×

Creative Writing Course: 13-22 yoshdagi shaxsiy rivojlanishni istovchi ayol-qizlar uchun 1 oylik dastur


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2587 marta

CHOP ETILGAN

21.02.2024

Qayerda: Onlayn (Oʻzbekiston)

Kim uchun: 13-22 yoshdagi ayol-qizlar uchun

Ariza topshirish muddati: 2024-yil 28-fevral

Umumiy maʼlumot

Storilyayol-qizlar uchun bir oylik kreativ yozish dasturi boʻlib, yosh qizlarning salohiyatini har tomonlama rivojlantirishni maqsad qilgan. Ushbu dastur ijodiy yozish orqali qizlarga kuch, erkin fikr bildirishga yordam beradi. Bu mahorat bilan ishtirokchilar nafaqat o’zini ifoda etish qobiliyatini rivojlantirishlari, balki ularni xalqaro dasturlar va universitetlar uchun muvaffaqiyatli motivatsion xatlarni yozish imkoniyatiga ega bo’lishlari mumkin.

Dasturning ushbu 3-mavsumi 2024-yilning mart-aprel oylarida bo’lib o’tadi hamda 14 dan ortiq seminarlarni oʻz ichiga oladi. 

1. Creative Writing Workshop: mentor Asal Sharipova:

  1. Tilshunoslik va yozuv uslublarini o’rganish.
  2. Ijodiy insholar yaratish: shaxsiyat va harakatchanlikni ko’rsatib berish.
  3. Akademik argumentatsiyani o’zlashtirish: Akademik va tadqiqot maqsadlarida Aristotel, Tulmin va Rojeriy uslublaridan foydalanish.
  4. Hikoya qilish san’ati hamda shaxsiy bayonotlar uchun zarur elementlar.
  5. Akademik insho va tadqiqot usullari elementlari: gumanitar va ijtimoiy fanlarni o’rganish uchun mo’ljallangan.

2. Writing, Project & Development Practice Sessions: mentor Laziza Abdullayeva

Dasturning ushbu qismi notiqlik, networking va yozish ko’nikmalarini yaxshilash uchun mo’ljallangan. Ishtirokchilar turli  biznes holatlarini tahlil qilish, qo’lda yozilgan xat yozish, bahs-munozaralar va o’zlarining boshlang’ich korxonalari uchun moliyalashtirishni rivojlantirish va ta’minlash kabi mashg’ulotlar bilan shug’ullanadilar. Jumladan:

  1. Start-up yaratish: Innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va Storilydan moliyalashtirish uchun raqobatlashish uchun guruhlarda hamkorlik qilish.
  2. Netvorking imkoniyatlari: alohida xonalarda ishlash, guruh faoliyati va interaktiv Kahoot bilan tanishish,  yangi do’stlar orttirish uchun sessiyalarda qatnashish.
  3. Kelajakdagi shaxsingizga maktub: maktub yozish va turli yozish mashqlari orqali kelgusi yil haqida fikr yuritish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Eng muhimi, ishtirokchilarning ajoyib g’oyalari butun dunyo ko’rishi uchun veb-saytda namoyish qilinadi.

3. Suhbatlar. Suhbat olib boruvchilar Istoda va Aydariya. Jumladan, quyidagilar bilan suhbat o’tkaziladi:

  • Intervyu 1Dinara Auyelbekova: Barak Obama boshchiligidagi mentorlik dasturi bo’yicha tajriba almashish, qizlar uchun STEM notijorat tashkilotini yaratish va 100 000 dollardan ortiq mablag’ga ega bo’lish. Mavzu: “O‘smirlik davrida tadbirkorlik”.
  • Intervyu 2 – Iroda Abdulazizova: Dartmutdagi Data Science va muhandislik ixtisosligi boʻyicha birinchi oʻzbekistonlik talaba, SAT 1580 ball. Mavzu: «Ta’sirli ilmiy maqolalar yaratish.»
  • Intervyu 3 – Maxsus syurpriz spiker. Spiker bilan dastur davomida tanishishingiz mumkin.
  • Intervyu 4 – Shaxzoda Mirakova: AUCA jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha keng xalqaro tajribaga ega, jumladan, Garvarddagi HPAIR konferensiyasida Markaziy Osiyo vakili.

4. Bonuslar:

  • Ta’sischi, direktor va murabbiylar bilan shaxsiy konsultatsiyalar.
  • Hikoyalarni Storily rasmiy veb-saytida nashr etish.
  • Ajoyib hikoyalar va faol ishtirok uchun mukofotlar.
  • Kelajakdagi kogortalarda va oflayn tadbirlarda qatnashish uchun imkoniyatlar.
  • Networking va doimiy imkoniyatlar uchun eksklyuziv bitiruvchilar guruhiga kirish.

 Talablar

  • Dasturda butun dunyo bo’ylab 13-22 yoshdagi ayol-qizlar qatnasha oladi.
  • Dastur ingliz tilida olib borilgani sabab ingliz tilini B2-C1 darajada bilishlari kerak.

Dasturga qabul jarayoni

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar ariza shaklini BU YERDA 2024-yil 28-fevralga qadar to’ldirishlari kerak (ingliz tilida). Dasturga qabul qilinganlardan mashgʻulotlarda qatnashish uchun 149 000 soʻm (12$/1120 rubl) toʻlov (xayriya) qilish soʻraladi.

ESLATMA: Ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon hamda qo’shimcha ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqing

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!