×

Yoshlar ishlari agentligi kouching video materiallar tayyorlash boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmasi ajratish uchun tanlov e’lon qildi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1148 marta

CHOP ETILGAN

17.04.2021

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yoshlarga o‘zining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shug‘ullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar va darsliklar, motivatsion roliklar tayyorlash maqsadida davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovini e’lon qildi.

“Kouching” video roliklar tayyorlash bo‘yicha

1. Tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirishda yoshlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar hamda ularning aniq yechimlari to‘g‘risida qisqa metrajli “kouching” video roliklar tayyorlash va OAVlarda keng targ‘ib qilish – 500 mln. so‘m

2. Xorijiy mamlakatlarda ishlash istagidagi yoshlarni butun dunyoda amalda bo‘lgan kasb-hunarlarga (sartaroshlik, chilangarlik, zargarlik, avtomobil ehtiyot qismlarini tamirlovchi, tikuvchilik, qandolatchilik, IT dasturchi, IT dizayner va boshqalar) kengroq jalb qilish va kerakli ko‘nikmalarni berishga qaratilgan motivatsion xarakterga ega “kouching” video materiallar tayyorlash hamda OAVlarda keng targ‘ib qilish – 500 mln. so‘m

3. Aholini o‘zini-o‘zi band qilishga hamda tomorqa va boshqa uy sharoitlaridan foydalangan holda daromad qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan

20 daqiqali “kouching” video materiallar tayyorlash hamda OAVlarda keng targ‘ib qilish – 500 mln. so‘m

4. Yoshlar hamda o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi aholi o‘rtasida kichik biznes faoliyatini minimal sarmoya bilan boshlashga qaratilgan, hayotiy tajribaga asoslangan “kouching” video materiallar tayyorlash hamda OAVlarda keng targ‘ib qilish – 500 mln. so‘m

Motivatsion roliklar tayyorlash bo‘yicha

5. Yoshlarni hamda aholini ilm-fanga kengroq jalb qilish maqsadida ilm-fan orqali (ixtirochilik, olimlik va boshqalar) ham yaxshi moddiy barqarorlikka erishish hamda yaxshi daromad qilish imkoniyatlari mavjudligini hayotiy tajribalar asosida yoritish beruvchi motivatsion roliklar tayyorlash hamda OAVlarda keng targ‘ib qilish – 250 mln. so‘m

6. Biznesni yo‘lga qo‘yishdan daromad olishgacha bo‘lgan masalalarni o‘rgatishga qaratilgan realiti shou televizion loyiha tayyorlash – 750 mln. so‘m

7. Tik Tok ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni kasb-hunarni egallashga hamda shu orqali daromad olishga undovchi motivatsion va “kouching” video materiallar tayyorlash hamda ushbu platformaning eng mashhur fodalanuvchilari orqali keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish – 500 mln. so‘m

8. Tik Tok ijtimoiy tarmog‘ida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini boshlash va shu orqali daromad olishga undovchi motivatsion va “kouching” video materiallar tayyorlash hamda ushbu platformaning eng mashhur fodalanuvchilari orqali keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish – 500 mln. so‘m

O‘quv-uslubiy qo‘llanma va darsliklar tayyorlash bo‘yicha

9. Bugungi kunda an’anaviy va zamonaviy kasb-hunarlar orqali (SMM, Grafik dizayner, IT dasturchi, Online ta’lim, Trading va boshqa) daromad topish hamda shu sohadagi kerakli bilimlarni berishga qaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va OAVlarda keng targ‘ib qilish hamda tarqatish – 500 mln. so‘m

10.Yoshlar va aholi orasida tadbirkorlik sohasida kerakli bilimlarni (moliyaviy savodxonlik, marketing, menejment, hodimlar boshqaruvi va boshqalar) o‘zlashtirish uchun maxsus hayotiy va amaliy “Case”lar orqali ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va OAVlarda keng targ‘ib qilish hamda tarqatish – 250 mln. so‘m

11. Muvaffaqiyatga erishgan, kasbining haqiqiy egasi bo‘lgan O‘zbek tadbirkorlari, hunarmandlari va boshqa yuqori daromad keltiruvchi kasb egalari to‘g‘risida yoshlar uchun motivatsion xarakterdagi kitoblar chop ettirish va targ‘ib qilish – 500 mln. so‘m

* Davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish muddati shartnoma imzolangan kundan boshlanadi.

**Yo‘nalishlar kesimida tayyorlanadigan har bir loyiha byudjeti yo‘nalish uchun ajratiladigan mablag‘ miqdoridan oshmasligi lozim.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-sonli qaroriga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining Yoshlar ishlari Agentligiga ajratadigan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Tanlovda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etishlari mumkin (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar bundan mustasno).

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

  1. Tanlovga hujjatlar taqdim etilayotganligi to‘g‘risida yo‘llanma murojaat (kuzatuv) xati;
  2. yoshlar.gov.uz saytida joylashtirilgan shaklda davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan loyihani o‘z ichiga olgan talabgorning ariza (talabnoma)si va unga ilova qilinadigan hujjatlar;
  3. Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishning batafsil tasnifi;
  4. Qarzdorlik mavjud emasligi haqida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma;
  5. Oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan ro‘yxatga olingan, har bir varag‘i talabgor tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan ustav (nizom)ning nusxasi;
  6. Talabgor tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
  7. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda uning hududiy boshqarmalarida ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (ommaviy axborot vositalari uchun);
  8. Talabgor tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan tegishli litsenziyaning nusxasi (litsenziyalanadigan faoliyat turi bilan shug‘ullanish talab etilgan hollarda).
  9. Loyihani amalga oshirishdan manfaatdor davlat davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning tavsiyanomalari, qo‘llab-quvvatlash xatlari ilova qilinishi mumkin.

Diqqat: tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan shaklga mos kelmagan hamda to‘liq taqdim etilmagan taqdirda loyihalar qabul qilinmagan hisoblanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun tasdiqlangan hamda muhrlangan hujjatlar to‘plamlari Yoshlar ishlari agentligiga aloqa pochtasi orqali hamda elektron ko‘rinishda 2021-yil 23-may kuniga qadar qabul qilinadi.

Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 11-uy

E-mail: tanlov@yoshlar.gov.uz

Telefon: 97-274-7479

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!