×

DAAD (Germaniya aloqa almashinuvi ) uchun muvaffaqiyatli maktub (Motivatsiya xati) qanday yoziladi?


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3882 marta

CHOP ETILGAN

01.03.2018

Agar siz Germaniyada o’qishni yoki tadqiqot  qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, yoki turli dasturlar, grantlar, anjumanlar va forumlarda ishtirok etmoqchi bo’lsangiz, sizdan eng avvalo Motivatsiya xati so’raladi. O’qish yoki Grantlar uchun saralash jarayonida ushbu muvaffaqiyatli maktub juda ham muhim ro’l o’ynaydi.  Bugun biz buni DAAD (Germaniya akademik almashinuv) dasturi misolida mukkamal ko’rib chiqamiz.

Avvalo sizga shuni eslatib o’tmoqchimizki, Motivatsiya xati, bir kunlik yoki bir haftalik ish emas. Siz ushbu xatingizga juda ham ko’p vaqt ajratishingiz kerak bo’ladi. Qabul jarayoniniga start berilshidan  avval eng kami bilan 3 oy oldin boshlashingiz tavsiya etiladi, shundagina yaxshi bir natijaga erishasiz.

Narvonga chiqsangiz, shoshmay chiqishingiz kerak bo’ladi. Agar sizda qancha ko’p vaqt bo’lsa, shundagina mukkamal muvaffaqiyatli maktubni yaxshi yoza olasiz.

Xo’sh, ushbu muvaffaqiyatli maktubning siri nimada?

Quyida sizlarga DAAD Lektorlari bilan bo’lgan ochiq mulloqotda, berilgan tavsiyalarni sizlar bilan ulashamiz. Albatta, mana shu qoidalarga rioya qilsangiz, siz stipendiya sohibi bo’lishingiz mumkin.

Muvaffaqiyatli maktubni ya’ni Motivatsiyani yozishda quyidagi to’rt bosqichga juda ham katta e’tibor bering.

Birinchi:  Juda ham ko’p vaqt ajrating. Hech qachon Motivatsiya xatini kechki payt yozmang. Chunki siz kun davomida boshqa ishlar bilan bo’lib charchagansiz. Bu siz uchun juda ham muhim shuning uchun kun davomida vaqt ajratishga harakat qiling.

Ikkinchi:   Yozganlaringizni yaxshilab qayta – qayta o’qib chiqing. Kalit so’zlar albatta ishtirok e’tishi kerak. Fikrlar ketma-ketligiga e’tibor bering.

Uchinchi: Motivatsiya maktubini CV  (Tarjimai xol)  ni takrorlash bilan boshlamang.

To’rtinchi: (Final)  Motivatsiya xatida quyidagi savollarga javob berilishi kerak:
O’z fikrlaringizni real tasvirlang. Mubolag’adan imkoni boricha yiroqlashing.

  • Siz o’zingizni yaqin kelajakda qaysi kasb egasi sifatida tasavvur qila olasiz. O’qishni tamomlab nima qilmoqchisiz ?
  • Siyosiy, ijtimoiy, yoki texnologik soha rivojiga qanday hissangiz tegadi?
  • O’z mamalakatingizni rivoji uchun nimalarni qilgan bo’lar edingiz?
  • Siz qaysi manbalarga tayanib firk bildiryapsiz?
  • Qanday qo’shimcha takliflaringiz bor?
  • Nima uchun siz aynan ularni ya’ni DAADni tanladingiz ?
  • Nima uchun ushbu dastur siz uchun mos keladi ?
  • Faoliyatingiz, erishgan yutuqlaringiz. Sizning eng kuchli tamonlaringiz, sizning eng kuchsiz tamonlaringiz (Harakter). Siz o’zingizga real baho bera olishingiz kerak bo’ladi. Tan olish ham mardlik hisbolanadi.
  • Nima uchun siz aynan Germaniyani tanladingiz?
  • Germaniya ta’lim tizimidan xabaringiz bormi? Agar bo’lmasa, yaxshilab o’rganib chiqing.
  • O’zbekiston va Germaniya universitetlari qaysi jihatlari bilan bir biridan farq qiladi?
  • Germaniyadagi qaysi sohani O’zbekiston uchun ham olib kirmoqchisiz? Ikki mamlakat rivoji uchun hissa qo’shadigan Innovatsion g’oyalaringiz mavjudmi?

Diqqat!

Aybi borning tizzasi qaltirar deganlaridek, siz ushbu Motivatsiya maktubingizni hech qayerdan ko’chirmasligingiz kerak.

Motivatsiya xatingizni tayyor deb hisoblasangiz, o’zingiz ishongan do’stlaringizga, o’qituvchilaringizga yoki eng yaqin kishilaringizga tekshirtirib ko’ring. Tuzgan gaplaringiz mantiqiy jihatdan bir biriga bog‘langan bo’lsin. Grammatikaga ham katta e’tibor qarating. Eng kami bilan 500 so’zdan tashkil topgan bo’lishi kerak va albatta motivatsiya xatini yozish qonun – qoidalariga ham e’tibor bering.

Eng ko’p beriladigan savolllardan biri:

Magistratura uchun  intervyu jarayonida qanday savollar beriladi?

Hurmatli bo’lajak DAAD Stipendiyachilari, Siz shuni doim yodingizda saqlashingiz kerak. Intervyu jarayonida savollarni tuzuvchi DAAD emas sizning o’zingiz hisoblanasiz. Sizga savollar ayon. Chunki siz uni yozib bo’lgansiz! Savollarning aynan ko’p qismi sizning Motivatsiya maktubingizdan beriladi.

Ushbu maqola nemis tilini o’rgatish va Germaniyadagi ta’lim haqidagi ma’lumotlar berishga ixtisoslashgan ©Deutsch Online Usbekistan-iuzbek-deutsch Community tahririyati tomonidan tayyorlandi. Tahririyat kanaliga qo’shilish: https://t.me/deutschonlineUsbekistan

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!