×

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2021-2022-oʻquv yili uchun 350 oʻringa moʻljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini eʼlon qildi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

5621 marta

CHOP ETILGAN

30.03.2021

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2021-2022-oʻquv yili uchun jami 350 oʻringa moʻljalangan stipendiyalar tanlovini eʼlon qildi. Mazkur stipendiyalar eng nufuzli xorijiy davlatlarda har bir bosqich uchun quyidagicha taqsimlanadi:

  • bakalavriat taʼlim dasturi uchun 100 nafar,
  • magistratura taʼlim dasturi uchun 150 nafar,
  • doktorantura taʼlim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratiladi.

Stipendiyalar Oʻzbekiston Respublikasi uchun eng ustuvor sohalar, jumladan kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT va raqamlash-tirish, sunʼiy intellekt sohalarida atom va quyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa yoʻnalishlarida sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, telemeditsina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya va boshqa sohalarda elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya sohasining ustuvor tarmoqlarida mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish yoʻnalishlarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlarida, shuningdek respublikamizdagi boshqa ustuvor sohalar va mutaxassisliklar kesimida ajratiladi.

Nomzodlarning hujjatlari 2021-yil 1-apreldan – 1-mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2021-yil 1-maydan – 20-mayga qadar davom etadi.

Grantga arizalar BU YERDA onlayn tarzda qabul qilinadi.

Saralash tanloviga oid barcha maʼlumotlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil eʼlon qilib boriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!