’lumot (QISQA), 2-betiga esa  o’zingizning qiziqishlaringiz, nimalarga qodirligingiz haqida qisqa ma’lumot yozib bering. Rezyumengizni ham ilova qilishingiz mumkin. Bu ishlar grant talablariga mos keladigan tavsiyanoma yozishda qo’l keladi, shuningdek, tavsiyanomangiz hammaniki bilan bir xil bo’ladigan shablon jumlalardan yiroq bo’lishiga erishasiz.

  1. Grant talablari va shartlariga yana bir marta mosligingizni qayta tekshiring

Biror hujjat topshirishingizdan avval, siz barcha talablarga javob berishingizni va barcha talablarni qoniqarli tarzda bajarganingizni tekshirib ko’ring. Ko’pgina talabalar oddiygina narsani unutib qo’yganliklari evaziga grant uchun topshirgan arizalari qaytariladi.

  1. Inshoni chop etish va ovoz chiqarib o’qib chiqing.

Kompyuter ekranida matnni tekshirish qiyin. Siz inshoni va boshqa hujjatlarni yakunlaganingizdan so’ng ularning barchasini qog’ozda chop eting va ovoz chiqarib o’qib chiqing, hattoki rezyumeningizni ham. Har bir gapni qatorma-qator shoshmasdan o’qib chiqing, Grammatik va orfografik xatoliklarni qizil ruchka bilan belgilang.

Kompyuterda xatolarni to’g’rilang va xato bo’lmasligi uchun yuqoridagi jarayonni takrorlang. Bir necha harflar yoki oddiygina Grammatik xatolik bir mecha ming dollar turishi mumkin. Shuncha miqdordagi pulni ishlab topayotgandek munosabatda bo’ling.

  1. Muddat tugashini kutmang, erta ariza bering

Grant qoidalarida erta ariza berganlik uchun hech qanday afzallik nazarda tutilmaganligi yozilgan bo’lsa ham barcha arizalar insonlar tomonidan tekshirilishini unutmang. Ular aslida boshqa joyda ishlaydigan va saralash uchun mas’ul odamlardir. Arizalar asosan muddat oxirida ko’payib ketishi natijasida jismoniy ulgurmaslik natijasida sizning yozganlaringizni to’liq o’qimasdan ko’z yugurtish (Skimming and Scanning) orqali baholashlari mumkin.

Unutmang, hech qaysi tashkilot siz haqingizda batafsil ma’lumot olmasdan turib grant ajratmaydi. Agar arizangiz dastlabki o’ntalikda bo’lsa, katta ehtimolki, to’liq oxirigacha o’qib chiqiladi.

Ko’zingizda arzimas bo’lib tuyulgan holat ham katta ahamiyat kasb etishi mumkin. Agarda bir yil hech qanday grant yutaolmasangiz, bu hech qachon grant olaolmaysiz degani emas. Keyingi yil yana topshiring. Yaqinda saytimiz orqali Amerikaning eng nufuzli universitetlaridan biri bo’lmish Jorj Vashington universiteti Biznes maktabi talabasi Nabijon Tog’ayev bilan suhbat e’lon qilindi. Nabijon Tog’ayev grant yutish uchun 2 yil harakat qilgan (2014-2016). Ikki yillik mehnatga arziydimi? Albatta. Nabijon Tog’ayev to’liq grant yutdi. Grant miqdori 50 ming AQSh dollari. O’qish ikki yil ekanligini hisobga olsangiz, grant miqdori 100 ming AQSh dollari. Masalaga faqat moliyaviy jihatdan qarasak ham, yuqoridagi grant miqdori sabr va mehnat qilishga arzimaydimi?

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!