EducationUSA 15-17 yoshli oʻquvchilarni AQSH universitetlarida oʻqish imkoniyatlari haqida maʼlumot beruvchi EducationUSA Academy Connects onlayn yozgi tayyorlov dasturini taklif etmoqda.
Dastur davomida ishtirokchilar universitetlarga qabul jarayoni bilan tanishib, onlayn tarzda universitetlar kampuslariga tashrif buyurish va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniga ega bo’ladi.
Yozgi onlayn kurslar AQSHning quyidagi universitetlari tomonidan olib boriladi:
- Boston University
- Embry-Riddle Aeronautical University
- St. Cloud State University
- St. John’s University
- Temple University
- University of Colorado Boulder
- University of North Georgia
- University of Wisconsin-Madison
Dasturga qatnashish xarajatlari dastur tashkilotchilari tomonidan toʻliq qoplanadi.
Talablar
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish.
- 15-17 yosh oralig’ida boʻlish.
- Maktabning yuqori sinflari yoki kollej/litsey o’quvchisi boʻlish.
- Ingliz tilida muloqot qila olish (ingliz tilini CEFR B2 yoki undan yuqori darajada bilish kerak; til sertifikati bo’lishi majburiy emas).
- AQSH universitetlariga topshirishga qiziqish.
- Onlayn kurslarga faol qatnashish masʼuliyatini oladigan intizomli oʻquvchi boʻlish.
- Yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega bo’lish; bu baholar va turli mukofotlar bilan isbotlanadi
- Masʼuliyatli, mustaqil, oʻziga ishongan, dunyoqarashi keng, qiziquvchan, bagʻrikeng boʻlishʻ
Ariza topshirish jarayoni
Dastur uchun arizalar Oʻzbekiston vaqtini bilan 2023-yil 1-mart, soat 18:00 gacha qabul onlayn tarzda qabul qilinadi. Onlayn arizani BU YERDA toʻldiring. Ariza shakli ingliz tilida toʻldirilishi lozim.
Dastur haqida batafsil maʼlumotni BU YERDAN olishingiz mumkin (ingliz tilida).