×

DELF imtihoni: Fransiyada fransuz tilida tahsil olmoqchi bo’lganlar uchun


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

8772 marta

CHOP ETILGAN

09.11.2018

Xalqaro DELF — Diplome dʻyetudes en langue Fransaise imtihoni chet elliklar uchun umumiy fransuz tilini egallaganlik darajasini aniqlash uchun oʻtkaziladi. Imtihon sertifikati Fransiya universitetlari bakalavr/magistraturasiga hujjat topshirish va taʼlim olish, fransuz tili bilan bogʻliq idoralarga ishga joylashish uchun zarur. Fransuz tilini professional darajada egallaganlikni aniqlovchi DALF (Diplôme approfondi de langue française) imtihoni ham mavjud. DELF A1 dan B2 gacha, DALF esa C1 va C2 daraja uchun oʻtkaziladi.

DELF haqida qisqacha:

Til – fransuz tili;
Hujjat topshirish – imtihonga 1-2 oy qolganda 5-10 kun (2018-yil oktyabr oyi imtihoni uchun hujjatlar qabuli 6 kun) davom etadi;
Tashkilotchi – Fransiya Taʼlim vazirligining Xalqaro pedagogik tadqiqotlar markazi (CIEP);
Rasmiy sayt –  http://www.ciep.fr/;
Nechta davlatda oʻtkaziladi – 175 dan ortiq;
Imtihon uchun toʻlov –2018 yil uchun 1 million sʻom;
Vaqt: 1 soat 20 daqiqadan 2 soat 30 daqiqagacha;
Yilda necha marta oʻtkaziladi: Oʻzbekistonda yilda 2 marta, bahorda va kuzda (2018 yil uchun oxirgisi 25 noyabr);
Baholash tizimi: 100 ballik.
Amal qilish muddati – cheklanmagan;

Oʻzbekistonda – Toshkent shahridagi Fransiya elchixonasi (Oʻzbekistondagi Fransiya instituti), SCAC (Hamkorlik va madaniy faoliyat xizmati); Manzil: Toshkent shahri, Istiqbol koʻchasi 25. Maʼlumot uchun telefon: (+998 71) 232 81 00; Imtihon boyicha: (+998 71) 244 94 08; Rasmiy sayt: https://uz.ambafrance.org/.

DELF imtihoni turlari

Sinov Yevropa til bilish darajasi mezonlariga koʻra 6 tadan 4 bosqich: A1, A2, B1, B2 bilan baholanadi. C1 va C2 esa DALF orqali tekshiriladi. DELF va DALF haqida batafsil: SHU YERDA tanishing. Fransuz tilidan topshiriladigan boshqa imtihonlar haqida maʻlumot: SHU YERDA.

Talabgorlarning yosh va bilim darajasiga koʻra imtihon diplomlari quyidagi turlarga boʻlinadi:

  • DELF umumiy fransuz tili kursi. Katta yoshdagilar uchun, A1 dan B2 gacha;
  • DELF Prim bolalar uchun, A1.1, A1, A2 gacha;
  • DELF yunior12-17 yoshdagi oʻsmirlar uchun, A1-B2;
  • DELF Prokasbiy rivojlanishga intilayotganlar uchun, A1-B2;
  • DELF scolaire12-17 yoshdagi maktab oʻquvchilari uchun, A1-B2.

Fransiya oliygohiga hujjat topshirish uchun DELF umumiy imtihonining B1-B2 darajasi yetarli hisoblanadi.

DELF imtihonini topshirish tartibi

Roʻyxatdan oʻtish uchun yoʻriqnoma:

  1. Onlayn (internet orqali) roʻyxatdan oʻtish mavjud emasligi uchun, imtihon topshirish uchun sinov markazi bilan bogʻlanish lozim. Oʻzbekistondagi markaz: SHU YERDA.
  2. Har bir daraja (A1 dan B2 gacha) uchun individual holatda testdan oʻtish zarurligi sababli, imtihondan avval bilimingizni yekshirib koʻrish lozim. Darajani aniqlash uchun test: SHU YERDA.

Sinov tartibi

DELF umumiy sinovining qismlari 4 ta, ular quyidagilar:

1. A1 uchun 1 soat 20 daqiqa vaqt beriladi, 100 ballik tizimda baholanadi, har bir qism uchun minimal 5, maksimal 25 ball, oʻtish bali 50:

  • Compréhension orale (listening/ tinglab tushunish). 20 daqiqa, 25 ball;
  • Compréhension écrite (reading/oʻqib tushunish). 30 daqiqa, 25 ball;
  • Expression orale (speaking/soʻzlashish). 10 daqiqa, 25 ball;
  • Expression écrite (writing/yozish). 30 daqiqa, 25 ball.

2. A2 uchun 1 soat 40 daqiqa vaqt beriladi, 100 ballik tizimda baholanadi, har bir qism uchun minimal 5, maksimal 25 ball:

  • Compréhension orale (listening/ tinglab tushunish). 25 daqiqa, 25 ball;
  • Compréhension écrite (reading/oʻqib tushunish). 30 daqiqa, 25 ball;
  • Expression écrite (writing/yozish). 45 daqiqa, 25 ball;
  • Expression orale (speaking/soʻzlashish). 10 daqiqa, 25 ball;

3. B1 uchun 1 soat 45 daqiqa vaqt beriladi, 100 ballik tizimda baholanadi, har bir qism uchun minimal 5, maksimal 25 ball:

  • Compréhension orale (listening/ tinglab tushunish). 25 daqiqa, 25 ball;
  • Compréhension écrite (reading/oʻqib tushunish). 35 daqiqa, 25 ball;
  • Expression écrite (writing/yozish). 45 daqiqa, 25 ball;
  • Expression orale (speaking/soʻzlashish). 10 daqiqa, 25 ball.

4. B2 uchun 2 soat 30 daqiqa vaqt beriladi, 100 ballik tizimda baholanadi, har bir qism uchun minimal 5, maksimal 25 ball:

  • Compréhension orale (listening/ tinglab tushunish). 30 daqiqa, 25 ball;
  • Compréhension écrite (reading/oʻqib tushunish). 1 soat, 25 ball;
  • Expression écrite (writing/yozish). 1 soat, 25 ball;
  • Expression orale (speaking/soʻzlashish). 20 daqiqa, 25 ball.

*Imtihon bosqichlariga qoʻyiladigan talablar, ajratilgan vaqt va baholash tartibi haqida toʻliq SHU YERDA tanishing.

DELF imtihoniga tayyorlanish uchun

  • Imtihonga tayyorlanish haqida maʼlumot: SHU YERDA.
  • Avvalgi testlarda tushgan savollar bilan tanishish: SHU YERDA.
  • Mustaqil tayyorlanish uchun: SHU YERDA.
  • Imtihon yuzasidan savollarga javob: SHU YERDA.

DELF sertifikati quyidagi koʻrinishda boʻladi:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!