×

Amerikada bepul tahsil olish imkoniyati: Deep Springs College


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1771 marta

CHOP ETILGAN

02.11.2018

Qisqacha

Til: ingliz tili;
Qachon tashkil etilgan:
1917 yilda;
Ixtisoslik:
Qishloq xoʻjaligi (qishloq xo’jaligidan boshqa soa mavjud emas);
Rasmiy sayt:
https://www.deepsprings.edu/;
Stipendiya:
50 ming AQSH dollari (turar joy, oziq-ovqat va oʻqish puli shu summa ichiga kiradi). Ushbu stipendiya har yilgi qabul uchun ajratiladi;
Stipendiya beriladigan talabalr soni:
yiliga 14 nafar;
Kimlar uchun:
23 yoshdan katta va avval 4 yillik oliy taʼlimni egallamaganlar uchun;
Qayerda joylashgan:
Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kaliforniya shtati;
Manzil:
Deep Springs College, HC 72 Box 45001 Dyer, NV 89010-9803;
Telefon:
 (760) 872-2000 (ichki raqam 61);
Taʼlim olish boʻyicha murojaat uchun:
Amity Wilczek, Dean of the Academic Program ext. 76 awilczek@deepsprings.edu
Dedlayn
: 2018 yilning 5 noyabri.
Kirish bali:
taxminan 1410 – 1540 ball SAT(EBRW + Math).
Reyting:
The Princeton Review  tomonidan 99 ballik sistemada 99 ball bilan baholangan: BATAFSIL.
Oqish muddati:
2 yil.

Nima uchun Deep Springs College?

Muassasa qattiq tartibda taʼlim berish bilan mehnatni uygʻunlikda olib boradi. Shiori: “Mehnat, oʻqish va oʻz-oʻzini boshqarish”. Yiliga 350-400 dan ortiq abituriyentlar hujjat topshirishiga qaramay, ulardan 14 nafarigina talaba boʻlish sharafiga erishadilar. Oʻqish jarayonida talaba tomonidan yoʻl qoʻyiladigan barcha kamchilik va xatolar pedagogik jarayonning bil qismi sifatida ishlaydi. Masalan, elektr choynakni buzib qoʻydingizmi – tuzating yoki tuzatishni oʻrganing!

Eng muhimi esa – bu yerda insonlar jinsi, irqi va diniga qarab ajratilmaydi. Barcha talabalar oʻqish puli, turar joy, oziq-ovqat, oʻqish anjomlari, tibbiy sugʻurta va hokazolarni toʻliq qoplaydigan 50000 AQSH dollari miqdorida stipendiya bilan taʼminlanadilar.

Qanday hujjat topshiriladi?

Chet ellik talabgorlar uchun hujjat topshirish uyda oʻqiydigan talabalarga qoʻyiladigan talablar bilan bir xil. SAT yoki ACT ballarini joʻnatish majburiy emas (ammo ballarni joʻnatish oʻqishga qabul qilish imkoniyatini oshiradi). Shuningdek, abituriyent ingliz maktabida oʻqimagan boʻlsa, TOEFL, IELTS sertifikatlarini joʻnatishi kerak. 2018-yilning kuzida imtihon topshirgan abituriyentlar imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda, 2019-yilning yozida kollejga qabul qilinadilar. Onlayn ariza topshirish 2018-yilning 5-noyabridan kechikmasligi kerak (5 noyabr kuni ariza sahifasi yopiladi).

Oʻzbekistonlik abituriyentlar faqat onlayn tartibda hujjat topshiradilar. 2019-oʻquv yili uchun onlayn hujjat topshirish: SHU YERDA.

Arizani toʻldirishda Sizda mavjud boʻlgan sertifikatlarning eng muhim va yuqori natijali boʻlganlarini taqdim etganingiz maʼqul. Albatta, Sizdan Reading, Speaking, Writing, Listening kabi boʻlimlar ballarini alohida kiritish soʻraladi. SAT yoki ACT da ham fan va boʻlim kesimida maʼlumot kiritilishi kerak. Shuningdek, Sizdan esse va qisqa savol-javoblardan oʻtish talab qilinadi. Javoblar savolga qarab 150 tadan 700 ta soʻzgacha boʻlishi mumkin. Ariza yuzasidan savollar tugʻilganda apcom@deepsprings.edu manziliga murojaat qiling. Arizaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli deb topilganda, dekabr oyida Sizga ikkinchi bosqichdan oʻtish haqida eslatma joʻnatiladi. Ikkinchi bosqichda bir nechta qoʻshimcha esse, tavsiyanomalar topshirish va Qabul Qoʻmitasi (ApCom) bilan suhbatdan oʻtish lozim. Buning uchun talabgorlar qishda kollejga bir necha kunga taklif qilinadilar. Agar kollejga borish imkoni boʻlmasa, suhbat telefonda tashkil etilishi mumkin.

*Onlayn ariza haqida batafsil: SHU YERDA tanishing.

*Muhim! Kollej 2 yil ta’lim berishga moʻljallanganligi sababli, talabalar bu muddat tugagandan soʻng, bakalavr darajasini olish uchun boshqa oliygohda tahsilni davom ettirishlari kerak boladi.

Deep Springs College haqida yana nimalarni bilish kerak?

  • Deep Springs College eng ekologik toza oliygohlardan biri hisoblanadi;
  • Deep Springs College professor-oʻqituvchilariga The Princeton Review 99 ballik sistemada 99 ball baho bergan;
  • Oliygoh baholashda adolatlilik darajasi boʻyicha ham 100 foizlik natijani qoʻlga kiritgan;
  • Oliygoh tashkil topganda faqat erkak jinsiga mansub talabalar oʻqiganlar. 2017-yildan boshlab bu qoida bekor qilingan va 2018-yildan boshlab muassasada erkaklar bilan birga ayollar ham oʻqishi mumkin;
  • Deep Springs College choʻl hududida joylashgan boʻlib, barcha talabalar mehnatga jalb etiladilar, rancholarda fermerlar bilan baravar ishlaydilar;
  • Talabalar hayoti boshqa universitet/institutlarnikidek juda erkin emas, talablar, axloqiy tartib-qoida juda kuchli. Dam olish kunlarida diskoteka yoki spirtli ichimliklar ichilmaydi;
  • Barcha talabalar va professor-oʻqituvchilar doim bir-birlariga jismonan va ruhan yordam koʻrsatadilar (eng hayratlanarlisi, bunga ularni hech kim majburlamaydi);
  • Oliygoh tomonidan beriladigan stipendiya talaba tomonidan ayrim anjomlar (turar joy, tibbiyot sugʻurtasi, ayrim mol-mulk)ga ziyon yetkazilganda zararni butunlay toʻlab berishni ham nazarda tutadi;
  • Muassasa AQShdagi eng kichik oʻquv yurti hisoblanadi;
  • Agar oliygoh haqida yanada koʻproq maʼlumotga ega boʻlishni istasangiz, MANA BU hujjatli filmni tomosha qilishingiz mumkin;
  • Deep Springs College haqida barcha maqola, film, munosabat va maʼlumotlar bilan SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!