Polshada joylashgan WBS universiteti O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan Erasmus+ dasturi doirasida hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda.
WSB universiteti xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i janob Paweł Urgacz o’zbek universitetlari bilan hamkorlik masalasini muhokama qilish uchun Toshkentga tashrif buyurmoqda. Ushbu universitet bilan Erasmus+ dasturi doirasida hamkorlik o’rnatishga qiziqqan oliy ta’lim muassasalarining vakillari janob Paweł Urgacz bilan bo’ladigan uchrashuvda ishtirok etishlari mumkin. Uchrashuv 2018-yilning 30-iyul kuni 14:00 Toshkentdagi Erasmus milliy ofisida bo’lib o’tadi.
Uchrashuvda qatnashmoqchi bo’lgan oliy ta’lim muassasalari vakillaridan joriy yilning 29-iyuliga qadar office@erasmusplus.uz elektron manziliga ishtirok etmoqchiligi haqida xabar qilishi so’raladi.