×

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2022-2023-oʻquv yilida nufuzli universitetlarda oʻqish uchun jami 420 ta grant ajratilganini eʼlon qildi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

42708 marta

CHOP ETILGAN

06.01.2022

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ilgʻor xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 2022-yilgi 1-stipendiya tanlovini eʼlon qildi.

Stipendiya tanlovi doirasida jami 420 ta oʻrin ajratilgan boʻlib, bu oʻrinlar taʼlim bosqichlari boʻyicha quyidagicha taqsimalanadi:

  • Bakalavriat taʼlim dasturi uchun 120 ta;
  • Magistratura taʼlim dasturi uchun 180 ta;
  • Doktorantura taʼlom dasturi uchun 120 ta oʻrin.

Taʼkidlash joizki, barcha taʼlim dasturlari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kamida 20 ta oʻrin ajratilgan.

Jamgʻarma stipendiyasi nimalarni qoplaydi?

“El-yurt” jamgʻarmasi stipendiyasini qoʻlga kiritgan nomzodlarning xorijda tahsil olishi uchun quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:

  • Oʻqish qiynati toʻlovi (tuition fee).
  • Vizalar olish xarajatlari.
  • Yiliga bir marta tahsil olinadigan davlatga borish va qaytish uchun trasnport xarajatlari.
  • Yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari.
  • Zarur oʼquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish, shu jumladan darsliklar sotib olish, Stipendiat taʼlim olayotgan xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasa talablariga binoan ilmiy maqolalar chop ettirish, ilmiy maqolalarni koʼchirib (elektron tarzda yuklab) olish, maqolalar hamda ilmiy adabiyotlarning elektron bazasiga obuna boʼlish toʻlovlari.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari.
  • Taʼlim olish bilanbogʻliq boshqa xarajatlar.

Stipendiya qanday sohalarda oʻqish uchun beriladi?

Stipendiya ajratiladigan sohalar nihoyatda koʻp boʻlib, ushbu sohalar va ular uchun ajratilgan kvotalar bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Hujjat topshrish qachon?

Nomzodlarning hujjatlari 2022-yil 10-yanvardan 10-fevralga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. Hujjatlar onlayn hujjat topshirish platformasida amalga oshiriladi.

MUHIM: Onlayn ariza topshirish platformasiga hujjatlarni 2022-yil 10-yanvardan boshlab yuklash mumkin, ungacha yuklab boʻlmaydi.

Saralash bosqichlari 2022-yil 10-fevraldan 10-martga qadar davom etadi.

Saralash tanloviga oid barcha maʼlumotlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil eʼlon qilib boriladi.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq manbalar:

Ushbu stipendiya boʻyicha savollar yuzasidan telegram orqali @Eyuf_Admission_Bot botiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!